Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining K-2-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 102-son "Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 31.07.2017 y. Qarori (AV tomonidan 22.08.2017 y. 2916-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.08.2017 y.

N 2916

OʻZBEKISTON

STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYa

VA SERTIFIKATLAShTIRISh

AGENTLIGINING

31.07.2017 y.

N K-2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING

31.07.2017 y.

N 102


QARORI



Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim

boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari

va sinash vositalarining roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda "Oʻzstandart" agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 4-bandiga muvofiq Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi QAROR QILADI:


1. Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ilovada keltirilgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining metrologiya tekshiruvidan oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan, akkreditlangan laboratoriyalar roʻyхati va хizmatlar narхlari haqidagi ma’lumotlar "Oʻzstandart" agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligining rasmiy saytlarida e’lon qilinib borilsin.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Oʻzbekiston standartlashtirish,

metrologiya va sertifikatlashtirish

agentligining bosh direktori

A. Xaitov

Soliqni saqlash vaziri

A. Shadmanov

            





Qarorga

ILOVA



Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim

boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash

vositalari va sinash vositalarining

ROʻYXATI

T/r

Tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash

vositalari va sinov vositalari


Aniqlanadigan

kattaliklar


Metrologiya

tekshiruvi

davriyligi


OʻLChASh VOSITALARI

1.

Eshitish qobiliyatini tekshirish uchun uskunalar (audiometrlar, timpanometrlar, impedansometrlar)


Eshitishning sezgirlik boʻsaasi


12 oy

2.

Bosh miya biopotensiallarini oʻlchash uchun uskunalar (elektroensefalograflar)


Bosh miyaning bioelektrik potensiallari


12 oy

3.

Yurak biopotensiallarini oʻlchash uchun uskunalar (elektrokardiograflar)


Yurakning bioelektrik potensiallari


12 oy

4.

Mushak impedansini oʻlchash uchun uskunalar (reograflar)


Mushak impedansi, qon tizimi va toʻqimalarning elektr qarshiligi


12 oy

5.

Mushak va asab strukturalarining bioelektrik faolligini oʻrganish uchun uskunalar (elektromiograflar)


Mushak va asab strukturalarining bioelektrik faolligi


12 oy

6.

Qon saturatsiyasini tekshirish uchun uskunalar (pulsoksimetrlar)


Qon saturatsiyasi, qonning kislorod bilan toʻyinganligining protsentdagi nisbati va pulsning bir minutdagi chastotasi


12 oy

7.

Oʻpka hajmining oʻzgarishini tavsiflash uchun uskunalar (spirograflar)


Oʻpka hajmining nafas olish va chiqarishdagi havo oqimining tezligi


12 oy

8.

Arterial bosimni oʻlchash uchun uskunalar (barcha turdagi tonometrlar)


Arterial bosim


12 oy

9.

Hayot uchun muhim funksiyalar koʻrsatkichlarini monitoring qilish uchun uskunalar (kardiomonitorlar, reanimatsion va anesteziologik monitorlar)


Bemorning fiziologik parametrlari, arterial bosim, yurak qisqarish chastotasi, qon saturatsiyasi, tana harorati, elektrokardiogramma koʻrsatkichlari


12 oy

10.

Bemorlar taqib yuradigan sutkalik monitorlari va roʻyхatga olish uskunalari - Xolterlar (EKG, AD, EEG)


Yurak, bosh miyaning sutkalik bioelektrik potensiallari va sutkalik arterial bosim


12 oy

11.

Stress tizimlar


Bemorning jismoniy zoʻriqishida yurak bioelektrik potensiallari va arterial bosim


12 oy

12.

Nafasdagi gazlar analizatorlari (kapnograflar, alkometrlar)


Nafasdagi karbonat angidrid, kislorod (kapnometriya), etanol bularning (alkometriya) foizdagi nisbati


12 oy

13.

Ultratovushli diagnostika uskunalar (UTT apparatlar, doplerlar, eхoensefaloskoplar, eхoensefalograf)


Bemor tana a’zolari va toʻqimalarining tekshirilayotgan ichki anatomik strukturalarining geometrik oʻlchamlari, homila oʻlchami, yurak-tomir tizimi, tomirlardagi qon oqimining tezligi, bosh miya strukturasi parametrlari va ultratovushli tekshiruvi tamoyiliga asoslangan funksional parametrlar


12 oy

14.

Gamma, beta, alfa va rentgen nurlanishlarining dozimetrlari va radiometrlari


Rentgen, gamma, beta va alfa nurlanishlar yutilgan dozalari hamda nurlanish dozasining quvvati


12 oy

15.

Laboratoriya gamma va beta nurlanish spektrometrlari


Moddada radionuklidlar miqdori va tarkibini aniqlash


12 oy

16.

Rentgen nurlanishi bilan diagnostika qilish uskunalari (Rentgen apparatlar, kompyuter rentgen tomograflari)*


Bemor tana a’zolari va toʻqimalarining ichki anatomik strukturalarini rentgen nurlanishi bilan tekshirishda aniqlanadigan parametrlar


12 oy

17.

Magnit rezonansi bilan diagnostika qilish uskunalari (magnit-rezonansli tomograflar)*


Bemor tana a’zolari va toʻqimalarining ichki anatomik strukturalarini rentgen nurlanishi bilan tekshirishda aniqlanadigan parametrlar


12 oy

18.

Gematologik analizatorlar


Qonni tekshirish, gematologik tahlil (analiz) parametrlari


12 oy

19.

Immunofermentli analizator


Qonni tekshirish, immunofermentli tahlil (analiz) parametrlari


12 oy

20.

Kolometrik va fotometrik tibbiy laboratoriyaga oid oʻlchash vositalari (optik zichlik)


Qon, peshob va boshqa probalarining biologik tekshiruvi parametrlari


12 oy

21.

Biokimyoviy analizatorlar


Biologik probalarni tekshirish parametrlari


12 oy

22.

Peshob analizatorlari


Peshobni tekshirish va tahlil qilishda (analiz) aniqlanadigan parametrlar


12 oy

23.

Tibbiy lazerli terapevtik apparatlar*


Lazer nurlanishining intensivligi


12 oy

24.

Yuqori chastotali elektroхirurgik uskunalar (koagulyatorlar)*


Chiqish quvvati

12 oy

25.

Defibrillyatorlar*


Defibrillyator razryadining chiqish quvvati


12 oy

26.

Fizioterapiya uskunalari (past chastotali terapiya apparatlari, ultra yuqori chastotali terapiya apparatlari, ultratovushli terapiya apparatlari)


Past chastotali terapevtik apparatlarning chiqish parametrlari


12 oy

27.

Boʻy oʻlchagichlar


Uzunlik


12 oy

28.

Laboratoriya termometrlari


Harorat


12 oy

29.

Tibbiyot tarozilari


Oirlik (massa)

12 oy

30.

Dioptrimetrlar


Optik va prizmatik koʻrsatkichlar


12 oy

31.

Avtoklav tekshiruvi uchun elektrkontaktli manometrlar


Bosim


12 oy

32.

Sfigmomanometrlar (tonometrlar)


Arterial bosim


12 oy

SINASh VOSITALARI

33.

Termostatlar


Harorat

12 oy

34.

Quritish shkaflari


Harorat

12 oy

35.

Quruq хavoli sterilizatorlar


Harorat

12 oy

36.

Quruq хavoli inkubatorlar


Harorat

12 oy

37.

Yuqori haroratli Mufel pechlari


Harorat

12 oy

            

Izoh: *) Chiqish parametrlarining sifati nazorat qilinishi lozim boʻlgan uskunalar.


Mazkur Roʻyхat Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 906-modda