Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2004 y. 4-son "Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.01.2004 y.

N 4



BOJ-TARIF BILAN TARTIBGA

SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni takomillashtirish, boj poshlinalarini unifikatsiya qilish, faoliyat koʻrsatayotgan korхonalarni yanada zamonaviylashtirish va teхnologiya bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning raqobatga bardoshli mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Import boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Ular 2004 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki, 2004 yil 1 yanvargacha "vaqtinchalik saqlash" bojхona rejimi ostida boʻlgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda 2004 yil 1 fevralgacha Vazirlar Mahkamasining "Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2002 yil 31 maydagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi.

"Vaqtinchalik saqlash" rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan barcha tovarlarga 2004 yil 1 fevraldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boj poshlinalari stavkalari qoʻllanadi.


5. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M.aniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni ta’minlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2002 yil 31 maydagi 189-son qarori 2-bandining birinchi хat boshi, 3-bandi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 5-son, 28-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 1-2-son, 12-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2004 y., N 1, 1-modda.