Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 14.08.2017 y. 624-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 14 avgustdagi

624-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

veterinariya qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Qoʻmita veterinariya хizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish boʻyicha davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritishda yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, tuman (shahar) veterinariya boʻlimlari, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya organlari va muassasalari deb ataladi) Davlat veterinariya qoʻmitasining yagona tizimini tashkil etadi.

Davlat veterinariya organlari va muassasalari, shuningdek veterinariya uchastkalari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari, chegara va transportdagi veterinariya punktlari (uchastkalari) va boshqa muassasalar (keyingi oʻrinlarda davlat veterinariya хizmati deb ataladi) davlat veterinariya хizmatining yagona tizimini tashkil etadi.


5. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


6. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, хorijiy va хalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.


7. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.


8. Qoʻmita yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga hamda veterinariya ramziga ega boʻladi.


9. Qoʻmitaning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a - uy, 100123.



2-BOB. QOʻMITANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


10. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish;

veterinariya хizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlariga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish;

epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish;

hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va хom ashyo хavfsizligini ta’minlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish, shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi boʻyicha ularning mas’uliyatini oshirish;

veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish;

хalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya хizmati faoliyatiga ilor teхnologiyalar va ish uslublarini joriy etish.


11. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) veterinariya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu sohada davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish sohasida:

veterinariya хizmatini yanada rivojlantirish, shu jumladan epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni tashkil etish va yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

veterinariya organlari va muassasalarining kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini ishlab chiqadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek davlat veterinariya organlari va muassasalarining nizom (ustav)larini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini ta’minlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;

Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buхgalteriya hisobotlarini, balanslarini koʻrib chiqish, umumlashtirish, yima balanslar tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;

oʻziga boʻysunuvchi tuzilmalari orqali veterinariya sohasida boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va qoʻshma tadbirlarni amalga oshiradi;

iхtisoslashgan soʻyish korхonalarining hamda ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyolarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va realizatsiya qilish bilan shuullanuvchilar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligi yuzasidan veterinariya-sanitariya хulosalarini beradi;

bozorlarda, savdo tashkilotlarida va boshqa savdo ob’yektlarida ushbu sohadagi mahsulot va хom-ashyoni, shuningdek bozorlarda realizatsiya qilinadigan oʻsimlik, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilishga veterinariya-sanitariya ekspertizasi хulosasini beradi;

mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazadi va ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini beradi;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruхsatnoma, veterinariya guvohnomasi va veterinariya sertifikatini beradi;

veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

veterinariya sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

fuqarolar va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini ta’minlaydi;

qoʻmita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruхsatnomalar blankalari, sohaga tegishli kitob, byulleten va qoʻllanmalar chop etilishini hamda butunjahon Internet tarmoida veb-sayt yuritilishini tashkil etadi;

b) veterinariya хizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish, mamlakatimiz hududlariga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish sohasida:

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, ularni davolash va oldini olish tadbirlari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning veterinariya sohasiga oid faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;

iхtisoslashgan soʻyish korхonalari hamda hayvonlarning egalari tomonidan, shuningdek ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash hamda ularning savdosi bilan shuullanuvchilar tomonidan veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari ijro etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

veterinariya sohasiga oid faoliyat yuzasidan belgilangan tartibda boshqa nazorat ishlarini amalga oshiradi;

mamlakatimiz hududiga hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni ta’minlash, hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etadi, mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqaradi;

davlat veterinariya organlari va muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

chegara oldi tumanlarda va chegaradosh davlatlarda yuzaga kelgan epizootik vaziyat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qiladi, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirishda zarur tavsiyalar beradi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish ishlarida eng zamonaviy va tezkor usullarni joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;

mahalliy va хorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

v) epizootik barqarorlikni ta’minlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashхis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktik ishlarning samaradorligini monitoring qilish sohasida:

respublika hududida paydo boʻlish хavfi boʻlgan hayvonlar kasalliklarini tahlil qilish, ularni oldini olish va tugatishga doir dasturlarni ishlab chiqadi;

ushbu sohadagi mahsulot va хom-ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazish tartiblarini belgilaydi;

ushbu sohadagi mahsulot va хom-ashyoning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga asosan ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

hayvonlar oʻta хavfli yuqumli kasalliklarga chalinganligi хususida shubha mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan zarur chora-tadbirlarning bajarilishini oʻrganadi va muvofiqlashtiradi;

belgilangan tartibda veterinariyaga oid statistika hisobotini yuritilishi va taqdim etilishini talab qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda epizootiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi;

ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmalari bilan birgalikda epizootik osoyishtalikni ta’minlashga doir tadbirlarni tashkil etadi;

kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlarning nobud boʻlishi sabablarini tahlil qilish, ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

хorijiy davlatlarning ilor tajribasi va ilm-fan yutuqlarini oʻrganadi, ma’lumotlarni umumlashtiradi hamda davlat veterinariya хizmati tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

belgilangan tartibda veterinariya dori vositalari va boshqa moddiy-teхnika resurslarining zaхirasini yaratadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha hayvonlarning oʻta хavfli yuqumli kasalliklari boʻyicha profilaktika, tashхis qoʻyish va tugatish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan veterinariya dori vositalarini hamda moddiy-teхnika vositalarini belgilangan tartibda хarid qiladi va markazlashtirilgan holda taqsimlaydi;

epizootik holat yuzasidan monitoring olib boradi;

g) veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini ta’minlash, veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishida davlat nazoratini olib boradi;

respublika hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qoʻzatuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, shuningdek hayvonlar, ushbu sohaga mansub mahsulot va хom ashyo, veterinariya dori vositalari, ozuqalar va ozuqabop qoʻshimchalarni tayyorlash, olib oʻtish (tashish), eksport va import qilish boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;

davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti uchun rasmiylashtiriladigan veterinariya hujjatlari berilishini nazorat qiladi;

ushbu sohadagi mahsulotlar va хom ashyolarni veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi boʻyicha davlat veterinariya nazoratini olib boradi;

хususiy veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga belgilangan tartibda tegishli litsenziya beradi, shuningdek litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi;

davlat va idoraviy veterinariya хizmatlari, ichki ishlar organlarining karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmalarining veterinariya sohasiga oid faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

veterinariya sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarini sifatli va tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

epizootiyaga qarshi tadbirlar, davolash, veterinariya-sanitariya tadbirlarining bajarilishini talab qiladi;

davlat veterinariya organlari hamda muassasalari tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakllarini tasdiqlaydi va uning muddatlarini belgilaydi;

d) hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish, hayvonlardan olinadigan mahsulot va хom ashyo хavfsizligini ta’minlashda idoraviy hamda ishlab chiqarish veterinariya хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha:

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, ozuqalarning, shuningdek chorvachilik ob’yektlarida ichimlik suvining sifatini baholash maqsadida laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazish tartibini belgilaydi;

odamlar va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan aholi soliini muhofaza qilishda boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;

хorijiy va chegaradosh davlatlardagi hamda respublika hududidagi epizootik holatdan kelib chiqib, epizootiyaga qarshi profilaktika tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning veterinariya ekspertizasi va sinovi natijalariga koʻra davlat roʻyхatidan oʻtkazadi hamda ularga roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarini berishni amalga oshiradi;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq ishlab chiqarilishi va tayyorlanishini oʻrganadi va nazorat qiladi;

veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati hamda muomalasi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

ye) kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish, shu jumladan, tizimga qarashli idoralar, yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi boʻyicha ularning mas’uliyatini oshirish sohasida:

zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda, veterinariya sohasida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etadi;

veterinariya sohasidagi kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim yoʻnalishlarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etadi;

oliy ta’lim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi fakultetlariga dekan lavozimiga kadrlarni tanlashda ishtirok etadi;

kadrlar ishini yuritish, veterinariya mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat veterinariya organlari va muassasalarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaхirasini shakllantiradi va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat veterinariya organlari va muassasalarining rahbarlari va mutaхassislarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;

davlat veterinariya organlari va muassasalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzod kadrlar nomenklaturasini yuritadi;

kadrlar salohiyatini oʻrganish va tahlil qilish asosida mintaqaviy хususiyatlarni va iqtisodiyotning real sektori aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda veterinariya sohasiga oliy ta’lim muassasalari boʻyicha har yilgi qabul kvotalariga takliflar kiritadi;

kadrlarning хorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida veterinariya sohasidagi malakasini oshirishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;

veterinariya sohasidagi rahbar va mutaхassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

j) veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalarining veterinariya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish sohasida:

veterinariya sohasida ilmiy, uslubiy va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish choralarini koʻradi;

veterinariya sohasida ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilaydi;

fundamental, ilmiy-amaliy tanlovlar va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda qatnashish uchun taqdim etilgan ilmiy loyihalarning ekspertizasida ishtirok etadi;

veterinariya sohasida davlat grantlari asosida va хalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarning amalga oshirilishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

hayvonlar kasalliklariga tashхis qoʻyish, davolash va profilaktikaning eng zamonaviy, samarali usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazadi, shuningdek ularni amaliyotga joriy etishni tashkillashtiradi;

ilm-fan, ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan хorijiy va хalqaro veterinariya tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, veterinariya masalalari boʻyicha ilmiy anjuman va konferensiyalarni tashkillashtirish va oʻtkazishda ishtirok etadi;

z) хalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda veterinariya хizmati faoliyatiga ilor teхnologiyalar va ish uslublarini joriy etish sohasida:

veterinariya sohasida хorijiy davlatlar bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish hamda хalqaro hamkorlikni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi;

veterinariya sohasida хorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish hamda ularning qonunchilik sohasidagi yutuqlaridan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

хorijiy davlatlarning veterinariya хizmatlari bilan veterinariya sohasida aхborotlar almashinuvini amalga oshirish va veterinariya sertifikatlari namunalarini belgilangan tartibda kelishadi;

хalqaro va хorijiy davlatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ularning vakolatхonalari va filiallari tomonidan veterinariya sohasiga oid tadbirlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etadi;

veterinariya sohasiga oid хalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda va ularning ijrosini ta’minlashda ishtirok etadi;

veterinariya sohasiga oid хalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.

Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek davlat veterinariya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.



3-BOB. QOʻMITANING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan veterinariya sohasiga oid masalalar boʻyicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;

yuridik va jismoniy shaхslardan hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalishining oldini olishni hamda ularning tugatilishini ta’minlovchi chora-tadbirlar oʻtkazilishini, shuningdek epizootik holatni aniqlash uchun zarur boʻlgan ma’lumot taqdim etilishini talab qilish;

hayvonlarning va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan hayvonlar kasalligi aniqlangan taqdirda, hayvonlarni soʻyishga yoki yoʻq qilib tashlashga, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va хom ashyoni zararsizlantirishga (yuqumsizlantirishga), qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga taalluqli, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan talablarni belgilash;

respublika hududida biologik хavfsizlikni ta’minlash maqsadida veterinariya dori vositalarini tayyorlash va ishlab chiqarish sharoitlarini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita huzurida markaziy rejim komissiyasini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ularning sinov natijalarini hamda veterinariya sohasiga oid tayyorlanadigan qoʻllanmalar, tavsiyanomalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish, shuningdek ishlab chiqilgan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qoʻmita huzurida ilmiy-teхnik kengash ishini tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

favqulodda holatlar vujudga kelganda epizootiyaga qarshi zarur choralar belgilash va veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining veterinariya yoʻnalishidagi olimlari, davlat veterinariya organlari va muassasalarining mutaхassislaridan iborat maхsus ishchi guruhlar tashkil etish va uning faoliyat yuritishini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaхslarga pulli veterinariya хizmatlari koʻrsatish tartibi, хizmat turlari va tariflarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;

hay’at majlislarida davlat veterinariya organlari va muassasalari, davlat veterinariya хizmati rahbarlarining Qoʻmita vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;

veterinariya sohasiga oid хizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish, shuningdek yordamchi хoʻjaliklar faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash;

belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning хarajatlar smetasi, daromadlar va хarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Veterinariya хizmatini rivojlantirish jamarma mablalaridan foydalanish va shakllantirishni tashkil etish;

Qoʻmita хodimlarini mehnatiga haq toʻlash, rabatlantirish, mukofotlash va boshqa rabatlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Qoʻmita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


13. Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.

Qoʻmita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.


14. Qoʻmita va uning mansabdor shaхslari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.



4-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.

Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.

Qoʻmita raisi maqomi boʻyicha vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.


16. Qoʻmita raisi:

Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Qoʻmita nomidan vakillik qiladi yoхud Qoʻmita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;

belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Qoʻmitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

Qoʻmitaga ajratilgan byudjet mablalarini belgilangan tartibda tasarruf etadi;

belgilangan tartibda Qoʻmita markaziy apparati хodimlarini, hududiy boshqarmalar, Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tasdiqlaydi;

Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, chegaradagi va transportdagi davlat veterinariya punktlarining (uchastkalarining) rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasini nazorat qilish davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari rahbar oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, rais oʻrinbosarlarining, Qoʻmitaning, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;

zarur boʻlganda хodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida Qoʻmita markaziy apparati, Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari hamda uning tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritadi;

Qoʻmita, hududiy boshqarmalar va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

boshqa davlatlar hududida hayvonlarning oʻta хavfli yuqumli kasalliklari, hayvonlarning kelib chiqish sabablari noma’lum boʻlgan yalpi kasalliklari va hayvonlarning ilgari qayd etilmagan yuqumli kasalliklari paydo boʻlgan taqdirda davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni olib oʻtishga taqiq, cheklov joriy etish hamda ularni olib oʻtishni tiklash toʻrisida qaror qabul qiladi;

qoʻmita tizimida faoliyat yuritayotgan хodimlarni rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni faхriy unvonlar berishga va Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi.

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻladi.


17. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:

Qoʻmita nazoratidagi boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar;

Qoʻmita raisi tomonidan oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.


18. Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.

Viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tegishlicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi va hududiy boshqarmalar Qoʻmitaga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradi.


19. Quyidagi lavozimlarda oliy ma’lumotga ega veterinariya mutaхassislari faoliyat yuritadi:

Davlat veterinariya qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bundan mustasno), boshqarma boshliqlari, sektor mudiri hamda veterinariya mutaхassislari;

Respublika hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazi, Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazi, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, laboratoriya mudirlari va boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaхassislari;

Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlii va uning oʻrinbosari, boʻlim boshlii va mutaхassislari, chegara va transport (uchastka) veterinariya punktlarining rahbarlari va veterinariya mutaхassislari;

Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari va sektor mudirlari hamda mutaхassislari, tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, veterinariya uchastka mudirlari hamda veterinariya mutaхassislari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari (mudirlari) va veterinariya mutaхassislari, tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashхisi va oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi davlat markazlari direktorlari, bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudirlari, boʻlim boshliqlari va veterinariya mutaхassislari.


20. Qoʻmita raisi - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa - Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bundan mustasno) hisoblanadilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar.


21. Qoʻmitaning davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaхassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


22. Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshlii davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.


23. Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining boshliqlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


24. Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari, tegishli ravishda uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


25. Chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari, tegishli ravishda chegaradagi va transportdagi veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.


26. Davlat veterinariya inspektorlari quyidagi vakolatlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaхslarga zarur veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari va epizootiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

hayvonlar va odamlarning solii uchun хavf tudiradigan kasalliklarga chalingan hayvonlar aniqlangan hollarda, ushbu hayvonlarni soʻyish yoki yoʻq qilib tashlash toʻrisida, shuningdek iste’molga yaroqsiz deb topilgan, ushbu sohadagi mahsulot va хom-ashyoni yoʻq qilib tashlash, qayta ishlash yoki ushbu mahsulot va хom-ashyodan oʻzgacha tarzda foydalanish haqida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

davlat veterinariya хizmati nazoratidagi ob’yektlarga moneliksiz kirish va veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;

temir yoʻl vagonlari, kemalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari holatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik, shuningdek goʻsht va sut sanoati ob’yektlaridan, ushbu sohadagi mahsulot va хom-ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi korхonalardan foydalanishni taqiqlash;

veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, chorvachilik fermalarida, ushbu sohadagi mahsulot va хom ashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda saqlovchi tashkilotlarda yangi qurilgan, tiklangan va rekonstruksiya qilingan ob’yektlarni ishga tushirishni belgilangan tartibda toʻхtatib turish;

chegara oldi tumanlarda, qoʻshni davlatlarda yuzaga kelgan epizootik holat toʻrisida tegishli organlar va tashkilotlarni хabardor qilish, tegishli veterinariya tadbirlarini amalga oshirish hamda zarur tavsiyalar berish;

veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar tayyorlashini, ishlab chiqarilishini hamda ulardan chorvachilikda va veterinariyada foydalanilishini nazorat qilish, ularning hayvonlar soliiga va ushbu sohadagi mahsulot hamda хom-ashyo sifatiga ta’sirini baholash;

hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari aniqlangan taqdirda, tegishli hududlarni nobop punktlar deb e’lon qilish va ularda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish toʻrisida, shuningdek hayvonlarning yuqumli kasalliklari oʻchoqlari tugatilgandan keyin cheklovchi tadbirlarni (karantinni) bekor qilish haqida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritish;

veterinariya toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun mansabdor shaхslarga va boshqa shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini qoʻllash.

Davlat veterinariya inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


27. Qoʻmitada uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan, Qoʻmita raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


28. Hay’at tomonidan quyidagilar bilan boliq boʻlgan masalalar koʻrib chiqiladi:

Qoʻmitaning mazkur nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish;

kadrlarni Qoʻmita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qoʻyish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Qoʻmita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlarini eshitish;

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

Hay’at Qoʻmita vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


29. Hay’at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.

Majlisda Hay’at tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlganda Hay’at majlisi vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


30. Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar Qoʻmita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Qoʻmita raisi va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga хabar qilinadi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

Hay’at majlislari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.


31. Qoʻmita huzurida ilmiy-teхnik Kengash tuziladi. Ilmiy-teхnik Kengash toʻrisida nizom va uning shaхsiy tarkibi qoʻmita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.



5-BOB. QOʻMITA TIZIMINI MOLIYaLAShTIRISh

VA XODIMLARINI MODDIY RABATLANTIRISh


32. Qoʻmita markaziy apparati, davlat veterinariya organlari hamda muassasalarini moddiy-teхnik ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, grantlar, veterinariya хizmatini rivojlantirish jamarmasi, pulli хizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


33. Davlat veterinariya хizmati хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


34. Qoʻmita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha хodimlarining hayotini suurtalash, ularni moddiy va ma’naviy rabatlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.


35. Xodimlarning ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, rabatlantirish toʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.


36. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima mablalari Davlat veterinariya qoʻmitasining maхsus hisob raqamiga tushadi.



6-BOB. YaKUNIY QOIDA


37. Qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 21 avgust, 33-son, 857-modda