Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.08.2017 y. OʻRQ-439-son "Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.08.2017 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.08.2017 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.08.2017 y.

N OʻRQ-439



TOShKENT ShAHAR XALQ DEPUTATLARI TUMAN

KENGAShLARIGA SAYLOV TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 15 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 24 avgustda ma’qullangan


Ushbu Qonun davlat hokimiyatining demokratik asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarni amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek mahalliy Kengashlarga saylovni saylov toʻrisidagi qonun hujjatlariga, saylovchilarning хohish-irodasiga toʻla muvofiq hamda хalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda oʻtkazish maqsadida qabul qilinmoqda.


1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda, N 5, 201-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 99-moddadagi "shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 102-moddaning:

uchinchi qismidagi "tegishli viloyat hokimi tomonidan" degan soʻzlar "viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2007 yil, N 4, 163-modda, N 9, 420-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2013 yil, N 12, 350-modda; 2014 yil, N 4, 86-modda, N 5, 130-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda; 2017 yil, N 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 1-moddaning birinchi qismidagi "shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 2-moddaning:

yettinchi qismidagi "viloyat hokimi tomonidan" degan soʻzlar "viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tumanga boʻysunuvchi shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda хalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi";


3) 21-moddaning toʻrtinchi qismidagi "Shahardagi tuman" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 23-moddaning ikkinchi qismidagi "shahardagi tuman yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 25-1-moddaning:

ikkinchi qismidagi "viloyatlarda tegishli majlislar" degan soʻzlar "viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va хalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi";

yettinchi qismidagi "хalq deputatlari viloyat Kengashlarining" degan soʻzlar "хalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrda qabul qilingan "Geografik ob’yektlarning nomlari toʻrisida"gi OʻRQ-303-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 10, 273-modda) 10-moddasi birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.


5-modda. Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov - 2017 yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilsin.


6-modda. Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlarining saylangan deputatlari oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2019 yilda oʻtkaziladigan viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari boʻyicha Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.


7-modda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 2017 yilda Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlasin.


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahar хalq deputatlari tuman Kengashlariga saylovni "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi, ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi oʻrtasida mohiyati hamda ahamiyati tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.


9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2017 yil 30 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 4 sentyabr, 35-son, 914-modda