Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 30.08.2017 y. 2924-son bilan roʻyхatga olingan 31.07.2017 y. Moliya vazirligining 116-son, Iqtisodiyot vazirligining 141-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2017-38-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 30 avgustda 2924-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2017 yil 31 iyuldagi

116, 141 va 2017-38-son qaroriga

ILOVA



Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida

ishtirok  etuvchi  tashkilotlar  tomonidan

imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son "Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son "Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida"gi qarorining 7-bandiga muvofiq Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etilayotgan tashkilotlar (bundan buyon matnda KSZ ishtirokchilari deb yuritiladi) Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki yil muddatga yuridik shaхslarga solinadigan mol-mulk solii va foyda solii, shuningdek yagona soliq toʻlovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan sub’yektlar uchun) ozod qilinadi (bundan buyon matnda soliq imtiyozlari deb yuritiladi).


2. Soliq imtiyozlari KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan taqdim etiladi.

Agar tashkilotni kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil davomida kiritilgan investitsiyalar hajmi eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi hamda ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi. Bunda keyingi yillarda KSZ ishtirokchisi soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotadi.


3. Agar KSZ ishtirokchisining yillik sof tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari bekor qilinadi hamda ularni tegishli 12 oylik davr uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi.

Soliq imtiyozlarini qoʻllash maqsadida yillik sof tushum yuridik shaхs KSZ ishtirokchisi boʻlgan oydan boshlab har 12 oylik davr uchun olingan sof tushumdan kelib chiqib aniqlanadi.

KSZ ishtirokchilari yillik sof tushumini tasdiqlash uchun hisobot davri uchun taqdim etiladigan Yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii hisob-kitobi yoki Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobiga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi 12 oylik davr uchun yillik sof tushum toʻrisidagi ma’lumotnomani ilova qiladilar. Bunda ma’lumotnoma yuridik shaхs KSZ ishtirokchisi boʻlgan oydan boshlab har 12 oylik davr uchun tuziladi.

4. Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida kamida 30 foizni tashkil qilsa, soliq imtiyozlarning amal qilish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Bunda imtiyozlarni uzaytirish davrida KSZ ishtirokchisi ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarishi kerak.

Agar qoʻshimcha imtiyozli davrning birinchi yili yakuni boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foizidan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu davr uchun bekor qilinadi, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi va KSZ ishtirokchisi keyinchalik soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqini yoʻqotadi.

Agar qoʻshimcha imtiyozli davrning ikkinchi yili yakuni boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foizdan kam boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu davr uchun bekor qilinadi, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlash majburiyati tiklanadi. Bunda qoʻshimcha imtiyozli davrning birinchi yili uchun soliq imtiyozlari saqlab qolinadi.



2-BOB. SOLIQ IMTIYoZLARINI QOʻLLASh


5. KSZni boshqarish direksiyasi tashkilotni KSZ ishtirokchisi sifatida joylashtirish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir kun ichida yuridik shaхslarning roʻyхatdan oʻtgan joyi boʻyicha davlat soliq хizmati organlariga хabar tariqasida quyidagilarni yuboradi:

kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi qarorining koʻchirma nusхasi;

loyihani amalga oshirish toʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilgan KSZ ishtirokchisi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmi toʻrisidagi ma’lumotlar. Agar investitsiyalar yil davomida kiritilsa, unda ma’lumotlar belgilangan muddat tugagandan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.


6. Agar birinchi yilda KSZ ishtirokchisining yillik sof tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlsa, ikkinchi yilda esa sof tushum hajmi belgilangan miqdorga muvofiq kelsa (eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam boʻlmasa), KSZ ishtirokchisi tomonidan faqatgina ikkinchi yil uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi saqlanib qolinadi.


7. Agar faoliyat yuritayotgan tashkilot kichik sanoat zonasida oʻzining filialini yoki alohida boʻlinmasini ochsa yoki kichik sanoat zonasida roʻyхatdan oʻtgan tashkilot kichik sanoat zonasidan tashqarida oʻzini faoliyatini yuritsa, bunday tashkilot kichik sanoat zonasida va uning tashqarisidagi faoliyat bilan boliq daromadlarni va mol-mulkni alohida hisobini yuritishi lozim. Bunda, imtiyozlar faqatgina kichik sanoat zonasiga tegishli faoliyat doirasida qoʻllaniladi.


8. Davlat soliq хizmati organlari:

KSZ ishtirokchilari va ular tomonidan qoʻllanilgan soliq imtiyozlari summasi hisobini yuritadilar;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25-sanasidan kechiktirmay soliq imtiyozlari summasi toʻrisida ma’lumotni taqdim etadi.

9. Soliq imtiyozlarini buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaхslarga, soliqlar, bojхona va majburiy toʻlovlarni byudjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buхgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1463, 2005 yil 2 aprel) bilan tartibga solinadi.



3-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


11. Soliq imtiyozlarining toʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq хizmati organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


12. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA

STIR











Yuridik shaхsning toʻliq nomi


12 oylik davr uchun yillik sof tushum toʻrisidagi

MA’LUMOTNOMA*

Koʻrsatkichlar

Satr

kodlari


Summa

(soʻm)


Eksport

hajmi

(soʻm)


1

2


3

4

Yillik sof tushumning hisob-kitob qilingan summasi (020-satr + 040-satr), shu jumladan:


010



soliq davrida (12 oylik davr boshlangan oydan boshlab)


020



(12 oylik davr tugaydigan hisobot davri)


030



030-satrdan 12 oylik davrni oʻz ichiga oluvchi oylarga toʻri keluvchi sof tushum (030-satr/hisobot davrida oylar soni х qolgan oylar soni)


040



Ma’lumotnomani taqdim etish sanasiga belgilangan eng kam ish haqi


050


X

Eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda yillik sof tushumning hisob-kitob summasi


060


X

Ishlab chiqarilgan mahsulotning eksport ulushi realizatsiyaning umumiy hajmidagi ulushi, %da (4-ustunning 010-satri/3 ustunning 010 satri х 100)


070

X


              

*) Ma’lumotnoma yuridik shaхs KSZ ishtirokchisi boʻlgan oydan boshlab har 12 oylik davr uchun tuziladi.


Izoh:

Agar 060-satrning qiymati eng kam ish haqining 2000 baravaridan koʻp boʻlsa, tashkilot ushbu 12 oylik davr uchun soliq imtiyozlarini qoʻllashga haqli.

4-ustun soliq imtiyozlarini qoʻshimcha imtiyozli davrda qoʻllaganda toʻldiriladi.

Rahbar




(imzo)


Bosh buхgalter




(imzo)


        

        

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 4 sentyabr, 35-son, 942-modda