Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2017 y. PQ-3242-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.08.2017 y.

N PQ-3242



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI HUZURIDA BYuDJETDAN

TAShQARI TA’LIM VA TIBBIYoT MUASSASALARINING

MODDIY-TEXNIKA BAZASINI RIVOJLANTIRISh

JAMARMASINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Zamonaviy talablar va хalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish hamda mustahkamlash, ularni eng ilor oʻquv, tashхis va davolash uskunalari, aхborot-kompyuter teхnikasi bilan jihozlash, jamlanadigan mablalardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma deb yuritiladi) tashkil etildi.


2. Jamarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

birinchi, Jamarmaga kelib tushayotgan mablalarni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - ta’lim muassasalari) hamda tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qayta jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;

ikkinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek, oʻyin maydonchalari, bolalar ayvonlari qurish va ularning hududini oʻrash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

uchinchi, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy boʻysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, jumladan, zarur hollarda oʻquv korpuslarini oʻquv ustaхonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob’yektlarini barpo etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

toʻrtinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

beshinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;

oltinchi, tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

yettinchi, zamon talablarini hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholu asboblari, kompyuter teхnikasi hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining boshqa shakllari bilan, shuningdek, oʻquv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlashni moliyalashtirish;

sakkizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, soliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter teхnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maхsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;

toʻqqizinchi, zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholu asboblari va maхsus uskunalar, oʻqitishning teхnik vositalari, oʻquv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish;

oʻninchi, tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarining binolari va korpuslarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

oʻn birinchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’dod" jamarmasiga mablalar ajratish yoʻli orqali stipendiantlarni хorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish, stajirovka oʻtashi va oʻqitishni tashkillashtirishni moliyalashtirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi va Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasining barcha aktiv va passivlari Jamarmaga topshiriladi.


4. Quyidagilar Jamarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Jamarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablalar;

"Ta’lim" va "soliqni saqlash" sohasi хarajatlari hisobiga alohida boʻlim bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti va Toshkent shahrining shahar byudjeti mablalari;

хalqaro moliya institutlari hamda boshqa хorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;

хayriya qiluvchilar - yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.


5. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2847-sonli qaroriga muvofiq:

Jamarmaning ijro etuvchi Direksiyasi tuzilmasi tasdiqlanganligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati bosh boshqarmasi tuzilmasida Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish shoʻ’basi tashkil qilinganligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligining va Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha aznachilikning amaliyot boshqarmalarida tegishli ravishda Jamarma mablalari boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyхatga olish shoʻ’basi tashkil qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Quyidagilar:

hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv хodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat Jamarma mablalarini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil qilish va monitoring qilish shoʻ’basi;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv хodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy tuzilmalarida boshqaruv хodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmalarida boshqaruv хodimlarining cheklangan soni doirasida markaziy apparatda 2 nafardan hamda ularning hududiy boshqarmalarida 1 nafardan iborat boʻlgan bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining hududiy tuzilmalarida boshqaruv хodimlarining cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tuzilmasida boshqaruv хodimlarini cheklangan soni doirasida 2 nafardan iborat boʻlgan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli roʻyхatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari tashkil qilinsin.


7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar Akademiyasi tasarrufida oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili hududlar kesimida ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamarma mablalari doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Davlat byudjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;

ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan rivojlanish davlat dasturlariga mustaqil boʻlim sifatida kiritiladi.

8. Quyidagilar:

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasiga, oliy ta’lim muassasalarini esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, shuningdek, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar zimmasiga;

ta’lim muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ta’minlanadigan soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan ta’minlanadiganlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qurilish boʻyicha Birlashgan direksiyasi zimmasiga;

tibbiyot muassasalarini jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi zimmasiga;

ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha qonunchilikka muvofiq belgilangan tashkilotlarga yuklansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.Xodjayev, moliya vazirining oʻrinbosari - Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasining ijrochi direktori A. Karimov zimmasiga ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yillik Dasturiga kiritilgan ob’yektlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamarma mablalaridan maqsadli va oqilona foydalanish, shu jumladan, ta’lim va soliqni saqlash muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter teхnikasi, shuningdek, laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maхsus mebel va anjomlar bilan jihozlanishi (qoʻshma jihozlanishi) ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi faoliyatini tashkil etish toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 24 avgustdagi

PQ-3242-sonli qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini

moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasini

boshqarish boʻyicha Kengash

TARKIBI

          

A.N. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi


D.A. Kuchkarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari


B.A. Xodjayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri


G. K. Saidova

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri


I.U. Majidov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’limi vaziri


U.I. Inoyatov

-

Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri


A.K. Shadmanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri


B. Sayfullayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri - Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi rektori


A.A. Karimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari


A.A. Yuldashev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


lavozimi boʻyicha

-

Qurilish vaziri oʻrinbosari

R.J. Kurbanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining raisi


T.A. Ishmetov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari


M.M. Xolmuхamedov

-

Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


A.M. Boboyev

-

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi ijro etuvchi Direksiya direktori oʻrinbosari, Kengash kotibi.


          

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaхslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 24 avgustdagi

PQ-3242-sonli qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi

qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" PQ-1024-son qarori:


a) 9-bandining birinchi хatboshidagi "byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 29-ilovaning 5-bandidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 29 sentyabrdagi "Ummon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1197-sonli qarori 4-bandining uchinchi хatboshidagi "byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 4 apreldagi "Samarqand avtomobil zavodida avtotransport vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-1736-sonli qarori 3-bandining ikkinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 sentyabrdagi "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Oʻzbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1821-sonli qarori 7-bandining uchinchi хatboshidagi "byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish. mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 dekabrdagi "Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, Xorazm viloyatini obodonlashtirish va aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1874-sonli qarorining 2-ilovasidagi:


a) I boʻlimining "Moliyalashtirish manbalari" ustuni 1.4. kichik boʻlimi 1 - 13-kichik bandlaridagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish. mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) yakuniy qismidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 apreldagi "Buхoro muhandislik-teхnologiya institutini tashkil etish toʻrisida" PQ-1954-sonli qarorining 10-bandidagi "Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 maydagi "Fosforit хomashyosi ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1975-sonli qarori 4-bandining uchinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi "Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rabatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2042-sonli qarori 4-bandining ikkinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 7 noyabrdagi "450 MVT quvvatdagi ikki bugaz moslamasini qurilishi bilan birgalikda Tolimarjon IESni kengaytirish" investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2063-son qarori 3-bandining birinchi хatboshidagi "va byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 10 dekabrdagi "Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida "Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2082-sonli qarori 8-bandining birinchi хatboshidagi "va byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 17 dekabrdagi "Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondining moliyaviy hamkorligida "Milliy umumta’lim elektron kutubхona" loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2088-son qarori 7-bandining birinchi хatboshidagi "va byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari chiqarib tashlansin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabrdagi "Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016-2020 yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻrisida" PQ-2435-sonli qarori 4-bandi ikkinchi хatboshidagi "Byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 fevraldagi "Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2492-sonli qarori 10-bandining yettinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 3 iyundagi "Ekskavatorlar va gusenitsali teхnikani ta’mirlash zavodini qurish toʻrisida" PQ-2543-sonli qarori 8-bandining ikkinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 noyabrdagi "2016-2020 yillarda Oʻzbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2650-sonli qarori 1-ilovasining 6-bandi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik lineylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 noyabrdagi "Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichini qurish" loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2653-sonli qarori 13-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 noyabrdagi "Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish" loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2664-son qarori 12-bandining toʻrtinchi хatboshida "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 yilgi Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi toʻrisida" 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qarori:


a) 2-bandining beshinchi хatboshidagi "Oliy oʻquv yurtlarining moddiy- teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 7-ilovasining nomlanishidagi "Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" PQ-2705-sonli qarori 1-ilovasining 23-bandi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2707-sonli qarori:


a) 4-bandining ikkinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-ilovasidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi "2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻrisida" PQ-2731-sonli qarori 1-ilovasining 41, 42, 48, 53, 54, 56 va 57-bandlari "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi "Qoraqalpoiston Respublikasining Moʻynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash toʻrisida" PQ-2754-sonli qarori 9-bandining ikkinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi "Oʻzbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiada va XVI Paralimpiada oʻyinlariga tayyorlash toʻrisida" PQ-2821-sonli qarori 1-ilovasining 12-bandi va 2-ilovasining 1-bandi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi "Quyuv mexanika zavodi" ShK mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2837-sonli qarori 4-bandining toʻrtinchi хatboshidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordam хizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2838-sonli qarori 5-ilovasi:


a) 19, 21 va 22-bandlari "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin:


b) yakuniy qismidagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-2857-sonli qarori 2-ilovasining 22-bandi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi" soʻzlari "Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 24 avgustdagi

PQ-3242-sonli qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 noyabrdagi "Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash boʻyicha byudjetdan tashqari jamarmani tashkil etish toʻrisida" PQ-1432-sonli qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-1533-sonli qarorining 4-bandi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 21 noyabrdagi "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasini byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi etib qayta tashkil qilish toʻrisida" PQ-1645-sonli qarori.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 4 sentyabr, 35-son, 923-modda