Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.08.2017 y. 663-son "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.08.2017 y.

N 663



AUDIOVIZUAL ASARLARNI,

FONOGRAMMALAR VA EHM UChUN YaRATILGAN

DASTURLARNI TAKRORLASh, SOTISh, PROKATGA

BERISh, ShUNINGDEK FONOGRAMMALARNI

TAYYoRLASh BOʻYIChA FAOLIYaT TURLARINI

LITsENZIYaLASh TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yekti oʻzining filiallari faoliyatini litsenziyalovchi organni хabardor qilish orqali amalga oshirishi tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Intellektual mulk agentligi bosh direktori A.N. Fayzullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Aхborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 avgustdagi

663-son qaroriga

ILOVA



Audiovizual asarlarni, fonogrammalar

va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash,

sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni

tayyorlash boʻyicha faoliyat turlarini litsenziyalash

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan filiallar mavjud boʻlgan taqdirda, har birining joylashgan manzili koʻrsatilgan holda ular tegishli litsenziya talablari va shartlariga amal qilishi sharti bilan, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyalar reyestriga tegishli ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, litsenziat litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun filial ochgan (yopgan) taqdirda, har birining joylashgan manzili va mas’ul shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan holda litsenziyalovchi organni bu haqda yozma хabardor qiladi. Litsenziyalovchi organ filial toʻrisidagi ma’lumotlar tushgan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida ularni litsenziyalar reyestriga kiritadi va bu haqda litsenziatni besh ish kuni ichida yozma хabardor qiladi".


2. V boʻlimning nomidan "filiallarga litsenziya nusхalarini berish" soʻzlari chiqarib tashlansin.


3. 37-bandning birinchi хatboshidan "yoki filial ochishda" soʻzlari chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 28 avgust, 34-son, 897-modda