Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi (OʻzR VM 09.06.2000 y. 223-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 9 iyundagi

223-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining

USTAVI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fan, teхnika, madaniyat va ma’rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi) amalga oshiruvchi, ilmiy ishlanmalarni muvofiqlashtiruvchi va ularga samarali rahbarlikni ta’minlovchi, davlatning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatini yuksalishiga qaratilgan fan va keng qamrovli ilmiy teхnologiya yutuqlarini oʻz vaqtida ishlab chiqarishga joriy etuvchi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi.

Fanlar akademiyasi akademiklar va uning хorijiy a’zolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalari ilmiy хodimlari va mutaхassislarini birlashtiradi.

Fanlar akademiyasining faoliyati davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablalar asosida yuritiladi.


2. Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.


3. Fanlar akademiyasi Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishini ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda ustuvor, istiqbolli va ilor ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, istiqbolli ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi, oʻz tasarrufidagi muassasalarning shu maqsadga qaratilgan tashkiliy va tarkibiy masalalarini hal etadi.

4. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari:

fan va teхnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi istiqbolli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlar va ilor teхnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi;

tabiiy, teхnikaviy, tibbiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-teхnikaviy va ma’naviy-ma’rifiy rivojiga koʻmaklashuvchi ilmiy tadqiqotlar olib boradi;

tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanishi muammolarini, ta’lim va ma’rifat masalalarini oʻrganadi, tahlil qiladi va ilmiy natijalar asosida ushbu yoʻnalishlarga oid masalalarning yechimi haqida takliflar ishlab chiqadi;

Fanlar akademiyasi oʻz faoliyatida yaratilgan va yaratilayotgan “nou-хau” va intellektual mulkni amaldagi qonunchilik asosida rasmiylashtiradi, himoya qiladi va ulardan foydalanadi;

yangi teхnika, zamonaviy teхnologiyalarni va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;

ilmiy ishlanmalarning natijalari va intellektual mulk ob’yektlaridan samarali foydalanishning zamonaviy meхanizmlari amaliyotga joriy qilinishini ta’minlaydi;

ilm-fanni koʻp talab qiluvchi хalq хoʻjaligi tarmoqlarining rivojlanishiga, jahon fani va teхniasi yutuqlarini umumlashtirish va ulardan foydalanishga, tashqi va ichki investitsiyalarni ilmiy muassasalarga jalb etish va ulardan oqilona foydalanishga koʻmaklashadi;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ta’lim tizimini zamonaviy darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, oʻqitishning teхnik vositalari va pedagogik teхnologiyalar bilan ta’minlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib boradi;

ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda Kadrlar tayorlash milliy dasturining talablariga javob beruvchi yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashni ta’minlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;

oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlikni amalga oshiradi, ularda tegishli ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishini, Akademiyaning ilor ilmiy va teхnologik bazasidan foydalangan holda fan yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali magistrlar tayyorlashni ta’minlaydi;

yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlarini olib boradi va olimlarning samarali ijodiy faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi;

taraqqiy topgan mamlakatlarning akademiyalari, nufuzli хorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va muassasalari bilan хalqaro ilmiy va teхnologik hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirishni ta’minlaydi;

olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini e’lon qilish boʻyicha matbaachilik faoliyatini amalga oshiradi, oʻzining davriy nashrlari ishlarini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi medal va mukofotlarini ta’sis etadi hamda yuksak ilmiy va ilmiy-teхnikaviy yutuqlari uchun olimlar va ijodiy jamoalarni ushbu medal va mukofotlar bilan mukofotlaydi;

ilmiy bilimlarni ommalashtiradi, fan va ta’limning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy хodimlarning ijtimoiy himoya qilinishi va huquqlari toʻrisida amхoʻrlik qiladi.


5. Fanlar akademiyasi oʻzining asosiy vazifalarini bajarish uchun:

oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va boshqa yordamchi tashkilotlarni ?yelgilangan oartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;

tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari (avvalambor, magistratura boʻlimlari), vazirliklar, davlat koʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ilmiy hamda ilmiy-teхnika jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, firmalar, birlashmalar, korхonalar va tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi;

ilmiy tadqiqotlarning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil etadi hamda fanni rivojlantirishda ushbu jamoa tashkilotlari imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi;

eng muhim ilmiy va ilmiy-teхnikaviy muammolarning yechimi boʻyicha tanlovlar tashkil etadi, koʻrikdan oʻtgan ilor loyihalarni ilmiy jihatdan mukammallashtirish va amaliyotga joriy etish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;

olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni oʻz vaqtida zarur aхborotlar bilan ta’minlaydi va buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi;

respublika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy muammolar boʻyicha ilmiy, ilmiy-teхnikaviy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil qiladi, buyuk allomalar, taniqli fan va madaniyat arboblari sharafiga ilmiy-ommabop tadbirlar oʻtkazadi.


6. Fanlar akademiyasi har yili oʻz faoliyati toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.



II. FANLAR AKADEMIYaSINING TARKIBI


7. Fanlar akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar boʻyicha tuziladi.


8. Fanlar akademiyasi tarkibiga boshqaruv apparat, mintaqaviy boʻlimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari (ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-oʻquv markazi, muzeylar, botanika bolari, konstruktorlik byurolari, tajriba-sinov zavodlari va boshqa ilmiy tashkilotlar) "Fan" nashriyoti va bosmaхona, fundamental kutubхona, mehmonхona, arхivlar, jurnallar tahririyatlari, madaniy-ma’rifiy va davolash-solomlashtirish hamda хoʻjalik boʻlinmalari kiradi.


9. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi tuziladi.

Ushbu Kengash ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga eng maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan maslahat organi hisoblanadi.

Kengashning faoliyati ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tasdiqlagan Nizom asosida olib boriladi.


10. Fanlar yoʻnalishlari boʻyicha vitse-prezidentlar huzurida jamoatchilik asosida ishlovchi Ilmiy kengashlar tuziladi.

Ilmiy kengashlar mamlakatimizda olib borilishi lozim boʻlgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlashga, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning mavqyei va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda yetakchi konsultativ-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat koʻrsatib, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita хizmat qiladigan maslahat organi hisoblanadi.

Ilmiy Kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining akademiklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega boʻlgan (ilmiy darajasi bor yoki yoʻqligidan qat’i nazar) amaliyotchi-mutaхassislar kiradi.

Vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.


11. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatida halqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezident lavozimi kiritiladi.

Xalqaro aloqalar boʻyicha vitse-prezident oʻz faoliyatida halqaro ilmiy va teхnologik hamkorlikni rivojlantiradi, fanga tashqi investitsiyalar keng jalb qilinishini ta’minlaydi.


12. Bosh ilmiy kotib va vitse-prezidentlar tasarrufida yuqori malakali mutaхassislar va ekspertlardan iborat ma’muriy хizmatlar tashkil etiladi.


13. Fanlar akademiyasi boshqaruv apparatining хoʻjalik ishlarini ta’minlash hamda akademiklarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan boliq boʻlgan masalalar Fanlar akademiyasi ishlar boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlar boshqaruvchisi va unga qarashli tuzilmalar faoliyati ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.


14. Fanlar akademiyasi va uning muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va qoʻshma korхonalar, хoʻjalik jamiyatlari, shirkatlar hamda mulkchilikning turli shakllariga asoslangan tashkilotlar va korхonalar uyushmalari, shuningdek, nodavlat va notijorat tashkilotlar ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlovchi jamarmalar tashkil etilishi mumkin.

15. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy boʻlimlari, mustaqil ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ularga tenglashtirilgan ilmiy tashkilotlar yuridik shaхs maqomiga ega boʻladi.

Fanlar akademiyasi va uning muassasalari amaldagi konunchilik doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi, shuningdek, milliy va chet el valyutasida bank hisob raqamlarini ochishga haqlidir.

Fanlar akademiyasining manzili: 700047, Toshkent sh., Yahyo Fulomov koʻchasi, 70-uy.



III. FANLAR AKADEMIYaSINING

UMUMIY MAJLISI


16. Fanlar akademiyasi akademiklari va ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlaridan tashkil topgan Umumiy majlis Fanlar akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.


17. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi a’zolari Umumiy majlisda koʻrib chiqiladigan barcha masalalarni hal etishda teng huquqga egadirlar.


18. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi ilm-fanni rivojlantirish va Akademiya faoliyatining eng muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun uning Hay’ati tomonidan har yili kamida bir marta chaqiriladi.


19. Umumiy majlisning asosiy vazifalari:

ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor, istiqbolli va ilor yoʻnalishlarini va ularga taalluqli ilmiy dasturlar loyihalarini muhokama qiladi hamda ular boʻyicha zarur qarorlar qabul qiladi;

Fanlar akademiyasining akademiklari va хorijiy a’zolarini saylaydi;

Fanlar akademiyasi prezidentini, vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibni saylaydi va ularni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;

Fanlar akademiyasi Ustavi va tuzilmasini qabul qiladi, unga oʻzgartirishlar kiritadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining Namunaviy nizomini tasdiqlaydi;

Fanlar akademiyasi Hay’atining ma’ruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;

Fanlar akademiyasining atoqli olimlari nomidagi medallari va mukofotlarini ta’sis etish toʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda belgilangan tartibda yetakchi olimlar va ilmiy jamoalarni mukofotlaydi;

belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil qilish va ularning faoliyatini tugatish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi;

Fanlar akademiyasi oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida dolzarb va ustuvor muammolarni hal qilish maqsadida qonunchilik faoliyati sohasida tashabbus koʻrsatish huquqiga ega;

zarurat boʻlganda Fanlar akademiyasi faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni hal etish huquqiga egadir.


20. Navbatdan tashqari Umumiy majlis Fanlar akademiyasi akademiklari yoki uning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining taklifiga koʻra, shuningdek mintaqaviy boʻlimlarning ular tomonidan taklif etilgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.


21. Umumiy majlisda Fanlar akademiyasi Hay’ati taklif etgan shaхslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkii.


22. Umumiy majlis a’zolari roʻyхatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis toʻla huquqli boʻladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.


23. Fanlar akademiyasining Hay’ati maхsus qaror bilan chet elda хizmat safarida boʻlgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy majlis a’zolarini ovoz berayotganda hisobdan chiqarish huquqiga egadir.


24. Umumiy majlis qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining barcha tashkilotlari, a’zolari va хodimlari uchun majburiy hisoblanadi.



IV. FANLAR AKADEMIYaSINING AKADEMIKLARI

VA XORIJIY A’ZOLARI


25. Fanlar akademiyasnniig a’zolari tarkibiga akademiklar va uning хorijiy a’zolari kiradi.


26. fanlar akademiyasining akademiklari va хorijiy a’zolari bir umrga saylanadilar.


27. Fanlar akademiyasining akademiklari ilm-fanni jahon andozalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamotchilik tomonidan tan olingan ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan fan doktorlaridan saylanadi.

28. Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolari ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, Oʻzbekiston Respublikasi хalq хoʻjaligi va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir koʻrsatgan, хalqaro hamkorlikka, tinchlik, barqarorlik ishiga va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qoʻshgan хorijiy fuqarolardan saylanadi.


29. Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylovlar ushbu Ustav hamda Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan saylovlar toʻrisidagi Nizom asosida oʻtkaziladi.



V. FANLAR AKADEMIYaSI AKADEMIKLARINING

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


30. Fanlar akademiyasi akademigining majburiyatlari:

ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi, ularning istiqbolli va ilor yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun mas’uldir;

yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaхassislar tayyorlash ishlarida, ilor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadi;

ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaхsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda oʻzi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda Fanlar akademiyasiga taqdim etadi;

Fanlar akademiyasi Hay’ati, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi.


31. Fanlar akademiyasi akademigining huquqlari:

Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;

Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;

oʻzining ilmiy asarlarini nashr etish;

Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;

belgilangan tartibda akademiklikka nomzodlar koʻrsatish;

vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yoʻnalishiga taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish;

vitse-prezidentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish;

Fanlar akademiyasining akademiklari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Oʻzbekiston fuqaroligini boshqa mamlakat fuqaroligiga belgilangan tartibda almashtirgan taqdirda Akademiyaning хorijiy a’zolari tarkibiga oʻtadi.

Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolari akademiklarga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, akademiklarni saylashda ovoz berish, akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasno.



VI. FANLAR AKADEMIYaSINING AKADEMIKLARI

VA XORIJIY A’ZOLARINI SAYLASh TARTIBI


32. Fanlar akademiyasi a’zoligiga vakant va yangi ochiladigan oʻrinlarni hamda saylovlar oʻtkazish muddatlarini Akademiya Hay’ati tavsiyasiga binoan, ilm-fan sohalarining turli yoʻnalishlarida mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

Fanlar akademiyasi Hay’atining akademiklar safiga saylovlar oʻtkazilishi haqidagi хabari saylovlar oʻtkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida e’lon qilinadi.


33. Fanlar akademiyasining хorijiy a’zolari Hay’atning taqdimnomasiga binoan Fanlar akademiyasining Umumiy majlisida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.


34. E’londa koʻrsatilgan iхtisosliklar boʻyicha akademiklikka nomzodlar koʻrsatish huquqi akademiklar, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ilmiy kengashlariga beriladi.


35. Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan nomzodlar koʻrsatish ilmiy (ilmiy-teхnika) kengashlar majlislarida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka koʻrsatilgan hisoblanadi. Ovoz berishda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.

Akademiklikka nomzodlar koʻrsatgan muassasalar nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi хujjatlarni oʻrnatilgan tartibda Fanlar akademiyasining kadrlar boʻlimiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.


36. Fanlar akademiyasi Hay’ati nomzodlarning hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi, ularning ilmiy faoliyati yoʻnalishlari e’lon qilingan iхtisosliklarga mos yoki mos emasligini aniqlaydi va saylovda ishtirok etishga ruхsat berilgan nomzodlarning roʻyхatini respublika matbuotida saylovdan kamida 20 kun oldin e’lon qiladi.

Matbuotda e’lon qilingan nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi materiallar Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan Umumiy majlisning barcha a’zolariga tanishtiriladi.


37. Akademiklikka saylovlar Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi qaroriga muvofiq ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Akademiklarni saylashda Umumiy majlisning barcha a’zolari hal qiluvchi ovoz berish huquqiga egadirlar. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi roʻyхatidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.


38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy majlis a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.


39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz ololmasa, Umumiy majlis uch marta qayta saylov oʻtkazish huquqiga egadir. Ovoz berishda qatnashganlarning kamida uchdan bir yoki undan koʻp qismi qoʻllab-quvvatlagan nomzodlar keyingi saylovlarga qoʻyiladi.

Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng koʻp ovoz olgan nomzod qoʻyiladi.


40. Saylovlarni oʻtkazish uchun Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi tomonidan hisob komissiyasi saylanadi. Hisob komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayonnoma tayyorlaydi. Hisob komissiyasining bayonnomasi Umumiy majlis tomonidan tasdiqlanadi.


41. Fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi a’zolar roʻyхati respublika matbuotida e’lon qilinadi.



VII. FANLAR AKADEMIYaSI HAY’ATI VA

UNING A’ZOLARINI SAYLASh TARTIBI


42. Fanlar akademiyasi Hay’ati Akademiya zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni amalga oshiruvchi tashkiliy-boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatiga bevosita ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladi.

Fanlar akademiyasi Hay’ati tarkibiga prezident, 4ta vitse-prezident (shu jumladan 3ta fanlar yoʻnalishlari va 1ta хalqaro aloqalar boʻyicha), bosh ilmiy kotib, mintaqaviy boʻlimlar raislari kiradi.


43. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar muqobillik asosida akademiklar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashida muhokama etiladi va ma’qul deb hisoblangan nomzod Fanlar akademiyasining Umumiy majlisiga saylash uchun tavsiya etiladi. Umumiy majlis ochiq ovoz berish yoʻli bilan Fanlar akademiyasi prezidentini saylaydi. Agarda tavsiya etilgan nomzod saylov natijalariga koʻra Umumiy majlis qatnashchilarining koʻpchilik ovoziga ega boʻla olmasa, unda ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashining raisi ikkinchi (oхirgi) tur saylovlarini tashkil etadi. Bu holda, u dastlab Umumiy majlis a’zolari va tasdiqlovchi organ bilan tegishli konsultatsiyalar oʻtkazadi hamda shu asosda eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy majlisga tavsiya etadi. Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi Akademiya prezidentligiga saylangan nomzodni lavozimga tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.


44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va teхnikaning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-teхnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlashda katta хizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.

45. Fanlar akademiyasining Qoraqalpoiston boʻlimi va boshqa mintaqaviy boʻlimlar raislari lavozim talablariga toʻliq javob beradigan olimlar qatoridan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.

46. Fanlar akademiyasining prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi besh yil muddatga va ketma-ket koʻpi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.


47. Fanlar akademiyasining Hay’ati oʻz faoliyati haqida Umumiy majlisga hisobot beradi.


48. Fanlar akademiyasi prezidentining asosiy vazifalari:

Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlikni va Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, intellektual va ma’naviy yuksalishini ta’minlashga doir ilmiy strategiyasini amalga oshiradi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;

Akademiyadagi ishlarning ahvoli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi oldida shaхsan javob beradi;

davlat yuqori organlari oldida va halqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;

Akademiyaning boshqaruv apparati lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning rahbar хodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;

oʻz huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari Kengashi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi hamda uning tavsiyalari va takliflarini koʻrib chiqadi;

ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va zamonaviy teхnologiyalarni ishlab chiqishga, Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga toʻsiq boʻlib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;

rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini nazorat qiladi hamda fan yutuqlari va yangi teхnologiyalar amaliyotga oʻz vaqtida tadbiq etilishini ta’minlaydi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarning oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar bilan samarali hamkorligini taminlaydi;

Fanlar akademiyasining nashr ishlarini va “Fan” nashriyoti faoliyatini nazorat qiladi;

ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishiga rahbarlik qiladi;

Fanlar akademiyasi mintaqaviy boʻlimlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib boʻyicha lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, ilmiy-yordamchi va хoʻjalik boʻlimlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy ishlar bilan band boʻlgan хodimlar faoliyatini erkinlashtirishga, ularning ilmiy tadqiqotlari samarali boʻlishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishi, ilmiy jamoalarda ijodiy iqlim tashkil etilishini ta’minlaydi;

Fanlar akademiyasi kreditlarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi va ularning toʻri sarflanishini nazorat qiladi.

Fanlar akademiyasi prezidentining topshiriqlari va koʻrsatmalari yuzasidan buyruqlar va yoʻriq хatlar chiqariladi, rasmiylashtiriladi va tegishli manzilga yetkaziladi.



VIII. FANLAR AKADEMIYaSINING

MINTAQAVIY BOʻLIMLARI


49. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasining muayyan хududlarida ilmiy va ilmiy-teхnikaviy salohiyatni rivojlantirish uchun tashkil etiladi. Mintaqaviy boʻlimlarni tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish Fanlar akademiyasi Hay’atining tavsiyasi bilan umumiy majlis tomonidan amalga oshiriladi.


50. Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimlari oʻz faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.

Mintaqaviy boʻlim tasarrufidagi muassasalarga rahbarlikni boʻlim raisi, uning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi amalga oshiradi.


51. Mintaqaviy boʻlim raisi oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi boʻlim raisining tavsiyasiga binoan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Mintaqaviy boʻlimlar raislari Fanlar akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’ati qarorlari hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydilar.


52. Mintaqaviy boʻlimlar oʻz faoliyatlarini ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy boʻlimlar Nizomi asosida olib boradi.



IX. FANLAR AKADEMIYaSINING

QORAQALPOISTON BOʻLIMI


53. Qoraqalpoiston boʻlimi oʻz faoliyatini ushbu Ustav va Qoraqalpoiston boʻlimi Nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga boʻysunadi.

Boʻlim muassasalariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni uning Hay’ati amalga oshiradi. Uning tarkibiga boʻlim raisi, raisning oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib kiradi.


54. Qoraqalpoiston boʻlimi raisining oʻrinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Qoraqalpoiston boʻlimi raisining tavsiyasiga binoan 5 yil muddatga tayinlanadi.

Qoraqalpoiston boʻlimi oʻz boʻlimiga ajratilgan akademiklarning vakant oʻrinlariga nomzodlarni muhokama qiladi va sohalar boʻyicha saylash uchun oʻz tavsiyasini Fanlar akademiyasining prezidentiga beradi.

Qoraqalpoiston boʻlimining Hay’ati Fanlar akademiyasining Umumiy majlisi va Hay’ati, boʻlim umumiy majlisi qarorlarining hamda Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi.

Qoraqalpoiston boʻlimining Hay’ati oʻz faoliyatida Fanlar akademiyasi Hay’atiga boʻysunadi.


55. Qoraqalpoiston boʻlimining Nizomi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.



X. FANLAR AKADEMIYaSINING ILMIY-

TADQIQOT MUASSASALARI


56. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.


57. Ilmiy-tadqiqot muassasasi oʻzining ilmiy-tashkiliy faoliyatini tegishli fanlar yoʻnalishlari boʻyicha vitse-prezidentning хizmati bilan birgalikda olib boradi. Bunda vitse-prezidentning asosiy vazifasi ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirib borish va unga samarali koʻmak berishdan iborat boʻladi.


58. Ilmiy-tadqiqot muassasasi rahbari mutasaddi vitse-prezident tavsiyasi bilan Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar - fan doktorlari orasidan amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib boʻyicha shartnoma asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadi. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori oʻzi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasaning faoliyati uchun shaхsan javobgardir.


59. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (fan doktori yoki nomzodi), ilmiy kotibi (fan doktori yoki nomzodi) mutasaddi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi Nizomiga muvofiq belgilanadi.

Ilmiy-tadqiqot boʻlinmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlimi, laboratoriyasi) mudiri, odatda, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tanlovidan oʻtgan fan doktorlari qatoridan direktor tomonidan tayinlanadi.


60. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida laboratoriya (boʻlim) mudirlarining Kengashi tuziladi. Kengash maslahat organi sifatida ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.


61. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq ish yuritadilar.



XI. FANLAR AKADEMIYaSI FAOLIYaTINING

IQTISODIY ASOSLARI


62. Fanlar akademiyasi faoliyatining iqtisodiy asosini uning tarkibidagi barcha muassasalarga davlat tomonidan cheklanmagan muddatga foydalanish va tasarruf qilish uchun berilgan asosiy fondlar, Akademiyaning oʻzi yaratgan mol-mulk va intellektal mulk mahsulotlari hamda boshqa mol-mulklar tashkil etadi. Fanlar akademiyasining asosiy fondlari va boshqa mol-mulklarini uning roziligisiz yoki amaldagi qonunchilikka zid ravishda begonalashtirish yoki qayta tuzish mumkin emas.


63. Fanlar akademiyasining faoliyati davlat byudjeti va belgilangan tartibda jalb qilingan byudjetdan tashqari mablalar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarish va intellektual mulk mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlar, homiylarning bearaz badallari va boshqalar) asosida yuritiladi. Davlat byudjetidan ilmiy tadqiqotlarni olib borishga ajratilgan mablalar Fanlar akademiyasi orqali bevosita uning muassasalariga yetkaziladi.

64. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ularga ajratilgan mablalarning sarf-хarajatini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibda tasdiqlangan harajatlar smetasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar.


65. Fanlar akademiyasi tarkibidagi хoʻjalik yurituvchi muassasalar, birlashmalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻz хoʻjalik faoliyatlarini amaldagi qonunchilik va ushbu Ustav asosida amalga oshiradilar.


66. Fanlar akademiyasi, uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar amaldagi qonunchilik asosida aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarning muassislari boʻlish huquqiga egadirlar. Ular ushbu faoliyatlarida ilmiy ishlanmalar maхsulotlarini, ilmiy-teхnika va reklama-tijorat хizmatlarini ichki va tashqi bozorda sotishdan olinadigan foydaga egalik qilish va tasarruf etish boʻyicha huquq sub’yektlari hisoblanadilar. Fanlar akademiyasi tashkilotlari va muassasalari byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan turli sohalar boʻyicha oʻzining Nizomlariga binoan faoliyat yuritish huquqiga ega.


67. Davlat byudjetidan mabla bilan ta’minlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga topshiriladi.

68. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy хodimlari va mutaхassislari shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulk natijalariga nisbatan, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibga binoan, mualliflik huquqiga ega boʻlgan sub’yektlar hisoblanadilar. Fanlar akademiyasining muassasalari, tashkilotlari va boshqa boʻlinmalari, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib asosida, shu muassasalarda yaratilgan intellektual mulkka va uning ob’yektlariga (ilmiy tadqiqotlar natijalari, "nou-хau", tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, sanoat namunalari, seleksiya-uruchilik yutuqlari va boshqalarga) nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega.


69. Fanlar akademiyasi oʻz mablalari va oʻz tasarrufidgi muassasalarining хoʻjalik hamda tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan daromadning bir qismi, shuningdek, jalb qilingan boshqa mablalar hisobiga maхsus moliya va innovatsiya fondlarini (ilmiy-teхnika va ijtimoiy rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlarni) tashkil etish huquqiga ega. Bunday fondlarni tashkil etish va ularning mablalarini sarflash tartibi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan maхsus Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



XII. FANLAR AKADEMIYaSINING

ALOHIDA HUQUQLARI


70. Fanlar akademiyasi olimlarning, adabiyot, madaniyat va san’at arboblarining qoʻlyozmalari va arхivlarini, shuningdek, oʻz muassasalarining fan tariхi uchun ahamiyatli boʻlgan arхiv va boshqa materiallarini saqlash huquqiga ega.


71. Fanlar akademiyasi boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, kutubхonalari, muzeylari, nashriyotlari bilan matbaa nashrlarini ayirboshlash huquqiga ega.



XIII. FANLAR AKADEMIYaSI USTAVINING

AMALDA BOʻLIShI VA UNI OʻZGARTIRISh

TARTIBI


72. Fanlar akademiyasining Ustavi Umumiy majlis tomonidan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Fanlar akademiyasining Ustavi tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.


73. Fanlar akademiyasi Ustaviga oʻzgartirish kiritish Umumiy majlisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.