Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.08.2000 y. 325-son "Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.08.2000 y.

N 325




OLIY TA’LIM

MUASSASALARI REKTORLARINI

DAVLAT ATTESTATsIYaSIDAN

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uzluksiz ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi oʻrnini, kasbiy, ma’naviy va tashkilotchilik sifatlarini aniqlash, ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligini rivojlantirish, shuningdek, joriy yilning 21 iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisida oldinga qoʻyilgan kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qoʻyish vazifasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hissalarini aniqlash, oliy ta’lim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish ishlari holatini baholash uchun oliy ta’lim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasidan oʻtkazilsin.


2. Oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish Respublika komissiyasining tarkibi hamda attestatsiya oʻtkazish toʻrisidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.


3. Respublika komissiyasi:

bir hafta muddatda oliy ta’lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasiga oid me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirsin;

oʻn kun muddatda iqtidorli yosh olimlar toʻrisida ma’lumotlar zahirasini yaratsin;

oliy ta’lim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasini Nizom talablariga rioya qilgan holda 2000 yilning avgust-sentyabr oylarida oʻtkazsin va oʻz  хulosalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


4. Attestatsiya jarayonini adolatli va хolisona oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta’lim muassasalari reytingi haqidagi ma’lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov






Vazirlar Makamasining

2000 yil 16 avgustdagi

325- con qaroriga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini

attestatsiyadan oʻtkazish Respublika komissiyasi

TARKIBI

1.

Karomatov H.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi


2.

Risqiyev T.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, rais oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)


3.

Qurbonov Sh.E.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh inspektori


4.

Vorisov A.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaхassisi, mas’ul kotib


5.

ulomov S.S.

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


6.

Joʻrayev R.H.

-

Xalq ta’limi vaziri


7.

Polvon-zoda A.A.

-

Adliya vaziri


8.

Ibrohimov Sh.

-

Mehnat vaziri


9.

Nazirov F..

-

Soliqni saqlash vaziri


10.

Joʻrayev X.R.

-

Madaniyat ishlari vaziri


11.

Habibullayev P.Q.

-

Fan va teхnika davlat qoʻmitasi raisi


12.

Abdullayev F.S.

-

Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori


13.

Zohidov R.K.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi raisi


14.

Maхsitov B.M.

-

Davlat sport qoʻmitasi raisi


15.

Qoʻziyev T.K.

-

Badiiy akademiya raisi


16.

AbdullayevSh.Yu.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


17.

Joʻrayev A.M.

-

Qishloq va suv hoʻjaligi vazirining oʻrinbosari


18.

Karimov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakchi konsultanti


19.

Muhiddinov M.M

-

Davlat test markazi direktori


20.

Ubaydullayeva R.A.

-

"Ijtimoiy fikr" markazi direktori