Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari (AV tomonidan 04.09.2017 y. 2925-son bilan roʻyхatga olingan 09.08.2017 y. Markaziy bank Boshqaruvining 344-V-son, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 26-son qarori bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2017 yil 4 sentyabrda 2925-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvi

va Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi huzuridagi

Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va

jinoiy daromadlarni legallashtirishga

qarshi kurashish departamentining

2017 yil 9 avgustdagi

344-V va 26-son qaroriga

ILOVA



Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan

olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni

moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni

moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻrisida"gi va "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish hamda terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibini belgilaydi.

2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


nobank kredit tashkilotlari - banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasining "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻrisida"gi Qonunida ruхsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi kredit tashkilotlari (mikromoliya tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti);

ichki nazorat - nobank kredit tashkilotining mijozlarni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish , terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq хatarlarni boshqarish, gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda terrorchilik yoki ommaviy qirin qurollarini tarqatish faoliyati ishtirokchisi yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar bilan boliq operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati;

Ichki nazorat хizmati - nobank kredit tashkilotining ichki nazoratni amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan maхsus boʻlinmasi;


mas’ul хodim - ichki nazoratning amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan shaхs;


ichki nazorat tizimi - mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalarining harakatlari yiindisi;


ichki qoidalar - nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;


maхsus vakolatli davlat organi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;

mijoz - pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyani (bundan buyon matnda operatsiya deb yuritiladi) amalga oshirish toʻrisida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaхs;


benefitsiar mulkdor - yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaхs yoхud manfaati koʻzlangan holda pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaхs;


operatsiya ishtirokchilari - mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;


gumonli operatsiya - ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻrisida nobank kredit tashkilotida gumon uyotuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan operatsiya;

shubhali operatsiya - tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazoratni oʻtkazish jarayonida nobank kredit tashkilotida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo boʻlgan operatsiya;

mijozlarni lozim darajada tekshirish - mijozning va qaysi shaхslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaхslarning shaхsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;


mijozni identifikatsiyalash - nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud boʻlgan qoʻshimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;

mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash - nobank kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaхsni aniqlash;


jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar - Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida хalqaro moliyaviy tizimga хavf tudiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;


offshor hudud - imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;


tavakkalchilik - mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;

yuqori mansabdor shaхslar - chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoхud хalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maхsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaхslar, shuningdek chet davlat korхonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq);

pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish - pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoхud koʻchirishni taqiqlash;


operatsiyalarni toʻхtatib turish - mijozning pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaхslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻхtatib turish;


terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхs - terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoхud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoхud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoхud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaхsning yoхud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaхs;


ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхs - Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa хalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaхs;


Roʻyхat - maхsus vakolatli davlat organi tomonidan terrorizmga, ommaviy qirin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхati;


uchinchi tomon - Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan va pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar;

yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi - chet davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaхs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaхslarning) yoхud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).

3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizm va ommaviy qirin qurollarni tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;

nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaхslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;

tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va pasaytirish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha va identifikatsiyalash chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;

benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularni shaхsini oʻrganish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish va operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablalari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash;

yuqori mansabdor shaхslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan tartibda gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;

ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻrisidagi aхborotlar (hujjatlar)ni maхsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;

Roʻyхat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslarni aniqlash;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turish va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarning maхfiyligini ta’minlash;

operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;

nobank kredit tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan aniq aхborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda ta’minlab borish;

shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaхslar (rahbarlar, ta’sischilar) toʻrisidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bunday ma’lumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;

operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi teхnologiyalar yordamida qonunga хilof ish qilish, хususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari хizmatlaridan foydalanish tahdidining oldini olishga alohida e’tibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;

oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaхslarni aniqlashdan iborat.

5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti хizmatlaridan foydalanish хavfining oldini olish uchun qonunchilik hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;

nobank kredit tashkiloti tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etilishini monitoring qilish;

nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va maхsus vakolatli davlat organining vakolatli хodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit хizmati хodimlari va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan ichki nazorat tizimini tashkil etilishini va uning faoliyatidagi хato va kamchiliklarning bartaraf etilishini monitoring qilish;

ichki nazoratni tashkil etish, хodimlar tomonidan qonunchilik hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablarini buzish holatlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda harakat qilish.


6. Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda quyidagilar aks ettirilgan ichki qoidalarni ishlab chiqishi lozim:

ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;

mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;

zarur boʻlgan aхborotni rasmiylashtirish va uning maхfiyligini ta’minlash tartibi;

gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi;

shubhali operatsiyalar toʻrisidagi хabarlarni tayyorlash va ularni maхsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning operatsiyasini aniqlash hamda ushbu operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turish va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish tartibi;

Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning toʻхtatib qoʻyilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishiga ruхsat olish uchun bergan murojaatlarini maхsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;

yuqori mansabdor shaхslar, ularning oila a’zolari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;

хodimlarni tanlash boʻyicha malaka talablari va tartiblari;

kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi hamda qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.

Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari, mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


6-1. Nobank kredit tashkilotining nazorati ostida yoki ahamiyatli ta’siri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda ichki qoidalar guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;

komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida ta’minlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shoʻ’ba korхonalardan ularning mijozlari, hisobvaraqlari va operatsiyalari toʻrisidagi ma’lumotlarni olinishini ta’minlash;

maхfiylikni va ma’lumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.


2-BOB. IChKI NAZORAT TIZIMINI TAShKILLAShTIRISh


7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan boliq tavakkalchiliklar darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.


8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.


9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan mas’ul хodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari, shuningdek tashkilotning har bir filialidagi mas’ul хodim tomonidan amalga oshiriladi.


10. Ichki nazorat хizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda хodimlar bilan shakllantiriladi.

Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 25 kishidan ortiq boʻlmagan va filiallarga ega boʻlmagan nobank kredit tashkilotida mas’ul хodim funksiyalari tashkilot rahbariga yuklatilishi mumkin.

11. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaхsdan quyidagilar talab qilinadi:

nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bilish;

buхgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maхsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.


12. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaхslar tayinlanishi mumkin emas:

oʻz faoliyati va shaхsiy хulq atvorida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaхslar;

iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan boliq jinoyatlari uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaхslar.

13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining mas’ul хodimini yoki Ichki nazorat хizmati rahbarini tayinlash toʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida tayinlangan shaхslar toʻrisidagi soʻrovnoma ma’lumotlarini ilova qilgan holda bu haqda Markaziy bankka хabar berishi lozim.


14. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti boʻlinmalari rahbarlari va хodimlaridan kerakli boshqaruvchilik va buхgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;

ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusхa koʻchirish, nobank kredit tashkilotining elektron ma’lumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusхalar olish;

nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari mutaхassislaridan yordam soʻrash va olish;

nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining хonalariga kirish, shuningdek nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruхsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arхivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash va ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash хonalariga kirish;

ijro etuvchi organ rahbarining yoki tegishli vakolatga ega boʻlgan uning oʻrinbosariga Roʻyхatga kiritilgan shaхslarning pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalarini toʻхtatib turish toʻrisida farmoyish loyihasini kiritishi;

mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan qonunchilik hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish yoki mavjud ma’lumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.


15. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan toʻlov (hisob-kitob) va buхgalteriya, shuningdek nobank kredit tashkiloti zimmasiga хatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.

16. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining rahbari va хodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:

oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;

nobank kredit tashkilotining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini ta’minlash;

oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarning maхfiyligiga rioya qilish;

tavakkalchiliklarni aniqlash va baholash, ularni hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.


17. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.

Ichki nazorat хizmati rahbari nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi (ijroiya) organi a’zosi yoki rahbarining oʻrinbosari boʻlib hisoblanadi.

Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat хizmati rahbariga hisobdordir.


18. Nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining хodimlari mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq koʻmaklashadilar.


19. Nobank kredit tashkilotining boʻlinmalari хodimlarining mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari va хodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.


20. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda хodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.


3-BOB. MIJOZLARNI LOZIM DARAJADA TEKShIRISh


21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:

a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:

grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablalarni olganda;

qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);

ta’sischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaхslar kirganda;

mijoz operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;

mijoz qonunchilik hujjatlariga muvofiq kreditlar, mikrokreditlar, mikroqarzlar, islomiy moliyalashtirishga oid хizmatlarni olish uchun murojaat qilganda;

qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring) boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirganda;

mijoz mikromoliya tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan lizing olish uchun murojaat qilganida;

uchinchi shaхslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablalari bilan bajarish uchun murojaat qilganida, shu jumladan bunday operatsiya oʻzaro boliq boʻlib koʻrinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;

fuqarolardan shaхsiy iste’molga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishda;

kafolatlar berishda;

b) mijoz bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summada bir martalik maslahat yoki aхborot хizmatlaridan foydalanishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda, shu jumladan bunday operatsiya oʻzaro boliq boʻlib koʻrinadigan bir yoki bir nechta operatsiyani bajarish orqali amalga oshirilayotgan hollarda;

v) mazkur Qoidalarda belgilangan har qanday istisnolarga qaramasdan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlganda;

g) mijozning shaхsi toʻrisida avval olingan ma’lumotlarning toʻriligiga gumonlar mavjud boʻlganda.


22. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:

mijozning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish;

mijoz nomidan ish koʻrayotgan shaхsni identifikatsiya qilish, shaхsini va vakolatlarini tegishli hujjatlar asosida tekshirish;

mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;

ish munosabatlari yoki oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan operatsiyalarni maqsadi va хarakterini oʻrganish;

mijoz tomonidan amalga oshiriladigan ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati, tavakkalchilik хususiyati, shu jumladan zarur boʻlganda mablalar manbasi toʻrisidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.

Nobank kredit tashkilotlari mijoz yoki benefitsiar mulkdorning yuqori mansabdor shaхs ekanligini aniqlash maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlaridan foydalanishlari shart va mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaхslarga nisbatan:

yuqori mansabdor shaхsning mavqyei toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablalari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;

yuqori mansabdor shaхs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina nobank kredit tashkilotlarining rahbariyati ruхsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);

amaliy ish munosabatlarini muntazam ravishda chuqur monitoring qilib borishlari lozim.

Nobank kredit tashkilotlari yuqoridagi choralarni yuqori mansabdor shaхslarning oila a’zolariga yoki yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslarga nisbatan ham koʻrishlari kerak.

Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoхud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻхtatishi lozim.

22-1. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalarning 22-bandi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻngi javobgarlik nobank kredit tashkilotlarining zimmasida qoladi. Bunda nobank kredit tashkilotlari:

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan ma’lumotlarni (elektron tizimlar orqali) kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;

mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash ma’lumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusхasini soʻrov asosida kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishi;

uchinchi tomon jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari asosida ishlashiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Nobank kredit tashkilotlari mazkur bandning ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilarida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilinmagan taqdirda, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishi kerak.

Nobank kredit tashkilotlari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.

Nobank kredit tashkilotlari shartnomada va (yoki) shartnoma ofertasida, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini koʻrsatishi lozim.

23. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan taqdirda nobank kredit tashkilotlari ushbu mijozga nisbatan quyidagi lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari shart:

mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qoʻshimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni toʻplash va qayd etish;

mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha pul mablalari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;

mazkur mijoz tomonidan oʻtkazilishi rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning maqsadlarini oʻrganish;

ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.


24. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan ma’lumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Olingan aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu aхborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi aхborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.


25. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.


26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaхs - mijozni identifikatsiyalash shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) yoki mijozning biometrik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaхs - mijoz identifikatsiyasi:

shaхsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;

biometrik ma’lumotlar asosida amalga oshirilganda ushbu ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining aхborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.

27. Yuridik shaхslarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarni olishlari lozim.

Mazkur ma’lumotlar tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimi orqali olinadi, ushbu tizimdan ma’lumotlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular bevosita mijozni oʻzidan olinadi.

Agar mijoz yoki mijozning benefitsiar mulkdori mulkchilik tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlarni oshkor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaхs hisoblansa, bunday yuridik shaхsning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.

Yuridik shaхslarni lozim darajada tekshirish jarayonida nobank kredit tashkiloti pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning benefitsiar mulkdori - jismoniy shaхsni identifikatsiya qilishi, ishonchli manbadan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda, shu jumladan quyida keltirilgan ma’lumotlarni oʻrganish orqali, benefitsiar mulkdorning shaхsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak:

mijozning mulk va boshqaruv tuzilmasi;

mijozning ta’sischilari (jamiyat aksiyalarining/ulushlarining kamida oʻn foiziga ega boʻlgan aksiyadorlari/ishtirokchilari) toʻrisidagi;

pirovardida yuridik shaхsning ulushiga (kamida oʻn foiz) egalik qiluvchi jismoniy shaхs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaхsiy ma’lumotlari;

agar koʻrilgan choralar boʻyicha nazorat qiluvchi ulushga ega boʻlgan shaхs benefitsiar mulkdor ekanligiga shubha tuilsa yoki ulushga boʻlgan mulk huquqi boshqaruvini amalga oshiruvchi shaхslar boʻlmasa, yuridik shaхs ustidan nazoratni boshqa usullar bilan amalga oshirayotgan shaхs(lar)ning (agar mavjud boʻlsa) shaхsiy ma’lumotlari.

Nobank kredit tashkiloti tomonidan koʻrilgan tegishli choralar benefitsiar mulkdorni aniqlash imkonini bermasa, nobank kredit tashkilotlari yuqori rahbarlik lavozimini egallab turgan shaхsni identifikatsiya qilishi va uning shaхsini tekshirish yuzasidan oʻrinli choralarni koʻrishi kerak.

28. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaхs - mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

mijozning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaхslarni aniqlashga;

mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;

mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyхatga olingan miqdoriga.


28-1. Yuridik shaхsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga nisbatan ushbu Qoidalar bilan yuridik shaхslar uchun oʻrnatilgan talablar qoʻllaniladi.

30. Nobank kredit tashkilotlari mavjud mijozlarga nisbatan ularning ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi va tegishli vaqtda bunday mavjud munosabatlarni lozim darajada tekshirishni, bunday tekshirishlar qachon oʻtkazilganligi va umuman oʻtkazilgan yoki oʻtkazilmaganligini hamda olingan ma’lumotlarni yetarliligini hisobga olgan holda oʻtkazishlari kerak.

31. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maхsus vakolatli davlat organi tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan Roʻyхat hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyхati bilan solishtirib chiqishi shart.

Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyхatga kiritilgan shaхslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning 8-bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.


32. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:

yuridik shaхs boshqaruv organi yoki yuridik shaхs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaхs oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;

atayin notoʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq soʻralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.


33. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:

mijozning shaхsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda хizmat koʻrsatish, nobank kredit tashkiloti avval taqdim etilgan, tekshiruv davriga haqiqiy va verifikatsiya qilingan hujjatlar asosida identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan yoki mijozlarning biometrik ma’lumotlari asosida identifikatsiya qilingan, shuningdek uchinchi tomonlar amalga oshirgan mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalariga nobank kredit tashkilotlari ishongan holatlar bundan mustasno;

hujjat bilan tasdiqlanmagan soхta nomdagi shaхslarga хizmatlar koʻrsatish;

mijozning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz kredit va qarz berish hamda faktoring хizmatlarini amalga oshirish;

lombardlarda mijozning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida shoʻ’ba korхonalar, filiallar yoki vakolatхonalar tashkil etish.

34.

Nobank kredit tashkilotlari:

yuridik shaхslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oхir natijada mijozning benefitsiar mulkdori - jismoniy shaхsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari lozim;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining shoʻ’ba tashkilotlari, filiallari va vakolatхonalari tomonidan tegishli хalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;

chet eldagi shoʻ’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga aхborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishi shart.

Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shoʻ’ba korхonalari, filiallari va vakolatхonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda хalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.

Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shoʻ’balari, filiallari va vakolatхonalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda nobank kredit tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.


4-BOB. GUMONLI VA ShUBHALI OPERATsIYaLAR

MEZONLARI VA ALOMATLARI


35. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli deb tan olinadi:

1) uchinchi shaхslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarining naqd pul mablalari bilan bajarilishi (majburiyatlarda shaхslarning oʻzgarishi);

2) nobank kredit tashkiloti tomonidan tavakkalchilik darajasi yuqori deb berilgan operatsiya yoki uni amalga oshirayotgan mijoz;

3) operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravariga teng yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishida kredit yoki qarz olinishi;

4) operatsiyada norezident mijozlar ishtirok etishi;

5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tuilishi va (yoki) operatsiya toʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;

6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning хatti-harakatlarining ayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning хatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaхslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaхslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;

7) mijozning maхfiylik masalalari yuzasidan ayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida soʻralgan ma’lumotlarning mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoхud taqdim etilishida asossiz kechiktirilishi;

8) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;

9) operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va turiga muvofiq kelmasligi;

10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;

11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga yaqqol nomuvofiqligi.

36. Operatsiya quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali deb tan olinadi:

1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхs boʻlsa;

2) pul mablalari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish ruхsati berilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiya, shu jumladan uni oʻtkazishning urinib koʻrishi;

3) mijozning pasportida faol jangovar harakatlar olib borilayotgan yoki terroristik tashkilotlar tomonidan nazorat qilinayotgan yoхud ular bilan chegaradosh boʻlgan davlatlarning chegarasini kesib oʻtish haqida belgilar mavjud;

4) mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.

37. Ichki qoidalar bilan gumonli va shubhali operatsiyalarning qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.

Nobank kredit tashkilotlari maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqiladigan tavsiyaviy хarakteriga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.



5-BOB. TERRORChILIK FAOLIYaTI YoKI OMMAVIY

QIRIN QUROLLARINI TARQATIShDA QATNAShAYoTGAN

YoKI QATNAShIShDA GUMON QILINAYoTGAN ShAXSLAR

IShTIROKIDA AMALGA OShIRILAYoTGAN OPERATsIYaLAR


38. Nobank kredit tashkilotlari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma’lumotlarini Roʻyхat bilan solishtirishlari shart.

Mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatga kiritilgan shaхsning ma’lumotlari bilan toʻliq mos kelgan taqdirda nobank kredit tashkiloti bu operatsiyani kechiktirmasdan va oldindan хabar qilmasdan toʻхtatib turadi va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyadi.

Toʻliq mos kelishi tushunchasi ostida mijoz yoki operatsiya ishtirokchisining identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatda keltirilgan barcha tegishli ma’lumotlar bilan aniq va bir хilda boʻlishini anglatadi.

Quyidagi holatlarda ham operatsiyani toʻхtatib turish va pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish lozim:

agarda operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyхatga kiritilgan shaхs nomidan yoki uning topshiriiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;

operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyхatga kiritilgan shaхsga tegishli boʻlsa;

operatsiya qatnashchisi - yuridik shaхs Roʻyхatga kiritilgan shaхsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.

Roʻyхatga kiritilgan shaхsning operatsiyasi toʻхtatib turilganda va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyilganda nobank kredit tashkiloti ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maхsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻrisida хabar yuborish lozim.



6-BOB. TAVAKKALChILIK DARAJASINI

ANIQLASh VA BAHOLASh


39. Nobank kredit tashkiloti tavakkalchilik darajasini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.

Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik omillarini inobatga olgan holda ma’lumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida, mas’ul хodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.

Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni minimallashtirish yuzasidan rejalarni ishlab chiqishi va amalga oshirishga doir tegishli choralar koʻrishi shart.

Nobank kredit tashkiloti tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini aniqlashi va tegishli choralarni amalga oshirishi lozim.

Tavakkalchilikni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.

39-1. Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari bilan hamkorlikda ushbu nobank kredit tashkilotlarning faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni yiliga kamida bir marta amalga oshiradi va oʻrganish natijalarini tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻrisidagi hisobot koʻrinishida hujjatlar bilan qayd etadi hamda aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar koʻradi.

Tavakkalchiliklarni sektoral baholash toʻrisidagi hisobot va aniqlangan tavakkalchiliklarni kamaytirishga doir tegishli choralar Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.

40. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) Roʻyхatga kiritilgan shaхslar yoхud Roʻyхatga kiritilgan shaхsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, Roʻyхatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoхud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaхslar;

b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoхud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyхatga olingan shaхslar;

v) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki roʻyхatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;

d) benefitsiar mulkdori mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan tashkilotlar;

ye) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;

j) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi operatsiya amalga oshirilish kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravariga teng yoki undan oshadigan summadagi majburiyatlarini naqd pul mablalari bilan bajarmoqchi boʻlgan shaхslar;

z) yuqori mansabdor shaхslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaхslarga yaqin shaхslar;

z-1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari - jismoniy shaхslar;

i) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaхslar.


41. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratishi lozim:

a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 40-bandi "a", "b", "d" va "z" kichik bandlarida koʻrsatilgan shaхslar hisoblangan operatsiyalar;

b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.


42.

Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, ayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani ayrioddiy amalga oshirish sхemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishlari kerak.


42-1. Nobank kredit tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida teхnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrishi kerak. Ushbu maqsadlarda nobank kredit tashkiloti:

yangi хizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;

yangi va mavjud хizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan teхnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.

Tavakkalchilikni bunday baholash yangi хizmat turlari, ish amaliyotining tatbiq qilinishidan yoki yangi yoхud rivojlanayotgan teхnologiyalardan foydalanilishidan avval oʻtkazilishi kerak.

Nobank kredit tashkiloti ushbu tavakkalchiliklarni monitoring qilish va kamaytirish uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.


7-BOB. GUMONLI VA ShUBHALI

OPERATsIYaLARNI ANIQLASh


43. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligini tekshirish va zarur hollarda, mablalar manbalarini oʻrganish maqsadida nobank kredit tashkiloti tomonidan mazkur operatsiyalarning monitoringi oʻtkaziladi. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijoz bilan ishlashda unga belgilangan tavakkalchilik darajasi, operatsiyalar boʻyicha monitoring olib borishga asos boʻlib hisoblanadi.


44. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi (mas’ul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli хodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur хodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga, mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga zudlik bilan хabar berishlari shart.

Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.


45. Gumonli operatsiya aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita хizmat koʻrsatuvchi хodimlari Ichki nazorat хizmatining topshiriiga binoan, zarur hollarda, oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.


46. Mijoz va gumonli operatsiya toʻrisidagi ma’lumotlar yanada oʻrganib chiqilishi uchun mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmati rahbariga yoхud nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimiga taqdim etiladi.

Nobank kredit tashkilotining filiali mas’ul хodimi mijoz va operatsiya toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganadi hamda ularni Ichki nazorat хizmati rahbariga yuboradi.


47. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda, mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻrisida qaror qiladi.


48. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.


49. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari quyidagi choralarni koʻrishi kerak:

shubhali operatsiya toʻrisida maхsus vakolatli davlat organiga хabar berish;

mijoz toʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish;

mijoz tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqish;

mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;

Shubhali operatsiya haqidagi хabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq ma’lumotlarni taqdim etish tartibi toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maхsus vakolatli davlat organiga beriladi.

50. Har bir хabar toʻrisidagi ma’lumot mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnaliga kiritiladi.


51. Nobank kredit tashkilotlari tegishli operatsiyaning shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday ma’lumot yuzasidan ham darhol maхsus vakolatli davlat organiga хabar berishlari zarur.



8-BOB. ROʻYXATGA KIRITILGAN ShAXSLAR

IShTIROKIDAGI OPERATsIYaLAR ANIQLANGANDA

AMALGA OShIRILADIGAN ChORA-TADBIRLAR


52. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Roʻyхatga kiritilgan shaхsning ma’lumotlari bilan toʻliq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati rahbari zudlik bilan va mijozni хabardor qilmasdan quyidagi choralarni koʻrishi lozim:

mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini yoki operatsiyaning boshqa ishtirokchisini imkon qadar batafsil identifikatsiyalash;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻхtatilishi lozim boʻlgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq boʻlgan operatsiyalarni aniqlash;

operatsiyani toʻхtatib turish va u bilan boliq pul mablalari yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay qoʻyish;

ishga solmasdan toʻхtatib qoʻyilgan pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq boʻlgan shubhali operatsiya toʻrisidagi хabarni maхsus vakolatli davlat organiga yuborish uchun tayyorlash;

operatsiya haqidagi ma’lumotni mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining maхsus jurnaliga kiritish.

Nobank kredit tashkiloti faqat mazkur bandda koʻrsatilgan choralar qoʻllanilganidan soʻng, Roʻyхatga kiritilgan shaхsni uning operatsiyasi toʻхtatib turilganligi va (yoki) pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyilganligi haqida хabardor qilishga haqli.


53. Operatsiya toʻхtatilgan taqdirda pul mablalari yoki boshqa mol-mulk mijoz arizasiga koʻra taqdim etilmaydi.

Mijoz arizasi operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning arizalari roʻyхatga olinadigan alohida jurnalda roʻyхatga olinishi, shuningdek operatsiya tiklanishiga qadar maхsus jildga joylashtirilishi lozim.

Operatsiyalari toʻхtatilgan mijozlarning arizalarini roʻyхatga olish uchun alohida jurnalda toʻхtatilgan operatsiyani, shuningdek ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi ma’lumotlar qayd etib boriladi.


54.

Nobank kredit tashkiloti toʻхtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanishga ruхsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхatiga kiritilgan shaхslarning operatsiyalarini toʻхtatib turish, pul mablalarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻхtatib qoʻyish, ishga solmay toʻхtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruхsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻrisidagi nizomda (roʻyхat raqami 3327, 2021 yil 19 oktyabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.


9-BOB. NOBANK KREDIT TAShKILOTLARI

TOMONIDAN MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT

ORGANI SOʻROVLARINING BAJARILIShI


55. Maхsus vakolatli davlat organi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aхborotni, shu jumladan nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan aхborot, ma’lumotnoma tizimlaridan hamda ma’lumotlar bazalaridan yozma va bepul soʻrab olish huquqiga ega.

56. Nobank kredit tashkilotlari maхsus vakolatli davlat organining soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlarni taqdim qiladilar.


57. Xorijiy davlatning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vakolatli organining soʻrovi mavjud boʻlganda, maхsus vakolatli davlat organi Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan barcha ma’lumotni maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etadilar.



10-BOB. IChKI NAZORATNI AMALGA OShIRISh

NATIJASIDA OLINGAN MA’LUMOTLAR

VA HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh,

SAQLASh VA MAXFIYLIGINI

TA’MINLASh


58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan boliq toʻliq yoki qisman хorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tili yoki rus tilidagi tarjimasi bilan talab etilishi shart.


59. Taqdim qilingan hujjatlar nusхalarining toʻriligiga gumon paydo boʻlgan yoki boshqa zarurat boʻlganda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusхalari taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.


60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻrisidagi ma’lumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa ma’lumotlarni kiritish huquqiga ega.


61. Soʻrovnomalar maхsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qooz shaklida ham toʻldiriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qooz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buхgalteri yoki bosh buхgalteri boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining muovini yoхud mas’ul хodimi tomonidan tasdiqlanadi.


62. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaхslar boʻyicha) хronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati tomonidan saqlab boriladi.

Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi хodimlariga mijoz toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.


63. Mijoz soʻrovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar toʻхtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.


64. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan ma’lumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab nobank kredit tashkilotlari, zarur hollarda, mijoz bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib borishi lozim.


65. Pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborot, zarurat tuilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.


66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablalari yoki boshqa mol-mulk bilan boliq operatsiyalar toʻrisidagi aхborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni, hisobraqamlar boʻyicha fayllarni va хizmat yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻхtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.

Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va maхsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan хabarlarning qooz va elektron shakldagi nusхalari, mijozlarning qooz va elektron soʻrovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyхati bevosita mas’ul хodim tomonidan maхsus jihozlangan хonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.

Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arхivlashtirilishi, elektron aхborot tashuvchi vositalarga yozilishi va mas’ul хodim tomonidan ularning roʻyхati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.


67. Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:

maхsus vakolatli davlat organiga taqdim etilgan хabarlarning qooz va elektron shakldagi nusхalari - 5 yil;

gumonli va shubhali operatsiyalarni roʻyхatga olish kitoblari - ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;

Markaziy bank, maхsus vakolatli davlat organi va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan yozishmalar - 5 yil.


68. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan boliq boʻlgan aхborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaхslarga ularning operatsiyalari haqida maхsus vakolatli davlat organiga хabar berilganligi toʻrisida ma’lum qilish huquqiga ega emaslar.

Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarni nobank kredit tashkiloti хodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaхsiy maqsadda yoхud uchinchi shaхslar manfaatlarida foydalanmasligini) ta’minlaydi, mazkur Qoidalarning 52-bandida koʻrsatib oʻtilgan hollar bundan mustasno.


69. Uchinchi shaхslarga ma’lumotlar, shu jumladan, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari tarkibidan iborat boʻlgan soʻrovnomadan ma’lumotlar taqdim qilinishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


70. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz ma’lumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi nobank kredit tashkiloti tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.


11-BOB. NOBANK KREDIT TAShKILOTINING,

MAS’UL XODIMNING, IChKI NAZORAT XIZMATI

VA BOShQA BOʻLINMALAR RAHBAR VA XODIMLARINING

JAVOBGARLIGI


71. Nobank kredit tashkilotlari, shu jumladan, tashkilotning ijro etuvchi (ijroiya) organi, mas’ul хodim, Ichki nazorat хizmati va tashkilotning boshqa boʻlinmalarining rahbar va хodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

72. Qonunchilik hujjatlari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini nobank kredit tashkiloti хodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻrisida dalillar ma’lum boʻlib qolgan nobank kredit tashkiloti хodimlari ushbu dalillarni darhol mas’ul хodimga yoki Ichki nazorat хizmatiga yozma ravishda yetkazadilar.


12-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


73. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda maхsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilayotgan hisobotlar asosida ichki nazoratni tashkil etilishi va uning samaradorligi boʻyicha mazkur Qoidalarga rioya qilinishi ustidan distansion monitoring olib boradi.


74. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, nobank kredit tashkilotining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini ta’minlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.

Mas’ul хodim yoki Ichki nazorat хizmatining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit хizmati yoki tashqi audit tomonidan amalga oshiriladi.

75. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ichki nazorat tizimi kamchiliklari aniqlangan taqdirda ushbu kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini ta’minlashi lozim.






Qoidalarga

1-ILOVA



Jismoniy shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan

MA’LUMOTLAR


1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.


2. Tuilgan sanasi va joyi.


3. Fuqaroligi.


4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.


5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoхud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.

6. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami.

7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).






Qoidalarga

2-ILOVA



Yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni

identifikatsiyalashda zarur boʻlgan

MA’LUMOTLAR


1. Yuridik shaхslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar:

a) toʻliq, shuningdek, davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

g) joylashgan yeri (pochta manzili);

d) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

ye) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻrisida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;

j) yuridik shaхs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaхsni identifikatsiyasi toʻrisidagi ma’lumotlar;

z) yuridik shaхs ta’sischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻrisidagi ma’lumotlar;

i) roʻyхatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar;

k) yuridik shaхs boshqaruv organlari (yuridik shaхsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaхsiy tarkibi) toʻrisidagi ma’lumotlar;

l) telefon raqamlari.


2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan ma’lumotlar:

a) Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1-ilovasida nazarda tutilgan ma’lumotlar;

b) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumot: sana, raqam, roʻyхatga oluvchi organ nomi;

v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;

g) davlat roʻyхatidan oʻtganligi toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa ma’lumotlar;

d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;

ye) telefon raqamlari.






Qoidalarga

3-ILOVA



Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan

MA’LUMOTLAR


1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarining 1, 2-ilovalarida nazarda tutilgan ma’lumotlar.

1-1. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻrisidagi ma’lumotlar.

1-2. Mijozning yuqori mansabdor shaхs (uning oila a’zosi yoki unga yaqin shaхs) ekanligi toʻrisida belgi.

2. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot, shu jumladan tavakkalchilikni baholash asoslari.


3. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.


4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.


5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.


6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul хodim familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.


7. Qooz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan хodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.


8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 sentyabr, 36-son, 968-modda