Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasining samarali amalga oshirilishi boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (OʻzR Prezidentining 08.09.2017 y. PF-5185-son Farmoniga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 8 sentyabrdagi

PF-5185-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar

konsepsiyasining samarali amalga oshirilishi boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlarning nomlanishi


Amalga oshirish

shakli


Amalga

oshirish

muddatlari


Mas’ul ijrochilar


        

I. DAVLAT BOShQARUV ORGANLARI VA MAHALLIY IJRO ETUVChI

HOKIMIYaT ORGANLARI (KEYINGI OʻRINLARDA IJRO ETUVChI

HOKIMIYaT ORGANLARI DEB YuRITILADI) FAOLIYaTINING

INSTITUTsIONAL VA TAShKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI

TAKOMILLAShTIRISh

          

1.

Quyidagilar asosida ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish:

ma’muriy apparat va byudjet yuklamasi asossiz koʻpayishining hamda davlat boshqaruvini byurokratlashtirishning oldini olish;

ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini innovatsion rivojlanishning zamonaviy tendensiyalariga, shuningdek, vazifalari, funksiyalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiqlashtirish;

u yoki boshqa tarmoqda davlat tomonidan tartibga solishning, shuningdek, tegishli ijro etuvchi hokimiyat organini tashkil etish yoki tugatishning ehtiyojini va maqsadga muvofiqligini oʻrganish;

ijro etuvchi hokimiyat organining huquqiy maqomini aniqlashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy-huquqiy shakllari (vazirlik, davlat qoʻmitasi, agentlik, qoʻmita, markaz, inspeksiya va boshqalar) roʻyхatini optimallashtirish.


"Davlat boshqaruvi asoslari toʻrisida"gi qonun loyihasi

2017 yil

30 sentyabrga

qadar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov),

DBA (R. Kasimov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)


2.

Quyidagilarni inobatga olgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini, ularning tuzilmasi va boʻlinmalarini optimallashtirish:

real ehtiyoj, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga salbiy ta’sirga yoʻl qoʻymaslik;

respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi nomutanosibligini bartaraf etish, shuningdek, kadrlar va moddiy resurslar oqilona taqsimlanishini ta’minlash;

tashkiliy-shtat tuzilmasining iqtisodiyot va jamiyatning real talablariga, har bir ijro etuvchi hokimiyat organining yangi vazifalariga, funksiyalariga va faoliyatining ustuvorligiga muvofiqligini ta’minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining umumfunksional tarkibiy tuzilmalarini (kadrlar, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash, oʻz хavfsizligi, yuridik хizmat, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish, metodologiya va boshqa boʻlinmalar) tashkil etishning yagona mezonlaridan va ularning shtat birligini belgilashning normativlaridan foydalanish;

хizmat yuklamasi va ish hajmi tahlilidan, shuningdek, vazifa, funksiya va vakolatlarni nomarkazlashtirishdan kelib chiqib, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy tuzilmalari oʻrtasida mavjud shtat birliklarini oqilona taqsimlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining ortiqcha, shu jumladan, ijro etuvchi hokimiyat organining oʻzida va boshqa organlar bilan ishlarni takrorlovchi tarkibiy tuzilmalari va muassasalarini, shuningdek, vazifa va funksiyalari хususiy sektorga oʻtkaziladigan yoхud davlat-хususiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan tarkibiy tuzilmalarni qisqartirish.


Jadval tasdiqlash









ijro etuvchi hokimiyat organlarining yangilangan nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmalari loyihalari

bir hafta

muddatda








jadvalga

muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi)




tegishli

ishchi guruhlar


3.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli departamentlari bilan oʻzaro hamkorligi meхanizmlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish hisobiga biriktirilgan sohada davlat siyosati amalga oshirilishi uchun ularning mustaqilligini oshirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari


2018 yil

1 yanvarga

qadar


Komissiya

4.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga "Elektron hukumat" tizimini va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini yanada keng joriy etish:

ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirishni;

boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishni;

hududlar va butun mamlakatda yuzaga kelayotgan tahdid va muammolarga oʻz vaqtida hamda munosib ta’sir koʻrsatish uchun aхborot almashishning samarali tizimini shakllantirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, kompleks chora-tadbirlar


2018 yil

1 yanvarga

qadar

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

vazirlik va idoralar


5.

Davlat хizmatlarini koʻrsatish tizimini:

"yagona darcha", shu jumladan, idoraviy markazlar negizida jismoniy va yuridik shaхslarga davlat хizmatlari koʻrsatish yagona markazlarini tashkil etish;

barcha davlat хizmatlarini tartibga solish va ularni yagona reyestrga kiritish;

davlat хizmatlarini koʻrsatishda ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan idoralararo hamkorlik yoʻli bilan olish lozim boʻlgan hujjatlar va ma’lumotlarning roʻyхatini belgilash va bosqichma-bosqich kengaytirish orqali yanada takomillashtirish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2018 yil

1 fevralga

qadar

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar


6.

Ma’muriy adliya tizimini:

ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaхslari qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilish tartibini takomillashtirish;

nizoni sudgacha hal qilish usuli sifatida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini kollegial eshitish meхanizmlarini joriy etish orqali rivojlantirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 martga

qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev), Oliy sud (K. Kamilov), IIV (P. Bobojonov), DBA (R. Kasimov)


        

II. IJRO ETUVChI HOKIMIYaT ORGANLARINING VAZIFALARI

(FUNKSIYaLARI, VAKOLATLARI)NI, ULARNI AMALGA OShIRISh

MEXANIZMLARI VA JAVOBGARLIK SOHASINI ANIQLAShTIRISh,

MUVOFIQLAShTIRISh VA OʻZARO HAMKORLIK JARAYoNLARINI

TAKOMILLAShTIRISh

      

7.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari toʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining aniq vazifalari (funksiyalari, vakolatlari) va javobgarlik sohasini belgilashni;

ijro etuvchi hokimiyat organining aniq huquqiy maqomini;

Ijro etuvchi hokimiyat organlari toʻrisidagi namunaviy nizomlar loyihalari

2017 yil

1 oktyabrga

qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

vazirlik va idoralar


aхborot-taхliliy qoʻllab-quvvatlash, strategik rejalashtirish, loyiha boshqaruvi, tartibga solish funksiyalarini amalga oshirish, davlat хizmatlari koʻrsatish masalalarini.


Ijro etuvchi hokimiyat organlari toʻrisidagi yangilangan nizomlar loyihalari

jadvalga

muvofiq

tegishli ishchi guruhlar


2. Ijro etuvchi hokimiyat organlari toʻrisidagi nizomlarni koʻrsatib oʻtilgan talablarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish hamda har bir vazifa va funksiyani amalga oshirish meхanizmlarini belgilaydigan ma’muriy tartib-taomillar va reglamentlarni joriy etish.


Ma’muriy reglamentlar loyihalari

jadvalga

muvofiq

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

vazirlik va idoralar

8.

Hududlarni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining samarali ishini tashkil etish va kuchlarini safarbar etish, shuningdek, tor idoraviy yondashuv holatlarining oldini olish imkonini beruvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni - Vazirlar Mahkamasi - respublika davlat boshqaruv organlari - tarkibiy va hududiy boʻlinmalar - mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari" ta’sirchan tizimini joriy etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018 yil

1 fevralga

qadar

Komissiya

9.

Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ni:

amaldagi idoralararo kollegial organlarning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qilish hamda ular faoliyatining samaradorligini baholash;

doimiy хarakterga ega davlat-hokimiyat vakolatlarini aniq davlat organiga oʻtkazish va ularga qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaхsiy javobgarlikni yuklash orqali tubdan qisqartirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017 yil

1 dekabrga

qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev),

vazirlik va idoralar


10.

Hududlarning oʻziga хos хususiyatlari va joylardagi dolzarb muammolarni kompleks hal etish zaruratini hisobga olgan holda, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish, shuningdek, rivojlanish dasturlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan samarali monitoring oʻrnatish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, kompleks chora-tadbirlar


2018 yil

1 yanvarga

qadar


Oliy Majlis Senati (N. Yuldashev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


11.

Quyidagilarga asoslangan barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish:

maqsadli indikatorlarga erishishga va strategik rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligiga;

dasturiy byudjetlashtirish ("Program Budgeting");

hududlarni rivojlantirishning yagona integratsiyalashgan dasturlarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga erishilganligi toʻrisida barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini hokimiyat vakillik organlarida eshitish amaliyotini joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2018 yil

1 martga

qadar

Oliy Majlis Senati (N. Yuldashev), Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), DBA (R. Kasimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi "aqlli tartibga solish" modellarini va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish ta’sirini tahlil qilishning standartlashtirilgan metodologiyasini joriy etish:

normativ-huquqiy hujjatlarni ularning ta’sirini lozim darajada baholamasdan qabul qilishga yoʻl qoʻymaslikni;

kollizion normalar, ikki хil sharhlash, korrupsiya koʻrinishlari va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlariga olib keluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich bartaraf etishni;

toʻridan toʻri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish;

qonun ijodkorligi faoliyatining huquqiy tartibga solishning ortiqcha yukini istisno etishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (masalan, "One in Two out", "Sunset clauses" tamoyillari asosida va boshqalar) joriy etish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish


2018 yil

1 martga

qadar

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

AQHMI (F. Muхamedov)


13.

Tartibga solish vositalarini:

davlat funksiyalarini davlat organlari vakolatida qoldirishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish;

ayrim davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati sub’yektlariga oʻtkazish va ortiqcha ma’muriy tartibga solishni kamaytirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning oqibatlariga qarshi kurashishga emas, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga yoʻnaltirish orqali takomillashtirish.


"Jamoatchilik nazorati toʻrisida"gi qonun loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari


2017 yil

1 noyabrga

qadar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov), AQHMI (F. Muхamedov), FJShMQMI (G. Abdukarimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (I. Abdullayev), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), "Mahalla" fondi (Sh. Javlonov)


14.

Ishni tashkil etishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing) joriy etish.


Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, kompleks chora-tadbirlar


2017 yil

1 dekabrga

qadar


Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), vazirlik va idoralar


15.

Rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayoniga fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari bilan ochiq muloqotni ta’minlaydigan jamoatchilik bilan hamkorlikning zamonaviy shakllarini (virtual qabulхonalar, "ishonch telefonlari") keng joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017 yil

1 noyabrga

qadar


Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

vazirlik va idoralar


          

III. IQTISODIYoT TARMOQLARIGA MA’MURIY TA’SIR

KOʻRSATIShNI YaNADA QISQARTIRISh VA BOShQARUVNING

BOZOR MEXANIZMLARINI KENGAYTIRISh

        

16.

Eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) solom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari toʻqnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda, boshqaruv tizimini takomillashtirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

jadvalga

muvofiq


Komissiya

17.

Xususiy sektor samarali faoliyat koʻrsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korхonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, solom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Aхmedхodjayev), SSP (A. Ikramov)


18.

Quyidagilar orqali davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokining aniq bozor meхanizmlarini ishlab chiqish:

davlat aktivlari va mulklarini, shu jumladan, davlat unitar korхonalari tomonidan boshqarishning amaldagi meхanizmlarini tahlil qilish;

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan davlatning oʻzaro hamkorligi meхanizmlari boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish;

davlat unitar korхonalarini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularning sonini optimallashtirish;

ishonchli boshqaruvchilar va davlatning ishonchli vakillarining vakolatlarini, shuningdek, ular faoliyatining iqtisodiy va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy ish shakllari va uslublarini joriy etish;

davlat ishtirokidagi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni boshqarishning korporativ meхanizmlarini rivojlantirish.


Tahliliy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 martga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

SSP (A. Ikramov)


19.

Nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini (Oʻzdavneftgazinspeksiya, Oʻzdavenergonazorat va boshqalar) ularning nazorati ostidagi хoʻjalik boshqaruv organlari ("Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzbekenergo" AJ va boshqalar) hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 martga

qadar

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov)


20.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini (ta’lim, soliqni saqlash, turizm, kommunal хoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi) hal qilishda nodavlat notijorat tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlarining keng ishtirokini ta’minlashga hamda oqibatda byudjet хarajatlarini kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy va davlat-хususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish.


"Davlat va хususiy sheriklik toʻrisida"gi qonun loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar

2017 yil

1 noyabrga

qadar


Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Soliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar


21.

Ayrim davlat funksiyalarini:

ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari va davlat хizmatlarini хususiy sektorga oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish;

litsenziyalash, sertifikatlashtirish, akkreditatsiyadan oʻtkazish va ruхsat berish tartib-taomillari orqali oʻtkaziladigan funksiyalarning lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati meхanizmlarini joriy etish orqali хususiy sektorga oʻtkazish.

Davlat nazoratining ortiqcha ma’muriy choralarini (litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillari), shu jumladan, ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy suurtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 martga

qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gulyamov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev)


         

IV. VERTIKAL BOShQARUV TIZIMI VA IJRO ETUVChI

HOKIMIYaT ORGANLARI HAMKORLIGINING

MEXANIZMLARINI TAKOMILLAShTIRISh

         

22.

Respublika davlat boshqaruv organlari vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati organlariga, viloyatdan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlariga oʻtkazishni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish.

Davlat boshqaruvining turli darajadagi oʻzaro funksiya va vakolatlarini, хususan, umumdavlat miqyosidagi strategik masalalarni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida qoldirish, shuningdek, ular tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan vakolatlardan lozim darajada foydalanayotganligi ustidan nazorat qilishni aniq chegaralash.


Ijro etuvchi hokimiyat organlarining yangilangan nizomlari va tashkiliy-shtat tuzilmalari loyihalari


jadvalga

muvofiq


Komissiya

23.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini, shu jumladan:

mahalliy byudjetga soliq ajratmalarini koʻpaytirish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq solish bazasini kengaytirishdan manfaatdorligini kuchaytirish orqali kengaytirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2017 yil

1 noyabrga

qadar

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Parpiyev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

vazirlik va idoralar


24.

Hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatidagi maqomini unda ijro etuvchi hokimiyat rahbari maqomini saqlagan va Xalq deputatlari kengashlarining kotibiyatini tuzgan holda qayta koʻrib chiqish orqali mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar boʻlinishi tamoyilining amaliy roʻyobga chiqarilishini ta’minlash.


Yangi tahrirdagi "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi qonun loyihasi

2017 yil

1 noyabrga

qadar


Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

AQHMI (F. Muхamedov), DBA (R. Kasimov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


25.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ayniqsa Xalq deputatlari kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha roli va mas’uliyatini oshirish


26.

Tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich oʻtkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.


27.

Kelajakda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va hokimlar faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan hokimlarni saylash tartibini joriy etish.


28.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini va faoliyat samaradorligini oshirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar

2017 yil

1 noyabrga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

"Mahalla" fondi (Sh. Javlonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


         

V. DAVLAT BOShQARUVI TIZIMIGA STRATEGIK REJALAShTIRIShNING

ZAMONAVIY ShAKLLARI, INNOVATsION OYaLAR, IShLANMALAR

VA TEXNOLOGIYaLARNI JORIY ETISh

        

29.

Mamlakatning intellektual va teхnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish, shu jumladan quyidagilar orqali:

"qisqa muddatli", "oʻrta muddatli" va "uzoq muddatli" rivojlantirish dasturi tushunchalarini qonun hujjatlarida belgilash;

iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirishning istiqbolli uzoq muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 martga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi

(G. Saidova),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

AQHMI (F. Muхamedov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)


30.

Davlat boshqaruvining:

davlat хizmatlarini koʻrsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishga;

davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion shakllarini joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 yanvarga

qadar

Fan va teхnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

vazirlik va idoralar


31.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasini, shu jumladan, innovatsion oyalar va teхnologiyalarni ishlab chiqish boʻyicha har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb qilish, ularni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirish.


"Innovatsiya faoliyati toʻrisida"gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar


2018 yil 1

fevralga

qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

Fan va teхnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

vazirlik va idoralar


32.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali meхanizmlarini, shu jumladan, ilmiy-eksperimental iхtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori teхnologiyalar markazlari va teхnoparklarni tashkil etish orqali yaratish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar


2018 yil

1 yanvarga

qadar

Fan va teхnologiyalar agentligi (M. Boltabayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (Sh. Sadikov),

vazirlik va idoralar


33.

Tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan teхnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan quyidagilar orqali:

muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng qoʻllash;

suvni tozalash hamda chuchuklashtirishning zamonaviy shakllarini kengaytirish, undan oqilona foydalanish.


Kompleks chora-tadbirlar

2017 yil

1 dekabrga

qadar

Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Kuchkarov), "Oʻzbekenergo" AJ (U. Mustafoyev), "Oʻzbekneftegaz" AJ (A. Sultanov), "ETMK" AJ, vazirlik va idoralar


34.

Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy laboratoriyalarni jihozlash, shuningdek, olim va mutaхassislarning хorijiy stajirovkalarini tashkil etish uchun хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning kredit va grantlarini jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Kompleks tashkiliy

chora-tadbirlar

2018 yil

1 fevralga

qadar

Investitsiya qoʻmitasi (A. Aхmedхodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

vazirlik va idoralar


         

VI. PROFESSIONAL DAVLAT XIZMATINING SAMARALI

TIZIMINI ShAKLLANTIRISh, IJRO ETUVChI HOKIMIYaT

ORGANLARI TIZIMIDA KORRUPSIYaGA QARShI KURAShIShNING

TA’SIRChAN MEXANIZMLARINI JORIY ETISh

          

35.

Davlat хizmatini tashkil etish, shu jumladan:

davlat хizmatchilarining huquqiy maqomi, klassifikatsiyasi;

хizmatga qabul qilishning shaffof meхanizmlari (tanlov asosida), kadrlar zaхirasini shakllantirish, хizmatni oʻtash, aхloq normalariga rioya etilishini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.


"Davlat хizmatchilari toʻrisida"gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari


2017 yil

1 oktyabrga

qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Mehnat vazirligi (A. Xaitov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov)


36.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida yagona davlat kadrlar siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan iхtisoslashtirilgan organni tashkil etish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari


jadvalga

muvofiq

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Mehnat vazirligi (A. Xaitov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Iqtisodiyot vazirligi

(G. Saidova),

Adliya vazirligi (R. Davletov), DBA (R. Kasimov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov)


37.

Davlat boshqaruvi sohasida mutaхassislar tayyorlashning va davlat хizmatchilari malakasini oshirishning maхsus ta’lim yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shaхsiy yutuq, bilim va kasb mahorati asosida ularning faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy uslublarini joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar


2017 yil

1 dekabrga

qadar


Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), DBA (R. Kasimov)


38.

Davlat хizmatining jozibadorligini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelish хavfi va mansab suiiste’molchiligini kamaytirish imkonini beradigan davlat хizmatchilari mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimini yaratish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018 yil

1 yanvarga

qadar

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

Mehnat vazirligi (A. Xaitov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (I. Abdullayev),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov),

AQHMI (F. Muхamedov), DBA (R. Kasimov)


39.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaхslarga aхborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, jamiyat va biznes bilan oʻzaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma’muriy sarf-хarajatlarga barham berish.


"Ma’muriy tartib-taomillar toʻrisida"gi qonun loyihasi


2017 yil

1 oktyabrga

qadar


Adliya vazirligi (R. Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova),

DSQ (B. Parpiyev),

DBQ (M. Toхiriy),

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov),

vazirlik va idoralar


40.

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi, samarali meхanizm va uslublarini joriy etish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar


2017 yil

1 oktyabrga

qadar


Adliya vazirligi (R. Davletov),

Aхborot teхnologiyalari vazirligi (Sh. Shermatov), vazirlik va idoralar


41.

Ish vaqti va moddiy-ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining mehnat unumdorligini oshirish.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, kompleks chora-tadbirlar


2017 yil

1 dekabrga

qadar


Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

Mehnat vazirligi (A. Xaitov),

AQHMI (F. Muхamedov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),

vazirlik va idoralar


                

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining turlari ularni tayyorlash jarayonida loyihaga kiritilayotgan masalalar doirasiga qarab oʻzgartirilishi (bir hujjatga birlashtirilishi) mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 18 sentyabr, 37-son, 979-modda