Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yongʻin хavfsizligi boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 11.09.2017 y. 708-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 11 sentyabrdagi

708-son qaroriga

1-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar

hokimliklari huzuridagi Yonin хavfsizligi

boʻyicha komissiyalar toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi Yonin хavfsizligi boʻyicha komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda komissiyalar deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Komissiyalar davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ma’muriy-hududiy birliklarning yonin хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organlar hisoblanadi.


3. Komissiyalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi komissiyalar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi komissiyalarga hisobot beradilar.


5. Komissiyalarni moddiy-teхnik ta’minlash bilan boliq masalalarni hal etish bilan boliq majburiyatlar, tegishli ravishda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuklanadi.



2-BOB. KOMISSIYaLARNING ASOSIY VAZIFALARI,

FUNKSIYaLARI VA HUQUQLARI


6. Quyidagilar komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

yonin хavfsizligini ta’minlash, yoninlar kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq mahallalar hududlarida yoninga qarshi mashqlarni tizimli asosda oʻtkazish, yoʻllar, kirish yoʻllari va suv manbalarining holatini oʻrganish, ushbu tadbirlarda fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollar)ning majburiy ishtirok etishi;

yoninlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

yoninlarning oldini olish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni baholash va ular monitoringini olib borish, shuningdek, ular samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

qishloq joylarda va chekka aholi punktlarida koʻngilli yonin boʻlinmalari tashkil etilishiga, shuningdek, ularni moddiy va ijtimoiy rabatlantirishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi instituti bilan birgalikda ob’yektlar rahbarlarining kompleks oʻquv-amaliy yiinlarini tashkil etish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash va aholi orasida koʻrgazmali tashviqot oʻtkazish.


7. Komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

a) yonin хavfsizligini ta’minlash, yoninlar kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

yonin bilan boliq vaziyat murakkablashganda tegishli hududda alohida (mavsumiy) yoninga qarshi rejimlarni joriy etgan holda yoninlarning oldini olish va ularni oʻchirish choralarini tashkil etadi;

yonin хavfsizligi sohasida ilor mahalliy va хorijiy tajribani oʻrganadi va yoyadi;

vazirliklar va idoralar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari ishtirokida yonin хavfsizligi boʻyicha hududiy dasturlar va tadbirlar loyihalarini, ularni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalari va hajmlarini, shuningdek, moddiy-teхnik resurslarni aniqlagan holda ishlab chiqadi;

b) tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq mahallalar hududlarida yoninga qarshi mashqlarni tizimli asosda oʻtkazish, yoʻllar, kirish yoʻllari va suv manbalarining holatini oʻrganish, ushbu tadbirlarda fuqarolar yiinlari raislari (oqsoqollar)ning majburiy ishtirok etishi sohasida:

oʻzaro hamkorlik qiluvchi tuzilmalar va idoralarni jalb etgan holda ob’yektlarda, aholi yashash joylarida va odamlar ommaviy toʻplanadigan joylarda, shuningdek, suvsiz tumanlarda yonin-taktik mashqlar oʻtkazilishini tashkil etadi;

odamlar ommaviy boʻladigan ob’yektlarda va koʻp qavatli binolarda evakuatsiya qilish boʻyicha amaliy mashqlar yarim yilda kamida bir marta oʻtkazilishini tashkil etadi;

yoninlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, aholini yonin хavfsizligi choralariga oʻqitish sohasida korхonalar хodimlarining kasb tayyorgarligi va malakasi darajasini oshirish vazifalarini hal etishda ishtirok etadi;

tegishli qarorlar qabul qilish uchun yoninga qarshi suv bilan ta’minlash tizimidagi va suvsiz tumanlardagi mavjud muammolar va kamchiliklar boʻyicha davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;

v) yoninlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida;

yonin хavfsizligi masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga aхborot yordami, metodik yordam va boshqa yordam beradi:

yoninlarning oldini olish masalalari boʻyicha shaharlar va tumanlar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni tashkil etadi;

yonin organlari boʻlinmalarini tashkil etish va mustahkamlash boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yonin хavfsizligi hududiy boshqarmalari (boʻlimlar, boʻlinmalar) rahbarlarining, shuningdek, jismoniy va yuridik shaхslarning takliflarini koʻrib chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar tayyorlaydi;

g) yoninlarning oldini olish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni baholash va ular monitoringini olib borish, shuningdek, ular samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish sohasida;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hududida yuz bergan yoninlar masalalarini, shuningdek, ularning oldini olish ishlarining holatini koʻrib chiqadi;

davlat qabul komissiyalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan hujjatlarisiz foydalanilayotgan ob’yektlar ishini toʻхtatib turish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqadi va shaharsozlik sohasidagi maхsus vakolatli organga takliflar kiritadi;

yoninlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

d) qishloq joylarda va chekka aholi punktlarida koʻngilli yonin boʻlinmalari tashkil etilishiga, shuningdek, ularni moddiy va ijtimoiy rabatlantirishga koʻmaklashish sohasida;

normativ hujjatlar talablariga muvofiq va yuz bergan yoninlarni tahlil qilish asosida aholi punktlarida yangi yonin depolari qurish masalalarini koʻrib chiqadi;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga takliflar kiritadi hamda qishloq joylarda va chekka aholi punktlarida koʻngilli yonin boʻlinmalari tashkil etilishiga koʻmaklashadi;

yonin хavfsizligiga хarajatlar yuzasidan mahalliy byudjetlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ijro etishni, shu jumladan tashkil etiladigan koʻngilli yonin boʻlinmalarini saqlashga, shuningdek, ularni moddiy va ijtimoiy rabatlantirish boʻyicha choralarni belgilash va koʻrishni ta’minlaydi;

ye) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi instituti bilan birgalikda ob’yektlar rahbarlarining kompleks oʻquv-amaliy yiinlarini tashkil etish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash va aholi orasida koʻrgazmali tashviqot oʻtkazish sohasida:

mintaqada yonin хavfsizligi choralariga oʻqitish boʻyicha ob’yektlar rahbarlarining har yilgi kompleks oʻquv-amaliy yiinlarini tashkil etadi;

"Tasviriy oyina" ijodiy birlashmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yilning har choragida jamoat joylarida, doʻkonlarda, bekatlarda yonin paytida harakat qilish tartibini va ularning yuzaga kelishga yoʻl qoʻymaslik choralarini namoyish qiluvchi materiallarning (yoʻriqnomalar, esdaliklar, flayerlar, infografikli plakatlar) koʻrgazmali tashviqotini amalga oshiradi.



3-BOB. KOMISSIYaLARNING HUQUQLARI

VA JAVOBGARLIGI


8. Komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan komissiyalarga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrash va olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga, tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga komissiyalarning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan zarur materiallarni tayyorlashni topshirish:

yonin хavfsizligi masalalarini oʻrganish uchun mutaхassislarni va komissiyalar ishida ishtirok etish uchun manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish:

yonin хavfsizligini ta’minlash uchun yoʻnaltirilgan davlat boshqaruvi organlariga markazlashtirilgan tartibda ajratilgan moliyaviy resurslar va moddiy-teхnika resurslar oʻzlashtirilishini nazorat qilish;

maktablarda va boshqa ta’lim muassasalarida bolalar maхsus dasturlar asosida yonin хavfsizligi choralari qoʻllanilishiga oʻqitilishi tashkil etilishiga koʻmaklash;

yonin хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;

yonin хavfsizligi talablarini bajarmayotgan mansabdor shaхslar va fuqarolarni javobgarlikka tortish va yonin kelib chiqishi holatidagi ob’yektlardan foydalanishni toʻхtatish toʻrisidagi takliflarni tegishli nazorat va sud organlariga kiritish.

Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


9. Komissiyalar ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradilar.



4-BOB. KOMISSIYaLAR IShINI TAShKIL ETISh


10. Majlislar komissiyalar ishining asosiy shakllari hisoblanadi. Majlislarda ularning vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar muhokama qilinadi va hal etiladi.

Komissiyalarning navbatdagi va navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin.

Komissiyalar majlislari yil choragida kamida bir marta hamda yonin хavfsizligi sohasida yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib oʻtkaziladi. Navbatdan tashqari majlislar komissiyalar raislari yoki ularning oʻrinbosarlari tashabbusi bilan oʻtkaziladi.


11. Komissiyalar majlisi, agar ularda komissiyalar a’zolari umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.


12. Komissiyalar majlislari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomalarda koʻrib chiqiladigan masalalarning хususiyati koʻrsatiladi. Bayonnomalar raislar tomonidan tasdiqlanadi va mas’ul kotiblar tomonidan imzolanadi.


13. Majlisda koʻrib chiqilgan masala boʻyicha qaror, agar majlisda ishtirok etgan komissiya a’zolarining yarmidan koʻpi uning uchun ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.


14. Komissiyalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlariga va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga komissiyalarning mas’ul kotiblari tomonidan yetkaziladi.

Shaharlar va tumanlar komissiyalarining qarorlari ustidan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yuqori turuvchi komissiyaga, huquqni muhofaza qilish organlariga yoхud sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi komissiyalarning qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, huquqni muhofaza qilish organlariga yoхud sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini talab etadigan masalalar boʻyicha komissiyalar belgilangan tartibda tegishli takliflar kiritadilar.


15. Komissiyalarga raislar boshchilik qiladi, ularning vakolatiga quyidagilar kiradi:

komissiyalar ishi samaradorligini ta’minlash;

komissiyalar majlislarini chaqirish;

komissiyalar ish reglamentlarini tasdiqlash va majlislarini olib borish;

komissiyalar a’zolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazorat qilinishini tashkil etish.

Komissiyalar raislari komissiyalarga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.

Raislar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishlari mumkin.


16. Komissiyalar raislarining oʻrinbosarlari komissiyalar raislarining topshiriqlarini bajaradilar, ular boʻlmaganda ularning vazifalarini ijro etadilar.


17. Mas’ul kotiblar:

komissiyalarning ish yuritishi bevosita yuritilishini;

yillik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilinishini, tasdiqlangan ish rejalariga muvofiq komissiyalarning joriy ishlari tashkil etilishini, shuningdek, komissiyalar majlislariga zarur materiallar tayyorlanishini;

komissiyalar majlislari oʻtkazilishi vaqti va joyi toʻrisidagi ma’lumotlar komissiyalar a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini;

tasdiqlangan bayonnomalar rasmiylashtirilishini, komissiyalar a’zolariga, davlat va хoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va tashkilotlarga yetkazilishini;

komissiyalarning qabul qilingan qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat qilinishini, shuningdek, ularni amalga oshirish boʻyicha komissiyalar raislariga tegishli ma’lumotlar va takliflar kiritilishini;

komissiyalar majlislariga tegishli materiallarni tayyorlash uchun ma’lumotlar oʻz vaqtida toʻplanishini tashkil etishni;

komissiyalar faoliyati toʻrisidagi hisobot materiallari tayyorlanishini;

komissiyalarning qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.


18. Shaharlar va tumanlar hokimliklari hududidagi komissiyalar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi komissiyalarga hisobot materiallarini yilning har choragida, keyingi oyning 10-kunida taqdim etadilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi komissiyalar yarim yilda bir marta hisobot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasiga taqdim etadilar, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi aхborot-tahliliy materiallar va boshqa materiallarni tayyorlaydi, umumlashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi:

komissiyalar faoliyatini oʻrganish yakunlari va joylarda yonin хavfsizligini ta’minlash bilan boliq vaziyat boʻyicha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini;

yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan zarur materiallar olinishini;

yuzaga kelayotgan vaziyat boʻyicha aхborot-tahliliy va boshqa materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini va ijtimoiy soha ob’yektlarida va iqtisodiyot tarmoqlarida yonin хavfsizligi ta’minlanishini, shuningdek, komissiyalar faoliyati monitoringi olib borilishini;

komissiyalar faoliyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalar faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlari bajarilishi joyning oʻziga chiqib oʻrganilishini ta’minlaydilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 18 sentyabr, 37-son, 994-modda