Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 y. PF-5191-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

14.09.2017 y.

N PF-5191



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh

TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish

va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

toʻrisida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmoni)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                         Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 14 sentyabrdagi

PF-5191-sonli Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻrisida" 1997 yil 22 iyuldagi PF-1822-son Farmonining 1-ilovasida:


2-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3 - 5-bandlardagi "Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2005 yil 8 noyabrdagi PF-3678-son Farmonida:


a) 4-bandda:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yoshlar" teleradiokanali" aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 50 foizi davlat ulushi, qolgan 50 foizi esa Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ulushi hisoblanadi";

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 5-bandning oʻn sakkizinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2007 yil 18 maydagi PF-3878-son Farmoni 1-bandidagi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni ilovasining 35-bandi "Mas’ul bajaruvchilar" ustunidagi "Kamolot" YoIH" soʻzlari "Yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻrisida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmonida:


a) 3-ilovaning qirqinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi";


b) 4-ilovaning yigirma yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi";


v) 6-ilovaning yigirma beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmonining 2-ilovasi 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida" 2005 yil 27 dekabrdagi PQ-245-son qarorining 3-bandida:


a) ikkinchi - yettinchi хatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining ustav jamarmasi quyidagi tartibda taqsimlansin:

davlat ulushi - 50%;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi ulushi - 50%".


b) sakkizinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan boliq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 28 martdagi PQ-608-son qarorining 3-bandidagi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Bolalar sporti ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2010 yil 5 maydagi PQ-1332-son qarorining 3-bandi ikkinchi хatboshidagi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PQ-2705-son qarorida:


a) 10-bandning uchinchi хatboshidagi "Kamolot" YoIH" soʻzlari "Yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 11-banddagi "Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 8 fevraldagi PQ-2761-son qarorining rus tili matnidagi 2-ilovasi 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Kuranbayev K.K. - predsedatel Sentralnogo Soveta Soyuza molodeji Uzbekistana".


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2829-son qarorining 3-ilovasi 4-bandi "Mas’ul ijrochi" ustunidagi "Kamolot" YoIH" soʻzlari "Yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarorida:


a) 4-ilovaning 16-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi";


b) 6-ilovaning 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi".


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 12 apreldagi PQ-2883-son qarorining 1-ilovasi 7-bandi "i" kichik bandi uchinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati" soʻzlari "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 apreldagi PQ-2896-son qarori 1-ilovasining 16-bandida:

quyidagi mazmundagi birinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar";

birinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori rus tili matnidagi 1-ilovasining 38 - 40-bandlari "Otvetstvenniye ispolniteli" ustunidagi "ODM "Kamolot" soʻzlari "Soyuz molodeji" soʻzlari bilan almashtirilsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916-son qarorining rus tili matnidagi 4-ilovasi 22 - 27-bandlari "Otvetstvenniye ispolniteli" ustunidagi "ODM "Kamolot" soʻzlari "Soyuz molodeji" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarorining rus tili matnidagi 7-ilovasi 54 - 58-bandlari "Otvetstvenniye ispolniteli" ustunidagi "ODM "Kamolot" soʻzlari "Soyuz molodeji" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarorida:


a) 1-ilovaning 4, 6, 49 - 58, 65, 68, 78-bandlari "Ijro uchun mas’ullar" ustunidagi "Kamolot" YoIH" soʻzlari "Yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kuranbayev K.K. - Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi".

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 20 iyundagi F-4969-son farmoyishida:


a) 1-ilovaning 5, 22, 23, 28 - 30, 34-bandlari "Bajarish uchun mas’ullar" ustunidagi "Kamolot" YoIH" soʻzlari "Yoshlar ittifoqi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning yigirma sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kuranbayev K.K. - Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 18 sentyabr, 37-son, 982-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi",

2017 yil, 9-son, 554-modda