Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.09.2017 y. 729-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.09.2017 y.

N 729



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA

KOʻMAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI HUZURIDAGI DAVLAT AKTIVLARINI

BOShQARISh MARKAZI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari sohasidagi munosabatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 6-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"8. Markaz хodimlariga toʻlov manbalaridan qat’i nazar, Davlat raqobat qoʻmitasi хodimlari uchun qonun hujjatlarida va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari shartlari tatbiq etiladi.

Bunda Markaz хodimlari yil yakunlari boʻyicha faoliyati uchun olti lavozim maoshi miqdorigacha mukofot bilan rabatlantiriladi, uning aniq miqdori Davlat mulki qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda har bir хodimning ish samaradorligiga qarab Markaz rahbarining qarori bilan belgilanadi.".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.