Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2017 y. 731-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.09.2017 y.

N 731



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK

BA’ZILARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish

va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish

toʻrisida" 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻrisida" 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 16 sentyabrdagi

731-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

2. Vazirlar Mahkamasining "Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 19 iyundagi 175-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 25-son, 273-modda):


a) 2-ilovaning 10-bandidagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi hududiy boʻlim rahbari" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy boʻlimi rahbari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 3-ilovada:


10 va 22-bandlardagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi, Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


19, 20, 21 va 23-bandlardagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 10-son, 71-modda) 4-ilovaning 6-bandidagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlarining namunaviy nizomlarini va tarkiblarini tasdiqlash toʻrisida" 2013 yil 14 dekabrdagi 329-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT toʻplami, 2013 y., 12-son, 93-modda):


a) 1-ilovaning 34-bandidagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari raislari" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning 23-bandidagi "Ma’naviyat taribot markazi tuman (shahar) boʻlimi rahbari" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining "Davriy bosma nashrlarning majburiy nusхalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2014 yil 31 yanvardagi 21-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014 y., 6-son, 66-modda) ilovada:


a) 13-banddagi "Muassasa va tashkilotlar nomi" ustunidagi "Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash toʻrisida" 2014 yil 23 dekabrdagi 359-son qarorining 8-bandidagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi aholisining solom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻrisida" 2015 yil 25 apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 17-son, 206-modda) 1-ilovada:


a) yigirma uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) yigirma toʻrtinchi - oʻttizinchi хatboshilari tegishli ravishda yigirma uchinchi - yigirma toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) yigirma uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"A. Qodirov - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari".


10. Vazirlar Mahkamasining "Ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2016 yil 12 avgustdagi 263-son qaroriga ilovada:


a) 3, 15 va 16-bandlarning "Mas’ullar" ustunidagi "Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 14 va 17-bandlarning "Mas’ullar" ustunidagi "Respublika Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 14 apreldagi 211-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 16-son, 275-modda) 12-bandidagi "Milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma’naviyat taribot markazi" soʻzlari "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Vazirlar Mahkamasining "Namangan viloyati Toʻraqoʻron tumanida atoqli ma’rifatparvar Ishoqхon Ibrat nomidagi yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 13 apreldagi 208-son qaroriga ilovada:


a) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. A. Qodirov - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari";


b) 14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 16 sentyabrdagi

731-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1994 yil 8 iyundagi 288-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy oya tariboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻrisida" 2006 yil 25 avgustdagi PQ-451-son qarori)" 2006 yil 7 noyabrdagi 230-son qaroriga ilovaning 1-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.