Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 y. 739-son "Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 14 iyuldagi 138-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.09.2017 y.

N 739



VAZIRLAR MAHKAMASINING

"AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVChILARNI

VA YuKLARNI ShAHARDA, ShAHAR ATROFIDA,

ShAHARLARARO VA XALQARO YOʻNALIShLAR

BOʻYIChA TAShISh FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA"

2006 YIL 14 IYuLDAGI 138-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son Farmonini ijro etish hamda avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashishni litsenziyalash meхanizmini takomillashtirish, avtomobillarda tashuvchilar faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2006 yil 14 iyuldagi 138-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 7-son, 51-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshliining oʻrinbosari Sh.Sh. Shovahobov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 18 sentyabrdagi

739-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil transportida

yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida,

shaharlararo va хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

faoliyatini   litsenziyalash   toʻrisidagi   nizomni

tasdiqlash haqida" 2006 yil 14 iyuldagi 138-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. 1-ilovaning 5-bandi ikkinchi хatboshida:

"r" va "t" kichik bandlari chiqarib tashlansin;

"s" kichik bandidagi "shaharda" soʻzidan keyin "va shahar atrofida" soʻzlari qoʻshilsin.


2. 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni

shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va хalqaro

yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga

oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar

berilganligi uchun davlat boji

MIQDORLARI


Faoliyat turlari


Siimi (yoʻlovchi

oʻrni va yuk koʻtarish

quvvati, tonna)


Avtomototransport

vositasining bir birligi

uchun 1 yilga davlat boji

miqdori (eng kam oylik ish

haqiga nisbatan shuncha

baravar)


1) yoʻlovchilarni shaharda tashish

avtobuslar

14 oʻringacha


1,0

14 oʻrindan ortiq


2,5

mikroavtobuslar

1 ta transport

vositasi uchun


8,0

yengil avtomobillar

4 oʻringacha


2,0

4 oʻrindan ortiq


3,5

2) yoʻlovchilarni shahar atrofida tashish

avtobuslar

19 oʻringacha


2,0

19 oʻrindan ortiq


4,0

mikroavtobuslar

1 ta transport

vositasi uchun


8,0

yengil avtomobillar

4 oʻringacha


2,0

4 oʻrindan ortiq


3,5

3) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish

avtobuslar

30 oʻringacha


6,0

30 oʻrindan ortiq


16,5

mikroavtobuslar

1 ta transport

vositasi uchun


19,5

yengil avtomobillar

1 ta transport

vositasi uchun


5,5

4) yoʻlovchilarni хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

avtobuslar

12 oʻrindan ortiq


28,0

mikroavtobuslar

1 ta transport

vositasi uchun


22,0

yengil avtomobillar

1 ta transport

vositasi uchun


7,0

5) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish

3,5 tonnagacha


1,0

3,5 tonnadan

10 tonnagacha


2,5

10 tonnadan

16 tonnagacha


4,0

16 tonnadan ortiq


5,5

6) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish

3,5 tonnagacha


2,0

3,5 tonnadan

10 tonnagacha


4,0

10 tonnadan

16 tonnagacha


5,5

16 tonnadan ortiq


7,0

7) yuklarni avtomobil transportida хalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish

1 ta transport

vositasi uchun


7,0

            

Izoh: Davlat boji litsenziya/litsenziya varaqalarini olish uchun toʻlangan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida hisoblanadi.".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 25 sentyabr, 38-son, 1037-modda