Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017 y. 753-son "Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.09.2017 y.

N 753



MAMLAKAT IJTIMOIY HAYoTIDA FAOL

IShTIROK ETAYoTGAN YoSh OILALARNI UY-JOY

BILAN TA’MINLAShDA QOʻLLAB-QUVVATLAShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Yosh oilalar uchun uy-joylar qurish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son hamda "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablalar hisobidan amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining 2018-2020 yillarda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylar qurish parametrlarini ilovaga* muvofiq tasdiqlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Qayd etilsinki, dasturlar doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari (keyingi oʻrinlarda ipoteka krediti deb ataladi) berishning quyidagi shartlari belgilangan:

a) 2018-2019 yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida:

shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun - 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 20 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal kvartira qiymatining 25 foizini tashkil etadi;

qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun - 3 yillik imtiyozli davr va dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7 foiz miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida 15 yil muddatga beriladi, bunda dastlabki badal quyidagicha miqdorni tashkil etadi:

ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar va 2, 3 хonali bir qavatli uylar uchun - 10 foiz;

ikki qavatli 4 хonali birlashtirilgan uylar uchun - 25 foiz;

b) 2020 yil va keyingi yillarga moʻljallangan davlat dasturlari doirasida shaharlarda va qishloq joylarda bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi, bunda kvartiraning dastlabki badali:

shaharlarda - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350-son qarori bilan tasdiqlangan kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq;

qishloq joylarda - sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

4. Belgilab qoʻyilsinki, 2020 yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badallar va foiz toʻlovlari "Yoshlar" uylari boʻyicha Respublika komissiyasining tavsiyanomasiga asosan ipoteka kreditining butun davri davomida yosh oilalarning oʻz mablalari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa daхldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, mamlakat hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna koʻrsatayotgan yosh oilalar uchun uy-joylarni taqsimlashning hamda ularga ipoteka kreditlari boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar berishning shaffofligini ta’minlaydigan elektron tizimni 2018 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan muddatda ishlab chiqsin va joriy qilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 2 oktyabr, 39-son, 1045-modda