Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.07.2001 y. 318-son "Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.07.2001 y.

N 318



OLIY OʻQUV YuRTLARIDA

TOʻLOV-KONTRAKT ASOSIDA OʻQISh

UChUN TA’LIM KREDITLARI

BERISh TOʻRISIDA


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yoshlarning ta’lim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, oliy ma’lumot olayotgan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklarining respublika oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga toʻlash uchun tijorat banklari tomonidan ta’lim kreditlari berishni 2001/2002 oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, ta’lim kreditlari toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun Oliy oʻquv yurtlariga qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.


2. Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari berish toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va oliy ta’lim muassasalarining:

chin yetimlar, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlari uchun - foizsiz ta’lim kreditlari berish;

kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar uchun - kredit uchun qoʻshilgan foizlar summasining 50 foizini Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalaridan toʻlagan holda imtiyozli kreditlar berish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin. 


4. Tijorat banklariga kompensatsiya qilish meхanizmini qoʻllagan holda, imtiyozli davr bilan, kreditning asosiy summasi oʻquv yurtini bitirgandan keyin qaytariladigan kreditlar berish tavsiya etilsin.

5. "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Milliy aхborot agentligi  ommaviy aхborot vositalarida ta’lim kreditlari, shu jumladan imtiyozli shartlardagi ta’lim kreditlari olish imkoniyatlari va ularning ijtimoiy ahamiyati keng yoritilishini ta’minlasinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmalariga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2001 y., N 7, 43-modda.