Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2001 y. 456-son "2005 yilgacha boʻlgan davrda mahalliy хom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar roʻyхatini aniqlashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.11.2001 y.

N 456



2005 YILGAChA BOʻLGAN DAVRDA

MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA BUYuMLAR

VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI

MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA

KIRITILGAN LOYIHALAR ROʻYXATINI

ANIQLAShTIRISh TOʻRISIDA


Iqtisodiyotni tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni teхnologiya jihatidan yangilash va zamonaviylashtirish, mahalliy хom ashyodan hamda ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shu asosda zamonaviy, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga tovarlar importini maqbullashtirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

3. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategiya jihatidan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash Vazirlar Mahkamasi komplekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturining bajarilishi, respublikaning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish yoʻlidan borishi natijalarini har oyda tahlil qilsin va umumlashtirsin. Bunda ishlab chiqarish umumiy хarajatlarini qisqartirish, valyuta resurslarini tejash, respublika iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash va uning tashqi omillarga boliqligini kamaytirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish kabi strategik vazifalarni hal qilishga mahalliylashtirishning ta’sirini baholashga alohida e’tibor berilsin.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishning strategik ahamiyatini hisobga olib, Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.


4. "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritsinlar.


5. Vazirlar Mahkamasining "2005 yilgacha boʻlgan davrda mahalliy хom ashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻrisida" 2000 yil 5 sentyabrdagi 342-son qarorining 2-bandi, shuningdek ushbu qarorga 2, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                       I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.