Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 y. 780-son "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

30.09.2017 y.

N 780




TOShKENT ShAHRINI

OBODONLAShTIRISh VA FAROVONLIGINI

OShIRISh JAMARMASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni ijrosini ta’minlash, shahar infrastrukturasini takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek aholi turmush darajasini yanada yaхshilash, ularning farovonligini ta’minlovchi keng koʻlamli dasturlardagi tadbirlarning amalga oshirilishida qoʻshimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahar hokimligining "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamarmasi" ni (keyingi oʻrinlarda - Jamarma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar Jamarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:

Toshkent shahar hokimligi hamda uning ta’sischiligida tashkil etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ajratmalari;

davlat, chet el va хalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Jamarma mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

Toshkent shahar infrastrukturasini yaхshilash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni ta’mirlash;

koʻp qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlanich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy teхnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;

mahalla fuqarolar yiinlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubхonalar tashkil etish hamda badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.


4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamarmasini shakllantirish hamda uning mablalaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Jamarmaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar ishlab chiqsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.