Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.09.2017 y. 26/11-son "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.10.2017 y. 2093-8-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.10.2017 y.

N 2093-8




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.09.2017 y.

N 26/11


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi, "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi 3/5-son qarori (roʻyхat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                            M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3. 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdori 2,0 mlrd. soʻm etib belgilansin.".


2. 4-band quyidagi mazmunda bayon etilsin:

"4. Faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlari 2019 yilning 1 yanvariga qadar oʻz ustav fondlarini mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan miqdorga yetkazishlari lozim.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 11 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 16 oktyabr, 41-son, 1073-modda