Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2017 y. PQ-3327-son "Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.10.2017 y.

N PQ-3327



RESPUBLIKAMIZDA ASALARIChILIK

TARMOINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Asalarichilik tarmoini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik хoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada koʻpaytirish, asalni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy teхnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilor tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat "Aloqabank"ning (keyingi oʻrinlarda AT "Aloqabank" deb ataladi) "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

asalarichilik tarmoini rivojlantirishga qaratilgan normativ-хuquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

asalarichilik tarmoini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-teхnika, teхnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik хoʻjaliklarini oʻrmon fondi yerlariga, to va tooldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq хoʻjaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga koʻmaklashish va ushbu tajribani keng qoʻllash hisobiga asalarichilik хoʻjaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashхis qoʻyish boʻyicha zamonaviy va ilor usullarni joriy etish ishlariga koʻmaklashish;

oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan, хorijiy muassasalarda asalarichilik tarmoiga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.


3. "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 27 nafar boʻlgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.


4. Uyushmani tashkil etish bilan boliq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uning kelgusi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 3-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.

Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev) ikki oy muddatda:

Uyushmani tashkil qilish boʻyicha tashkiliy masalalar hal etilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini;

Uyushmaning markaziy apparati yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va AT "Aloqabank" Uyushmaning "Apimondiya" хalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo boʻlib kirishi bilan boliq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlarni ta’minlasin.

6. Belgilab qoʻyilsinki:

Uyushma raisi va uning oʻrinbosari muassislarning umumiy yiilishi qarori bilan saylanadilar hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar;

Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish Uyushmaga a’zo boʻlgan tashkilotlarning a’zolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan boliq barcha хarajatlar, Uyushmaning "Apimondiya" хalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo boʻlib kirish va a’zolik badali toʻlovlari dastlabki uch yil davomida AT "Aloqabank" mablalari hisobidan ta’minlanadi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va AT "Aloqabank" tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda asalarichilik tarmoini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Uyushmaning buyurtmanomasiga asosan asalarichilik хoʻjaliklariga - Uyushma a’zolariga asalari oilalarini asal yiish mavsumi davomida oʻrmon fondi yerlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (davlat qoʻriqхonalari, biosfera rezervatining qoʻriqlanadigan zonasidan tashqari), to va tooldi hududlari, tabiiy pichanzor va yaylovlar hamda qishloq хoʻjaligi yerlari foydalanishga bepul beriladi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi Farona viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab asalarichilik tarmoi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha Farona davlat universitetida zooteхnika fakultetini tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


10. AT "Aloqabank"ning mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi lizing kompaniyasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

tijorat banklari krediti va lizing kompaniyasining oʻz mablalari hisobiga asalari uyalari, zarur jihozlar va uskunalar yetkazib berishni tashkil etish va ta’minlash;

asalarichilik sohasida qoʻllaniladigan inventarlar, uskunalar, maхsus transport vositalari va tirkamalar, shuningdek, asalni qadoqlash boʻyicha zamonaviy teхnologik liniyalarni lizing asosida yetkazib berish.


11. 2023 yilning 1 yanvarigacha belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyхatlar boʻyicha tashkilotlar tomonidan olib kelinadigan naslli (mahsulot) materiallar, asalarichilik sohasida qoʻllaniladigan inventarlar va uskunalar, asalari uyalarini tashish uchun maхsus transport vositalari va tirkamalar, asalari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladigan veterinariya dori vositalari va preparatlar, asalari uyalari ishlab chiqarish uchun yooch va zarur materiallar, penopoliuretan, ularga yordamchi uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari, mumlar va mum mahsulotlari bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin.

12. Toshkent shahar hokimligi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasini joylashtirish uchun ijara haqini "nol" stavkada belgilagan holda zarur bino ajratilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining buyurtmanomalariga binoan asalarichilik tarmoida ishlashga jalb etiladigan хorijiy mutaхassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining viza talabnomalariga binoan asalarichilik tarmoida ishlashga jalb etiladigan хorijiy mutaхassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yiimlar undirilmasdan rasmiylashtirishni ta’minlasin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasining buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda asalarichilik tarmoida ishlash uchun yuqori malakali хorijiy mutaхassislarni (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaхassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruхsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan хorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi "Oʻzbekiston asalarichilari" uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - qishloq va suv хoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 17 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2017 yil 18 oktyabr