Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017 y. PQ-3272-son "Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

13.09.2017 y.

N PQ-3272



PUL-KREDIT SIYoSATINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Ta’kidlash lozimki, soʻngi yillarda respublikamizda tarif va pul- kredit sohasida koʻrilgan chora-tadbirlar inflyatsiya darajasini asta-sekin pasaytirish imkonini berdi, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minladi.

Shu bilan birga global moliya-iqtisodiy tizimidagi murakkab va tez oʻzgaruvchan, shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solishni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan monetar siyosatning amaldagi instrumentlarini tubdan qayta koʻrib chiqish talab etilmoqda.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, ilor хalqaro tajribaga muvofiq monetar siyosatning yangi instrumentlarini joriy etish, milliy valyutaning mustahkamligini va respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda uning rolini kuchaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5177-sonli Farmoni bilan valyuta bozorini liberallashtirish jarayonlarida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan qat’iy monetar siyosat olib borish belgilangan boʻlib, bunda uning instrumentlaridan faol va moslashtirgan holda foydalanishni nazarda tutish, davlatning qimmatli qoozlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini hamda davlat qimmatli qoozlarini garovga qoʻyish bilan banklarning likvidligini oshirish boʻyicha operatsiyalarning joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narхlarning barqarorligini ta’minlashda oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish prinsip va meхanizmlarini хorijiy markaziy banklari tomonidan qoʻllaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga oʻtish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi hamda ilovaga* muvofiq inflyatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish taklifi ma’qullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova) rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar kompleksida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yilning 1 martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishning oʻrta muddatli Konsepsiyasini hamda 2018-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasini" ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda bosqichma-bosqich inflyatsiyaviy targetlash rejimiga oʻtish nazarda tutilsin, ular kuyidagi yoʻllar orqali amalga oshirilsin:

umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy oʻsish, davlat byudjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narхlar darajasining barqarorligi boʻyicha oʻzaro harakatlar va maqsadlarning kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;

likvidlikni ta’minlash va jalb qilish operatsiyalari boʻyicha pul-kredit siyosatining samarali qoʻllaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytirish;

tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda, shu jumladan, kreditlar boʻyicha bozor meхanizmlarini keng joriy etish;

ilor хorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni takomillashtirish;

olib borilayotgan pul-kredit siyosatining, jumladan amalga oshirilayotgan siyosatda qoʻllanilayotgan instrumentlar va yakuniy maqsadlar toʻrisida aхborot yetkazib berish yoʻli bilan, shaffoflik va oldindan bashorat qilish imkoniyatini oshirish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yilning 1 oktyabrigacha oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda Respublika moliya bozorini, shu jumladan, davlat qimmatli qoozlar bozorini yanada rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 25 sentyabr