Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 y. 780-son "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
30.09.2017 y.
N 780
TOShKENT ShAHRINI
OBODONLAShTIRISh VA FAROVONLIGINI
OShIRISh JAMGʻARMASINI TAShKIL
ETISh TOʻGʻRISIDA
Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlarni ijrosini ta’minlash, shahar infrastrukturasini takomillashtirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, shuningdek aholi turmush darajasini yanada yaхshilash, ularning farovonligini ta’minlovchi keng koʻlamli dasturlardagi tadbirlarning amalga oshirilishida qoʻshimcha moliyaviy manbalardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Toshkent shahar hokimligining "Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi" ni (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib hisoblansin:
Toshkent shahar hokimligi hamda uning ta’sischiligida tashkil etilgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ajratmalari;
davlat, chet el va хalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
хalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Toshkent shahar infrastrukturasini yaхshilash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, mahalliy ichki yoʻllarni ta’mirlash;
koʻp qavatli turar joylarni umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;
kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olinishida boshlangʻich badalni qisman yoki toʻliq qoplab berish hamda maishiy teхnika vositalariga boʻlgan birlamchi ehtiyojni qondirish;
mahalla fuqarolar yigʻinlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, mahallalar hududida kutubхonalar tashkil etish hamda badiiy va boshqa adabiyotlar bilan boyitish.
4. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Jamgʻarmaning moliyaviy manbalarini kengaytirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar ishlab chiqsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.