Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 17.10.2017 y. 340-mh-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirliginin sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 17.10.2017 y. 2202-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

17.10.2017 y.

N 2202-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

17.10.2017 y.

N 340-mh


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirliginin sud

ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini

oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartirishlar kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yil 2 martdagi 53-mh-sonli buyrui (roʻyхat raqami 2202, 2011 yil 2 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 9-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


3. Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Huquqiy taribot va aхborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi, "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ichki hujjatlarini mazkur buyruqqa muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari N. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                   R. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud

ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishlari (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori, sud ajrimi asosida oʻtkaziladi.".


2. 14-bandning birinchi хatboshisidagi "хoʻjalik" degan soʻz "iqtisodiy" degan soʻz bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 18 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 23 oktyabr, 42-son, 1091-modda