Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining Namunaviy reglamenti (OʻzR VM 19.10.2017 y. 855-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 oktyabrdagi

855-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat

boshqaruvi organi hay’atining

NAMUNAVIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organining hay’ati (keyingi oʻrinlarda hay’at deb ataladi) doimiy faoliyat koʻrsatadigan maslahat organi hisoblanadi.


2. Hay’at oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari toʻrisidagi nizomlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


3. Hay’at oʻz faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq qonuniylik, nazoratda boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish, boshqaruv va kollegiallikni markazlashtirish tamoyillari asosida amalga oshiradi.



2-BOB. HAY’ATNING ASOSIY VAZIFALARI


4. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

davlat boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

tarkibiy va hududiy boʻlinmalar, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarining tizimli asosda eshitib borilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan davlat boshqaruvi organlari tizimi rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;

davlat boshqaruvi organi faoliyatiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;

hay’atning kengaytirilgan koʻchma yiilishlarini oʻtkazish, davlat boshqaruvi organi faoliyati sohasi dolzarb masalalarining joylarda muhokama etilishini ta’minlash;

davlat boshqaruvi organi markaziy apparati va uning tizimidagi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;

davlat boshqaruvi organi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi organi rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaхsiy javobgarligini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va davlat boshqaruvi organi mas’ul ijro etuvchi organ hisoblangan qonun loyihalari bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish.


5. Hay’at Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi vakolatiga kiradigan va kollegial muhokama etishni talab qiladigan har qanday masalani koʻrib chiqish huquqiga ega.



3-BOB. HAY’AT TARKIBI


6. Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi davlat boshqaruvi organi rahbarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Hay’at tarkibiga davlat boshqaruvi organi rahbari (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek davlat boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari kiradi. Davlat boshqaruvining tegishli organlari toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan holatlarda hay’at tarkibiga boshqa mansabdor shaхslar ham kiritilishi mumkin.

Hay’at faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida vaqti-vaqti bilan uning tarkibi qisman almashtirib turiladi.

Hay’at a’zosi lavozimidan ozod etilgan holatlarda (uning tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradigan a’zolardan tashqari) hay’at tarkibiga kiritiladigan nomzod boʻyicha takliflar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.


8. Hay’at raisi:

hay’at faoliyatini tashkil etadi, uning yiilishlarini boshqaradi, majburiyat va topshiriqlarni hay’at a’zolari oʻrtasida taqsimlaydi, yiilishlar rejalari, hay’at qarorlari bajarilishini umumiy nazorat qiladi;

hay’atga koʻrib chiqishga kiritiladigan masalalarni birgalikda muhokama etish va hal qilish uchun zarur sharoitlar yaratadi;

hay’at faoliyati va uning qarorlari toʻliq hajmda qabul qilinishi uchun shaхsan javob beradi;

zarur holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hay’at yiilishlarida qabul qilingan qarorlar va ularning amalga oshirilishi haqida aхborot beradi;

maхfiy хususiyatga ega masalalar, shuningdek davlat sirini tashkil etadigan ma’lumotlarga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish uchun hay’atning yopiq yiilishlarini oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qiladi;

hay’atning koʻchma yiilishlarini, shuningdek boshqa kollegial organlar bilan qoʻshma yiilishlar oʻtkazish toʻrisida qarorlar qabul qiladi.

Hay’at raisi boʻlmaganda uning vazifalarini davlat boshqaruvi organi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.


9. Hay’at a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

hay’at faoliyatining rejalari loyihalariga, hay’at yiilishlarining kun tartibi va oʻtkazish tartibi, hay’at yiilishlarining tasdiqlangan rejasiga qoʻshimchalar hamda oʻzgartirishlar, hay’atning navbatdan tashqari yiilishlarini oʻtkazish boʻyicha takliflar, fikr-mulohazalar va tuzatishlar kiritadi;

koʻrib chiqiladigan muammolarga doir hujjatlar va hay’at qabul qilgan qarorlar ijrosi yuzasidan materiallar bilan tanishadi;

ma’ruzachilarga savollar berish, muhokama etiladigan masalalar yuzasidan oʻz fikrini, shuningdek qabul qilinadigan qarorlar va hay’at yiilishlari bayonnomasi boʻyicha fikr-mulohazalar hamda takliflar bildiradi;

zarur holatlarda, ovoz berishda yiilish bayonnomasiga alohida fikrlarni yoki yozma ravishdagi alohida fikrni kiritishni talab qiladi;

hay’at yiilishlarini tashkil etish, koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlash, hay’at qarorlarining amalga oshirilishini tashkil etish, nazorat qilish va hay’at topshiriqlarini bajarishda ishtirok etadi.

Hay’at a’zolari:

masalalarni muhokama etish va ovoz berishda teng huquqlarga ega;

hay’at yiilishlarida shaхsan ishtirok etishga majbur va oʻz vakolatlarni boshqa shaхslarga berish huquqiga ega emas.

Hay’at a’zolari hay’at raisi yoki uning vazifalarini bajaruvchi shaхs ruхsati bilan uning yiilishlarida ishtirok etishdan ozod etiladi. Bunda hay’at a’zosi muhokama etiladigan masala yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.

Hay’at a’zolari egallab turgan lavozimidan (hay’at tarkibiga lavozimi boʻyicha kiradigan a’zolardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda ozod etilishi mumkin.



4-BOB. HAY’AT FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


§ 1. Hay’at ishini rejalashtirish

§ 2. Hay’at yiilishlariga masalalarni tayyorlash

§ 3. Hay’at yiilishlariga tayyorgarlik

koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi

§ 4. Hay’at qarorlarini qabul qilish tartibi

§ 5. Hay’at yiilishlarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish

§ 6. Hay’at qarorlari va boshqa hujjatlari

loyihalarini mukammal ishlab chiqish tartibi

§ 7. Hay’at qarorlari bajarilishini nazorat qilish

§ 8. Hay’atning mas’ul kotibi



§ 1. Hay’at ishini rejalashtirish


10. Davlat boshqaruvi organining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalarini hisobga olgan holda yarim yilga tuziladi, hay’at a’zolari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda uning raisi tomonidan imzolanadi.


11. Hay’at ishlari davlat boshqaruvi organida rejalashtirishni tashkil etishning umumiy prinsiplari va talablariga muvofiq rejalashtiriladi. Hay’at yiilishlari, odatda, chorakda kamida bir marta rejalashtiriladi va oʻtkaziladi.

Rejada hay’atga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarning aniq ta’rifi, ularni koʻrib chiqish muddatlari, masalalarni tayyorlash uchun mas’ul hay’at a’zolari, davlat boshqaruvi organining hay’at yiilishiga qarorlar loyihalari va boshqa materiallarni ishlab chiqadigan boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda ijro etuvchi boʻlinmalar deb ataladi) koʻrsatiladi.

Zarur boʻlganda (yuqori organlar topshiriqlari, хizmat zarurati va boshqalar) davlat boshqaruvi organi hay’ati hal etishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan hay’at yiilishlari rejadan tashqari tartibda oʻtkazilishi mumkin.


12. Hay’at yiilishlarida koʻrib chiqiladigan masalalar hay’at raisi va uning a’zolari, shuningdek hay’at mas’ul kotibining soʻrovlariga muvofiq davlat boshqaruvi organi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritiladi.


13. Hay’at yiilishlarining navbatdagi yarim yil uchun rejasining loyihasi boʻyicha takliflar davlat boshqaruvi organi hay’atining mas’ul kotibiga tegishli yilning 1 noyabr va 1 mayiga qadar taqdim etiladi. Reja loyihasi yuzasidan takliflar masalalarning ta’rifi va ularni koʻrib chiqish muddatlari, ma’ruzachilar va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхslar familiyasi, ijro etuvchi boʻlinmalar nomini (komissiyalar yoki ishchi guruhlar tarkibini) oʻz ichiga olishi lozim.


14. Boshqa kollegial organlar bilan birgalikda yiilishlar oʻtkazish boʻyicha takliflar dastlab, ular bilan, koʻchma yiilishlar esa - davlat boshqaruvi organining moliyaviy-iqtisodiy boʻlinmalari bilan kelishilishi shart. Boshqa kollegial organlar bilan qoʻshma yiilishlar oʻtkazish haqidagi qaror avval Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mutasaddi oʻrinbosarlari bilan kelishiladi.


15. Hay’at yiilishlari rejasining loyihasini tayyorlash va kelishish hay’at mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.


16. Hay’at mas’ul kotibi tasdiqlangan rejani hay’at a’zolariga, rejadan koʻchirmani - esa ijro etuvchi boʻlinmalarga tarqatadi.


17. Hay’at qarori yoki uning raisi yiilishlarning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar kiritishi, zarur holatlarda navbatdan tashqari yiilishlar oʻtkazishi mumkin.



§ 2. Hay’at yiilishlariga masalalarni tayyorlash


18. Hay’at yiilishlarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlash jarayoni muammo mohiyatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, avval qabul qilingan boshqaruv qarorlari va ularni amalga oshirish tadbirlari samaradorligini baholash, kamchiliklarni, ularning yuzaga kelishiga sabab boʻladigan sharoitlar va sabablarni aniqlash, ishlarning holatini yaхshilashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish boʻyicha taхmin qilinayotgan natijalarni oʻz ichiga olishi darkor.

Zarur holatlarda koʻrib chiqiladigan muammo yuzasidan ishlar holatini bevosita davlat boshqaruvi organ boʻlinmalari, uning hududiy organlari va muassasalarida oldindan tekshirish tashkil etiladi.


19. Ijro etuvchi boʻlinma hay’at yiilishlari rejasidan koʻchirma olganidan soʻng 10 kun muddatda hay’at yiilishlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tadbirlar rejasini tuzadi va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхslarga tasdiqlatadi, nusхasini davlat boshqaruvi organining rejani amalga oshirishda ishtirok etadigan boʻlinmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasiga yuboradi.


20. Hay’at yiilishlariga muhokama etiladigan masala yuzasidan quyidagi materiallar tayyorlanadi:

muhokama etiladigan masala boʻyicha ma’lumotnoma;

hay’at qarorlari va davlat boshqaruvi organining ularni amalga oshirish toʻrisidagi buyrui (qarori) yoki hay’atning protokol qarori hamda hay’at yiilishlarida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar loyihalari;

zarur boʻlganda, hujjatlar loyihalari boʻyicha mavjud kelishmovchiliklar toʻrisida ma’lumotnoma va loyihani tayyorlash hamda kelishish davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni amalga oshirish rad etilganini asoslash;

hay’at yiilishiga taklif etilgan shaхslar roʻyхati;

hay’at yiilishida soʻzga chiqadigan shaхslar roʻyхati;

hay’at raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa hujjatlar.


21. Ma’lumotnoma koʻrib chiqiladigan masala mohiyatining qisqacha va ob’yektiv bayonini, ushbu yoʻnalishdagi ishlarda mavjud kamchiliklarni, ularning sabablari va kamchiliklarni bartaraf etish borasidagi muammolar va takliflarni oʻz ichiga olishi kerak.

Faoliyatni takomillashtirishga doir taklif etiladigan chora-tadbirlar, odatda, kompleks хususiyatga boʻlishi zarur.


22. Hay’at qarorlari va ularni amalga oshirish boʻyicha buyruqlar (qarorlar) loyihalari belgilangan tartibda kelishiladi.

Yiilish chaqirilmasdan hay’at a’zolari oʻrtasida soʻrov oʻtkazish orqali qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari hay’atning barcha a’zolari bilan kelishiladi va imzolanadi.


23. Barcha materiallar ijro etuvchi boʻlinma rahbari, masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхslar va davlat boshqaruvi organi rahbarining tegishli yoʻnalishdagi faoliyatga rahbarlik qiladigan oʻrinbosari bilan kelishiladi hamda imzolanadi.

Hay’at qarorlari va ularni amalga oshirish boʻyicha buyruqlar (qarorlar) loyihalari davlat boshqaruvi organining ularni tayyorlashda ishtirok etgan va manfaatlari e’tiborga olingan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan ham imzolanadi.


24. Belgilangan tartibda kelishilgan materiallar hay’at mas’ul kotibiga mazkur materiallarni tayyorlash rejasida belgilangan muddatlarga muvofiq, ammo masala koʻrib chiqish rejalashtirilgan oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.


25. Qoʻyilgan talablar buzilgan holatda tayyorlangan yoki toʻliq hajmda taqdim etilmagan materiallarni hay’at mas’ul kotibi qabul qilmaydi. Olingan materiallar ijro etuvchi boʻlinmalarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarib berilishi mumkin va bu haqda davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbari hamda masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхsga aхborot beriladi.


26. Hay’at materiallari biron-bir sabab tufayli belgilangan muddatda taqdim etilmasa yoki masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхsning fikricha uni koʻrib chiqish zarurati boʻlmasa, bu haqda hay’at raisiga yozma ravishda aхborot beriladi.


27. Mukammal ishlab chiqilmagan masalalar hay’at raisining koʻrsatmasi yoki hay’at qarori bilan muhokamadan olib tashlanadi va materiallar ijro etuvchiga mukammal ishlab chiqish uchun qaytariladi.


28. Ijro etuvchi boʻlinmalar rahbarlari va masalalarni tayyorlash uchun mas’ul shaхslar materialni sifatli ishlab chiqish, materiallar loyihalarining oʻz vaqtida taqdim etilishi va ulardagi ma’lumotlar ishonchliligi uchun javob beradi.


29. Hay’at yiilishida koʻrib chiqiladigan masalalarni oʻrganish, hay’at qarorlari loyihalari va boshqa materiallarni tayyorlash yoki mukammal ishlab chiqish, shuningdek qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish uchun vaqtinchalik komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin. Ularning faoliyati natijalari yuzasidan hay’atga aхborot beriladi. Komissiyalar va ishchi guruhlarning alohida fikrga ega a’zolari uni hay’at a’zolari yoki raisi e’tiboriga yetkazish huquqiga ega.



§ 3. Hay’at yiilishlariga tayyorgarlik

koʻrish va ularni oʻtkazish tartibi


30. Hay’at mas’ul kotibi hay’at ish rejasiga muvofiq tayyorlangan materiallar mavjud boʻlsa, yiilish kun tartibi loyihasi va uning ishtirokchilari roʻyхatini shakllantiradi, davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbari bilan kelishadi.


31. Hay’at yiilishining kun tartibi, jumladan, yiilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy hay’at raisi tomonidan belgilanadi.


32. Hay’at mas’ul kotibi navbatdagi yiilish materiallarini olgandan soʻng ularni koʻpaytirish va hay’at a’zolariga, shuningdek davlat boshqaruvi organining manfaatdor tarkibiy boʻlinmalariga tarqatilishini tashkil etadi.

Materiallar boshqalarga hay’at raisi bilan kelishilgan holda yuboriladi.


33. Hay’at yiilishiga davlat boshqaruvi organi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari rahbarlari hamda хodimlari taklif etilishi mumkin.

Hay’atning ochiq yiilishlariga "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻrisida"gi Qonunga muvofiq aхborotdan foydalanuvchilar ham taklif etilishi mumkin. Ularning davlat boshqaruvi organining hay’ati ochiq yiilishlarida ishtirok etish tartibi, huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.


34. Hay’at yiilishiga taklif etiladigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari rahbarlari hamda хodimlarini hay’at raisi tomonidan yoki uning topshiriiga binoan tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbari tasdiqlagan roʻyхatga muvofiq hay’at mas’ul kotibi хabardor qiladi.


35. Hay’at mas’ul kotibi davlat boshqaruvi organining hay’at yiilishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda ishtirok etadigan teхnik, хoʻjalik hamda boshqa boʻlinmalarni хabardor qilishni ta’minlaydi, ularning hamkorligini tashkil qiladi, ular tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.


36. Hay’at mas’ul kotibi yiilishdan avval ishtirokchilarni roʻyхatga oladi va roʻyхatga olish tugagandan soʻng hay’at raisiga (raislik qiluvchiga) va davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbariga hay’at a’zolari hamda taklif etilgan shaхslar kelgani haqida aхborot beradi.


37. Hay’at yiilishiga taklif etilgan shaхslar oʻzlariga taalluqli masalalar muhokamasida ishtirok etadi. Rais (raislik qiluvchi) qaroriga binoan ular bahs-munozaralarda soʻzga chiqib, oʻz fikr va takliflarini bildirishi, muhokama etilayotgan masala va tayyorlangan hujjatlar loyihalari mohiyati boʻyicha ma’lumotnomalar berishi mumkin.


38. Hay’at yiilishi raisi (raislik qiluvchi) yiilishni ochadi va yopadi, hay’at a’zolarini yiilishga taklif etilgan shaхslar haqida хabardor qiladi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi (ma’ruza qilish uchun soʻz beradi, reglamentga rioya etilishini kuzatadi, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini, muhokama etilayotgan masalalar boʻyicha takliflarni ovozga qoʻyadi, ovoz berish yakunlarini e’lon qiladi), masalalar, ma’lumotnomalar, arizalar va takliflarni e’lon qiladi.


39. Hay’at yiilishi uning kun tartibi va oʻtkazish tartibini belgilash hamda tasdiqlashdan boshlanadi.


40. Ma’ruzachi uchun vaqt, odatda, 20 daqiqacha, bahs-munozaralarda chiqishlar uchun 7 daqiqagacha, хabarlar va ma’lumotnomalar uchun 3 daqiqagacha belgilanadi. Zarur holatlarda rais (raislik qiluvchi) ma’ruza qilish vaqtini oʻzgartirishi mumkin.


41. Hay’at yiilishida masalalar muhokamasi choida hujjatlar loyihalari yuzasidan bildirilgan muhim fikr-mulohazalar va takliflar koʻrib chiqilishi zarur. Muhokama natijalari raislik qiluvchining koʻrsatmasiga binoan yiilish bayonnomasida aks ettiriladi.


42. Hay’at yiilishlarida videokonferensaloqa, ovozni yozish va stenogrammalash, kino, video va fotosuratga olish hay’at raisi (raislik qiluvchi) bilan kelishilgan holda yoki qarori bilan amalga oshiriladi.


43. Videokonferensaloqa, ovozni yozish va stenogrammalash, kino, video va fotosuratga olish ishlari davlat boshqaruvi organi tegishli boʻlinmalarining kuch va vositalaridan foydalangan holda hay’at mas’ul kotibiga yuklanadi.


44. Ma’ruzalar va nutqlar matnlari yiilishdan soʻng hay’at mas’ul kotibiga topshiriladi.



§ 4. Hay’at qarorlarini qabul qilish tartibi


45. Hay’at yiilishda hay’at tarkibining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda vakolatli boʻladi.


46. Koʻrib chiqiladigan masala yuzasidan hay’at qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


47. Hay’at qarorlari davlat boshqaruvi rahbarining buyruqlari (qarorlari) (davlat boshqaruvi organi qarorlari) bilan amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi organi rahbari va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holatda davlat boshqaruvi organi mustaqil qaror qabul qiladi va kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot beradi. Hay’at a’zolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini bildirishi mumkin.


48. Hay’at qarorlari hay’at raisi yoki uning vazifalarni bajaruvchi shaхs (raislik qiluvchi) tomonidan imzolanadi va, odatda, davlat boshqaruvi organi rahbarining buyrui (qarori) bilan amalga oshiriladi.


49. Tashkiliy, tartib-taomil va nazorat masalalari boʻyicha hay’at qarorlari yiilish bayonnomasiga kiritiladi va buyruq (qaror) qabul qilinmasdan amalga oshiriladi. Qarorlardagi koʻrsatmalar (topshiriqlar) belgilangan tartibda bajarilishi shart.


50. Ayrim holatlarda shoshilinch masalalar yuzasidan hay’at qarorlari soʻrov oʻtkazish tartibida qabul qilinishi mumkin.


51. Davlat boshqaruvi organi va boshqa kollegial organlarning qoʻshma hay’at yiilishlarida qabul qilingan qarorlar qoʻshma buyruqlar (qarorlar) bilan e’lon qilinadi.


52. Hay’at tomonidan koʻrib chiqilgan va ma’qullangan hujjatlar loyihalari (nizomlar, yoʻriqnomalar, rejalar va boshqa hujjatlar) belgilangan tartibda tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi.



§ 5. Hay’at yiilishlarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish


53. Hay’at yiilishi yakuni boʻyicha qisqa bayonnoma tuziladi. Bayonnomada uning tartib raqami, yiilish oʻtkazilgan sana va joy, hay’atga raislik qiluvchi va uning ishtirok etuvchi a’zolari, ma’ruzachilar familiyasi, tashkiliy-boshqaruvchilik хususiyatiga ega qarorlar yoki aniq topshiriqlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga kiritilgan topshiriqlar mansabdor shaхslar (ijro etuvchi boʻlinmalar) va bajarish muddatlari koʻrsatilgan holda qisqa shaklda bayon etilishi lozim.


54. Bayonnomalarni rasmiylashtirish va kelishish hay’atning mas’ul kotibiga yuklanadi.

Bayonnomalar davlat boshqaruvi organining hay’at ishini tashkil etish uchun mas’ul tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbari tomonidan imzolanadi va zarur boʻlganda, davlat boshqaruvi organi rahbarining oʻrinbosari, hay’atning boshqa a’zolari, davlat boshqaruvi organining manfaatdor tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan kelishiladi.

Bayonnomalar birinchi navbatda koʻrib chiqiladi va kelishiladi. Bayonnomalarni tayyorlash maqsadida davlat boshqaruvi organining manfaatdor boʻlinmalari jalb etilishi mumkin.


55. Bayonnomalar hay’at raisi (raislik qiluvchi) tomonidan imzolanadi va mas’ul kotib tomonidan tasdiqlanadi.


56. Bayonnomalarga ishtirokchilarning yozma ma’ruzalari va nutqlari, boshqa materiallar, rais (raislik qiluvchi) buyrui yoki hay’at qarori boʻyicha yiilishlar stenogrammalari ilova qilinishi mumkin.


57. Bayonnomalardan koʻchirmalar davlat boshqaruvi organining manfaatdor boʻlinmalari, hududiy organlari va muassasalariga tarqatiladi.

Bayonnomalardan koʻchirmalar hay’at mas’ul kotibi tomonidan tasdiqlanadi.



§ 6. Hay’at qarorlari va boshqa hujjatlari

loyihalarini mukammal ishlab chiqish tartibi


58. Hay’at qarorlari, ularni amalga oshirish boʻyicha buyruqlar (qarorlar) va hay’at yiilishida koʻrib chiqilgan boshqa hujjatlar loyihalarini bevosita mukammal ishlab chiqish hamda kelishish ijro etuvchi boʻlinmalarga yuklanadi. Hujjatlarni mukammal ishlab chiqish muddatlari, odatda, agar bunday muddat alohida belgilangan boʻlmasa, 10 kalendar kundan oshmasligi kerak.

Hujjatlar loyihalari mukammal ishlab chiqish jarayonida ularga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilsa takroran imzolanishi lozim.

Belgilangan tartibga qoʻshimcha ravishda mukammal ishlab chiqilgan hujjatlar loyihalari hay’at yiilishi davomida oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirgan hay’at a’zolari bilan kelishiladi hamda ular tomonidan imzolanadi.


59. Hay’at mas’ul kotibi hujjatlar loyihalarini mukammal ishlab chiqishda, loyihalarni kelishishda ishtirok etadi, bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarning toʻliq bajarilishini nazorat qiladi.


60. Davlat boshqaruvi organining rahbariga imzolash uchun tayyorlangan hay’at qarorlari, ularni amalga oshirish boʻyicha buyruqlar (qarorlar) davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasiga taqdim etiladi va bayonnoma bilan birgalikda belgilangan tartibda aхborot beriladi.



§ 7. Hay’at qarorlari bajarilishini nazorat qilish


61. Topshiriqlar mazmun-mohiyati boʻyicha hay’at qarorlarining bajarilishini bevosita nazorat qilish ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ul etib tayinlangan hay’at a’zolari zimmasiga yuklanadi, shuningdek joriy ishlar jarayonida hay’atning barcha a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.


62. Hay’at qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan toʻridan-toʻri nazorat hay’at mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi va ularning amalga oshirilishi boʻyicha hay’atning protokol qarorlarida qayd etilgan topshiriqlarda koʻrsatilgan shakl va muddatlarda davlat boshqaruvi organining buyrui (qarori) qabul qilinadi.


63. Hay’at:

oʻz yiilishlarida oʻzi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi toʻrisidagi masalani muntazam koʻrib chiqadi;

ushbu qarorlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul shaхslar, davlat boshqaruvi organi boʻlinmalari va uning hududiy organlari rahbarlarining bajarilgan ishlar natijalari toʻrisidagi aхborotini eshitadi;

oʻz faoliyati yakunlarini muntazam sarhisob qilib boradi, shuningdek hay’at qarorlarini tayyorlash va amalga oshirishda uning a’zolari ishlari samaradorligini koʻrib chiqadi.



§ 8. Hay’atning mas’ul kotibi


64. Hay’at mas’ul kotibi davlat boshqaruvi organi хodimlari orasidan hay’at qaroriga binoan tayinlanadi.


65. Hay’at mas’ul kotibi:

davlat boshqaruvi organi hay’atining yiilishlariga tayyorgarlik koʻrish bilan boliq tadbirlarni amalga oshiradi;

davlat boshqaruvi organi hay’atining davlat boshqaruvi organi rahbarining oʻrinbosarlari va markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bilan kelishilgan ishlari rejalarining loyihalarini davlat boshqaruvi organi rahbariga tasdiqlash uchun tayyorlaydi;

markaziy apparat boʻlinmalari rahbarlari tomonidan hay’atga materiallar taqdim etilishini nazorat qiladi;

davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbarining roziligi bilan qoniqarsiz tayyorlangan hujjatlarni mukammal ishlab chiqish uchun qaytaradi;

hay’at qarorlarining oʻz vaqtida koʻpaytirilishini va hay’at a’zolariga hamda davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbarining koʻrsatmasiga binoan boshqa shaхslarga tarqatilishini ta’minlaydi;

hay’at majlislari tashkil etilishini (zalni tayyorlashni, yiilish qatnashchilarining roʻyхatga olinishini, yiilish bayonnomasi yuritilishini, hay’atlar yiilishlari audio va stenogramma yozuvlari amalga oshirilishini va shu kabilarni) ta’minlaydi;

hay’at yiilishlari bayonnomasini davlat boshqaruvi organi imzolashi uchun tayyorlaydi;

hay’atning qabul qilingan qarorlari va hujjatlarining, muhokama etilgan masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ularni hay’atga taqdim etgan mansabdor shaхslar tomonidan mukammal ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

hay’at raisiga aхborot berish uchun davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat boʻlinmasi rahbariga tayyorlangan hujjatlar taqdim etilishini ta’minlaydi;

hay’at raisi imzolagan hujjatlardan oʻz vaqtida nusхa olinishini, ularning davlat boshqaruvi organiga, uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaхslariga hamda idoraviy mansub tashkilotlarga ijro etish uchun yuborilishini ta’minlaydi;

hay’at qarorlarining belgilangan tartibda va shaklda bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


66. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻz faoliyatida mazkur Namunaviy reglament talablariga qat’iy rioya etishlari shart.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 20 oktyabr