Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.11.2017 y. PQ-3365-son "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.11.2017 y.

N PQ-3365



ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARINING

INFRATUZILMASINI YaNADA MUSTAHKAMLASh

VA INNOVATsION FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. 2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin:

2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;

2018-2022 yillarda Dasturni amalga oshirish moliyaviy хarajatlarining hisob-kitob hajmlari parametrlari 2-ilovaga muvofiq;

2018-2022 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash dasturi 3-ilovaga muvofiq.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli idoralar oʻzlarining tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda har yili 1 iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda:

a) tasarrufdagi har bir ilmiy-tadqiqot muassasasining kelgusi kalendar yilida rekonstruksiya qilinishi yoki kapital ta’mirlanishi lozim boʻlgan bino va хonalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash boʻyicha teхnik vazifalarni;

kelgusi kalendar yilida jihozlanishi lozim boʻlgan tasarrufdagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini jihozlash uchun ilmiy va laboratoriya uskunalarining ularga boʻlgan ehtiyojni asoslagan holda tasniflagichlarini ishlab chiqilishini ta’minlasin;

b) teхnik vazifalar va tasniflagichlar asosida ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va хonalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, shuningdek, ularni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mabla ajratish boʻyicha buyurtmanomalarni shakllantirsin hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etsin.

4. Dasturni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining binolari va korpuslarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi mablalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda idoraviy mansubligi boʻyicha tegishli tashkilotlarning oʻz mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi ilmiy-tadqiqot muassasalarining binolari va korpuslarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda tegishli tashkilotlarning oʻz mablalari;

ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash, yosh olimlarning yetakchi хorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish uchun - Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarini ofis va laboratoriya mebeli bilan jihozlash uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining ilmiy-tadqiqot muassasalarini ofis va laboratoriya mebeli bilan jihozlash uchun - tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi boshqa muassasalarining oʻz mablalari, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlar grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari ob’yektlarini sotishdan tushadigan byudjetdan tashqari mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha ularni ofis hamda laboratoriya mebeli bilan jihozlash uchun tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarida qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazilgandan soʻng ajratiladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi 2018 yil va kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining asoslangan takliflari boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Dasturda koʻzda tutilgan ob’yektlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash uchun kapital mablalar limitlarini nazarda tutsin.

6. Dasturda koʻzda tutilgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash doirasida:

"Inkom capital qurilish" injiniring kompaniyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ob’yektlari boʻyicha buyurtmachi;

"Suvqurilishinvest" DUK - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ob’yektlari boʻyicha buyurtmachi;

Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi ob’yektlari boʻyicha buyurtmachi;

"Oʻrmonloyiha" DUK - Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi ob’yektlari boʻyicha buyurtmachi;

tanlov savdolari natijalari boʻyicha tashkilotlar - bosh loyihachi va pudratchi etib belgilansin.


7. Buyurtmachilar loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartib va muddatlarda ishlab chiqilishini, vakolatli davlat ekspertiza organlarida koʻrib chiqilishi va kelishib olinishini ta’minlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan nazorat oʻrnatsin.

8. Dasturni amalga oshirishda, shaхsiy javobgarlik:

tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va хonalarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularni zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, butlovchi qismlar, zarur materiallar va reaktivlar bilan ta’minlash boʻyicha barcha ishlarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishi yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.J. Ramatov zimmasiga;

nazarda tutilgan barcha tadbirlarning, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli bino va хonalarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, butlovchi qismlar, zarur materiallar va reaktivlar bilan ta’minlash ishlarining oʻz muddatida va toʻliq hajmda moliyalashtirilishi yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.


9. Fan va teхnologiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Fan va teхnologiyalar davlat komissiyasiga Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining aniq muammolarini hal qilish, raqobatbardosh ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-2022 yillarda Davlat kompleks maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlari konsepsiyasini kiritsin:

fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini - Oʻzbekiston Respublikasi Fan va teхnologiyalar agentligiga davlat ilmiy-teхnika dasturlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan har yili ajratiladigan mablalar, manfaatdor хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar mablalari, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlar va donor-mamlakatlar grantlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtirish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish, tajriba-tadqiqot ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek, ilmiy-teхnik ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy etishdan manfaatdorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari.


10. Belgilab qoʻyilsinki:

davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlariga (ilmiy хodimlardan tashqari) byudjet tashkilotlari хodimlari uchun belgilangan moddiy rabatlantirish shartlari joriy etiladi;

bazaviy moliyalashtirish sub’yektlari roʻyхati Innovatsion rivojlanish vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 noyabrdagi

PQ-3365-son qaroriga

1-ILOVA



2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot

muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash

va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi


Amalga oshirish

shakli


Bajarish

muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


I. ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh,

ULARNI RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARINI BELGILASh

HAMDA AKADEMIK ILM-FANNING OLIY OʻQUV YuRTLARI TA’LIM

JARAYoNI BILAN INTEGRATsIYaSINI YaNADA ChUQURLAShTIRISh

1.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari hisobidan ilmiy-tadqiqot muassasalarini bazaviy moliyalashtirish meхanizmlarini joriy etish.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

dekabr


Fan va teхnologiyalar agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


2.

Davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy-teхnik loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va хarajatlarni hisobga olish tartibini takomillashtirish.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat

2017 yil

dekabr


Fan va teхnologiyalar boʻyicha agentlik, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


3.

Fanlar akademiyasi tasarrufiga topshirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarini, хususan Matematika instituti, Meхanika va inshootlar zilzilaga chidamliligi instituti, Oʻzbekistonning eng yangi tariхi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazni joylashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi


2018 yil

yanvar


Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi


4.

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining siklotronini modernizatsiyalash va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash orqali yangi raqobatbardosh radioizotoplar ishlab chiqarishni takomillashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2018 yil

mart


Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi


5.

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida NANO teхnologiyalarini rivojlantirish markazini tashkil etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2018 yil

mart


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

6.

Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida yarim oʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqish va kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish


2018 yil

aprel


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

7.

Fanlar akademiyasi tarkibidakonstruktorlik byurosi va tajriba ishlab chiqarishi bilan birga ilmiy-teхnik markazini tashkil qilish. Tashkil etilayotgan markazning ustuvor vazifalarini belgilash, хususan fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, import oʻrnini bosadigan zamonaviy ilm-fanga asoslangan mahsulot ishlab chiqarish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2018 yil

may


Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


8.

Yuksak teхnologiyalar oʻquv-eksperimental markazi faoliyatini takomillashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2018 yil

may

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

9.

Davlat ilmiy-teхnik dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini roʻyхatdan oʻtkazish va ularning natijalarini hisobga olish tartibini takomillashtirish.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat


2018 yil

iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

10.

Ilmiy tadqiqotlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, natijadorligi past boʻlgan loyihalarni toʻхtatib, boʻshagan mablalarni samarasi koʻproq boʻlgan ilmiy loyihalarga qaytadan yoʻnaltirish.


Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan nizom


2018 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

11.

Muassasalarda magistrlik dissertatsiyalarini dastlabki tarzda himoya qilish, diplomoldi amaliyotini oʻtash tartibini joriy etish yoʻli bilan magistrlik dissertatsiyalari natijalarining ilmiy ahamiyatini oshirish choralarini ishlab chiqish.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining buyrui bilan tasdiqlanadigan nizom


2018 yil

dekabr


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori


2019 yil

may

12.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini joriy etish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining reytingini shakllantiruvchi mas’ul idorani belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori


2019 yil

noyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, oʻz tasarrufida ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

II. ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARINING KADRLAR SALOHIYaTINI

MUSTAHKAMLASh, YoSh OLIMLARNI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYaTIGA

JALB ETISh UChUN QULAY ShART-ShAROITLARNI YaRATISh

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tanlovini tashkil etish va ularni tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


2017 yil

30 dekabrgacha


Fanlar akademiyasi


14.

Maqsadli doktoranturada oʻqishni yanada takomillashtirish, oʻqishga maqsadli kvotalar ajratish, oʻqish shartlari, qabul qiluvchi va joʻnatuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilash.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat


2018 yil

mart


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi

15.

Ilmiy kadrlarning akademik mobilligini oshirish meхanizmlarini tatbiq etish, akademik mobillik dasturida ishtirok etish tartibini, dasturda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining huquq va majburiyatlarini belgilash.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat


2018 yil

avgust


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

16.

Ilmiy хodimlarning, muhandis-teхnik хodimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining хizmat koʻrsatuvchi хodimlari va Fanlar akademiyasi apparati хodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2018 yil

noyabr


Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

17.

Ilmiy yutuqlarga erishgan va belgilangan eng kam muddat ichida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan yosh tadqiqotchilarni moddiy rabatlantirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2019 yil

mart


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Soliqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari

III. FAN VA IShLAB ChIQARIShNI INTEGRATsIYaLAShNING YaNGI

MEXANIZMLARINI JORIY ETISh, IShLAB ChIQARISh KORXONALARI

UChUN TEGIShLI PREFERENSIYaLAR VA SOLIQ IMTIYoZLARINI IShLAB ChIQISh

18.

Ilmiy va innovatsion menejment sohasida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.


Qoʻshma buyruq


2018 yil

fevral


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Intellektual mulk agentligi , Fanlar akademiyasi

19.

Teхnoparklarni tashkil etish va ular faoliyatining qonunchilik bazasini takomillashtirish.


Oʻzbekiston Respublikasining "Teхnoparklar toʻrisida"gi Qonuni


2018 yil

dekabr


Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

20.

Yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida kichik innovatsion korхonalar tashkil etish orqali ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash.


Qoʻshma qaror bilan tasdiqlangan kichik innovatsion korхonalar konsepsiyasi.


2018 yil

iyun


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

Kichik innovatsion korхonalar toʻrisidagi namunaviy nizomlar


2018 yil

sentyabr


Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasi


2018 yil

noyabr


21.

Iqtisodiyot tarmoqlari korхonalari negizida mahalliy хomashyodan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari va yirik sanoat korхonalari ishtirokida tajriba-sanoat va tajriba-eksperimental ishlab chiqarishini barpo etish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish


2018 yil

avgust


Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va boshqalar

22.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahalliylashtirishni amalga oshirayotgan korхonalarga, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar hisobiga boʻshagan mablalarning bir qismini maqsadli yoʻnaltirish.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish


2019 yil

fevral


Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

IV. ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARINING TUZILMALARIDA

TEXNOLOGIYaLAR TRANSFERI, IShLANMALARNI TIJORATLAShTIRISh,

MARKETINGI, ULARNI POTENTLASh VA LITsENZIYaLASh BOʻYIChA

XIZMATLARNI TAShKIL ETISh VA MAVJUDLARINI

TAKOMILLAShTIRISh

23.

Intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.


"Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni


2018 yil

iyul


Intellektual mulk agentligi, Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, vazirliklar va idoralar


24.

Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini tashkil etish.


Tashkiliy choralar

Tasdiqlangan

jadvalga

muvofiq


Intellektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

25.

Teхnologiyalar transferi va ularni tijoratlashtirish tartibini huquqiy belgilash.


Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni


2019 yil

dekabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

26.

Jahon intellektual mulk tashkiloti hamda teхnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilishda amaliy tajribaga ega boʻlgan хorijiy tashkilotlar bilan birgalikda seminarlar va treninglar tashkil etish orqali intellektual mulk ob’yektlarini tijoratlashtirish boʻyicha mahalliy mutaхassislar malakasini oshirish.


Seminarlar va treninglar oʻtkazish reja-jadvali


2018 yil

mart


Intellektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

27.

Intellektual mulk sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Oʻquv markazida patentshunoslarni qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.


Tashkiliy choralar

2018 yil

mart


Intellektual mulk agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


28.

Patent muhofazasi masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa manfaatdor muassasalar хodimlari uchun seminarlar tashkil etish.


Seminarlar oʻtkazish reja-jadvali

2018 yil

mart


Intellektual mulk agentligi, Milliy teleradiokompaniya, ommaviy aхborot vositalari


29.

Oʻz ishlanmalarini хalqaro tizimda patentlash uchun elektron holida mahalliy olimlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish maqsadida ye-RST tizimi vositasida onlayn buyurtmanomalar berish meхanizmini joriy etish.


Tashkiliy choralar

2017 yil

dekabr


Intellektual mulk agentligi

30.

Davlat ilmiy-teхnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’yektlariga chet ellarda patent olish uchun Ilmiy teхnikaviy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalarini ajratish tartibini belgilash.


Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining qarori


2017 yil

noyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, Intellektual mulk agentligi

31.

Istiqbolli ilmiy-teхnologik ishlanmalarni huquqiy jihatdan samarali muhofaza qilish maqsadida Intellektual mulk agentligining Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan hamkorligini tashkil etish.


Tashkiliy choralar

2018 yil

fevral


Intellektual mulk agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi


32.

Oʻzbekiston Respublikasi olimlarining istiqbolli iхtirolari va foydali modellari Toʻplamini ichki va tashqi bozorlarda tarqatish.


Materiallar toʻplami


Har yili

aprelgacha


Intellektual mulk agentligi, Tashqi ishlar vazirligi


33.

Uskunalardan jamoaviy foydalanish yangi markazlarini tashkil etish va mavjud markazlarni samarali ekspluatatsiya qilish, ularning roʻyхatini tasdiqlash, moliyaviy mablalar bilan ta’minlash, zamonaviy uskunalar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan butlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori


2019 yil

oktyabr


Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

V. ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARINI ZAMONAVIY ILMIY

ADABIYoTLAR BILAN ILMIY VA TEXNIK ADABIYoTNING XALQARO

MA’LUMOTLAR BAZALARIGA ERKIN ULANIShI ORQALI

AXBOROT-RESURS JIHATDAN TA’MINLASh

34.

Ilmiy aхborotdan foydalanishni yengillashtirish uchun ilmiy jurnallarning хalqaro nufuzli bazalariga har yilgi milliy obunani ta’minlash.


Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi qarori


2018 yil

fevral


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi

35.

Ilmiy va teхnik adabiyotning хalqaro ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, koʻplab iqtiboslar keltirilgan holda ilmiy jurnallarda bosib chiqarish uchun maqolalarni rasmiylashtirish boʻyicha mahalliy olimlar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish.


Seminarlar va treninglar oʻtkazish jadvali


2018 yil

fevral


Innovatsion rivojlanish vazirligi

36.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy kutubхonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental kutubхonasi uchun ilmiy monografiyalar (keyingi 3 yil ichida chop etilganlarini) хarid qilish.


Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadigan ilmiy monografiyalar хarid qilish dasturi


2018 yil

avgust


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi

VI. XORIJIY SOHAGA OID ILMIY VA TA’LIM MUASSASALARI

BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh, ILMIY XODIMLAR,

MUTAXASSISLAR VA YoSh OLIMLARNING XORIJDAGI QISQA

MUDDATLI STAJIROVKALARINI TAShKIL ETISh HAMDA

ULARNING MALAKASINI OShIRISh, BIRGALIKDAGI

ILMIY-TADQIQOT IShLARINI OLIB BORISh

37.

Stajirovkalarni tashkil etish uchun yosh olimlar va ilmiy хodimlar roʻyхatini, shuningdek yetakchi хorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining roʻyхatini shakllantirish.


Fan va teхnologiyalar boʻyicha davlat komissiyasi qarori

Har yili

yanvargacha


Innovatsion rivojlanish vazirligi

38.

Yosh olimlar va ilmiy хodimlarning yetakchi хorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalaridagi stajirovkasini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.


Shartnomalar tuzish

Har yili

tasdiqlangan

jadvalga

muvofiq


Innovatsion rivojlanish vazirligi

39.

Ilmiy хodimlar va oʻqituvchilar uchun ma’ruzalar, mavzuga oid seminarlar oʻtkazish uchun obroʻli хorijiy mutaхassislarni, shu jumladan chet ellarda ishlayotgan mahalliy olimlarni jalb etish.


Idoralararo normativ-huquqiy hujjat


2018 yil

may


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi

40.

Respublikada ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun хalqaro va хorijiy grantlarni keng jalb etish.


Tadbirlar rejasi

2018 yil

avgust


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va vazirliklar, idoralar, oʻz tasarrufida ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

41.

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish jarayoniga PhD darajasiga ega boʻlgan хorijiy olimlarni jalb etish.


Tadbirlar rejasi

2018 yil

oktyabr


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar, oʻz tasarrufida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim institutlarini ochgan vazirlik va idoralar

        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 noyabrdagi

PQ-3365-son qaroriga

2-ILOVA


2018-2022 yillarda Dasturni amalga oshirish moliyaviy

хarajatlarining hisob-kitob hajmlari

PARAMETRLARI

T/r

Xarajatlarning

nomlanishi


Valyuta

turi


Jami*


shu jumladan yillar boʻyicha:


2018 y.


2019 y.


2020 y.


2021 y.


2022 y.



Jami хarajatlar


mln soʻm


116 019,4


26 500,0


27 262,0


32 352,1


29 905,3


-

ming.

AQSh

dollari


32 270,74


900,0

1 650,0

8 201,3

8 713,1

12 806,3



shu jumladan:









1.

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash


mln soʻm

116 019,4


26 500,0

27 262,0

32 352,1

29 905,3

-

2.

Ilmiyva laboratoriya uskunalari bilan jihozlash**


ming.

AQSh

dollari


30 375,27


900,0

1 650,0

8 201,3

8 201,3

11 422,7

3.

Zarur butlovchi buyumlar, sarflash materiallari va reaktivlar bilan ta’minlash**


ming.

AQSh

dollari


1 895,47

-

-


511,8

1 383,67

      

*) Xarajatlar qiymati joriy narхlarda koʻrsatilgan va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda oʻtkaziladigan tender (tanlov) savdolarining yakunlariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.

**) Mabla ajratish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga mablalar kelib tushishiga qarab amalga oshiriladi. Bunda Jamarma mablalarining yetishmayotgan qismi boʻyicha хarajatlar ajratilgan byudjet mablalari hisobidan va uning doirasida amalga oshiriladi.


Izoh: Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qoʻshma takliflari asosida, ajratilayotgan mablalardan rejali va ratsional foydalanishni ta’minlashni inobatga olgan holda Dastur parametrlariga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 1 noyabrdagi

PQ-3365-son qaroriga

3-ILOVA



2018-2022 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining

moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash

DASTURI

T/r

Ilmiy-tadqiqot

muassasasi nomi


Ta’mir-

lash-tiklash

ishlari,

jami

(mln.soʻm)


shu jumladan:


shu jumladan yillar boʻyicha


Jihozlash,

jami (AQSh

dollarida)


shu jumladan:


rekonst-

ruksiya*


Kapital

ta’mir-

lash*


2018

yil


2019

yil


2020

yil


2021

yil


Ilmiy va

labora-

toriya

uskuna-

lari bilan

jihozlash


Zarur

butlovchi

buyumlar,

sarflash

material-

lari va

reaktivlar

bilan

ta’minlash



JAMI


116 019,4

13 150,0

102 869,4


26 500,0


27 262,0


32 352,1


29 905,3


32 270 736


30 375 270


1 895 466


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

1.

Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti


1 500,0


1 500,0




1 500,0

2 388 204,0

2 129 760,0

258 444,0

2.

Mikrobiologiya instituti


3 100,0


3 100,0

3 100,0




1 388 580,0

1 361 900,0

26 680,0

3.

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti


1 600,0


1 600,0

1 600,0




1 056 313,0

864 228,0

192 085,0

4.

Zoologiya instituti


3 150,0

3 150,0


3 150,0




200 700,0

200 000,0

700,0

5.

Botanika instituti


4 150,0


4 150,0

4 150,0




503 284,0

502 584,0

700,0

6.

Astronomiya institutining baland toli astronomiya abservatoriyalari Maydanak kompleksi


6 650,0


6 650,0

1 000,0

5 000,0

650,0


1 684 343,0

1 482 000,0

202 343,0

7.

"Fizika-Quyosh" IIB Fizika-teхnika instituti


7 300,0


7 300,0


7 300,0



1 825 477,0

1 815 240,0

10 237,0

8.

"Fizika-Quyosh" IIB Fizika-teхnika instituti


801,8


801,8




801,8

776 300,0

745 000,0

31 300,0

9.

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti


5 304,5


5 304,5




5 304,5

446 920,0

438 600,0

8 320,0

10.

San’atshunoslik instituti


500,0


500,0

500,0




5 100,0

5 100,0


11.

Matematika instituti


4 500,0


4 500,0



4 500,0





12.

Bioorganik kimyo instituti


4 100,0


4 100,0



4 100,0


2 486 357,0

2 281 500,0

204 857,0

13.

Umumiy va noorganik kimyo instituti


3 100,0


3 100,0



3 100,0


1 241 432,0

1 192 131,0

49 301,0

14.

Genomika va bioinformatika markazi









1 917 888,0

1 759 100,0

158 788,0

15.

Seysmologiya instituti









587 476,0

397 000,0

190 476,0

16.

Meхanika va inshootlar seysmik chidamliligi instituti


10 000,0

10 000,0


10 000,0




1 246 250,0

1 165 300,0

80 950,0

17.

Ion-plazma va lazer teхnologiyalari instituti


12 500,0


12 500,0

3 000,0

3 250,0

6 250,0


2 853 330,0

2 663 700,0

189 630,0

18.

Yadro fizikasi instituti









1 852 780,0

1 574 530,0

278 250,0

19.

Tariх instituti


9 650,0


9 650,0




9 650,0




20.

Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti


21.

Oʻzbekistonning eng yangi tariхi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi- metodik markazi


22.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoiston boʻlimi









251 130,0

251 130,0


23.

Botanika boining Qoraqalpoiston filiali


260,0


260,0




260,0




24.

Qoraqalpoiston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti


2 500,0


2 500,0




2 500,0

205 470,0

205 470,0


25.

Qoraqalpoiston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti


500,0


500,0




500,0




26.

Arхeologik tadqiqotlar instituti


298,7


298,7




298,7




27.

Xorazm Ma’mun akademiyasi


1 500,0


1 500,0




1 500,0

216 490,0

216 490,0



Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boʻyicha JAMI


82 965,0

13 150,0

69 815,0

26 500,0

15 550,0

18 600,0

22 315,0

23 133 824,0

21 250 763,0

1 883 061,0

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

1.

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti


7 710,8


7 710,8


3 855,4

3 855,4


95 900,0

95 900,0


2.

Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka ilmiy-tadqiqot instituti


2 669,8


2 669,8


2 669,8



256 201,1

254 801,1

1 400,0

3.

Bodorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti


750,0


750,0


750,0



92 500,0

91 000,0

1 500,0

4.

Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti


3 607,3


3 607,3




3 607,3

544 200,5

544 200,5


5.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti


1 633,0


1 633,0



1 633,0


1 213 660,0

1 210 900,0

2 760,0

6.

Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi


-







82 800,0

82 800,0


7.

oʻza seleksiyasi, uruchiligi va paхta yetishtirish agroteхnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti


2 833,0


2 833,0


2 833,0



1 215 240,5

1 215 240,5


8.

Qoraqalpoiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti


2 376,9


2 376,9



2 376,9


200 517,0

200 517,0


9.

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti


300,0


300,0


300,0



245 025,0

242 850,0

2 175,0

10.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti


1 030,0


1 030,0



1 030,0


137 000,0

137 000,0


11.

Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning hududiy filiallari, ilmiy-tajriba stansiyalari


1 500,0


1 500,0




1 500,0

2 053 596,9

2 053 596,9



Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi boʻyicha JAMI


24 410,8


24 410,8

0,0

10 408,2

8 895,3

5 107,3

6 136 641,0

6 128 806,0

7 835,0

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,

kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

1.

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti


4 966,0


4 966,0



2 483,0

2 483,0

232 144,0

231 644,0

500,0


Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi boʻyicha JAMI


4 966,0


4 966,0



2 483,0

2 483,0

232 144,0

231 644,0

500,0

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qoʻmitasi

1.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti


2 607,6


2 607,6


1 303,8

1 303,8


837 977,0

837 977,0



Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qoʻmitasi boʻyicha JAMI


2 607,6


2 607,6


1 303,8

1 303,8


837 977,0

837 977,0


Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi

1.

Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti


1 070,0


1 070,0



1 070,0


213 649,9

209 579,9

4 070,0


Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi boʻyicha JAMI


1 070,0


1 070,0



1 070,0


213 649,9

209 579,9

4 070,0

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi

1.

Respublika iхtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi









295 000,0

295 000,0


2.

Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti









62 600,0

62 600,0


3.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti









141 900,0

141 900,0


4.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti









336 000,0

336 000,0


5.

Gemotologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti









118 000,0

118 000,0


6.

Respublika immunologiya ilmiy markazi









763 000,0

763 000,0



Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi boʻyicha JAMI









1 716 500,0

1 716 500,0


       

*) Parametrlar 1 kv.m.ning hisoblangan qiymati: ob’yektlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha - 1300 ming soʻm, kapital ta’mirlash boʻyicha koʻpi bilan 700 ming soʻm boʻlishini hisobga olgan holda ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.


Izoh:

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qoʻshma takliflari asosida, ajratilayotgan mablalardan rejali va ratsional foydalanishni ta’minlashni inobatga olgan holda Dastur parametrlariga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 1 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 6 noyabr, 44-son, 1109-modda