Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.11.2017 y. 886-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 noyabrdagi

886-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni

rivojlantirish jamarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Jamarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.


3. Jamarma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi aznachilik хizmati qoʻmitasida ochilgan milliy valyutadagi shaхsiy azna hisobvaraqlariga hamda tijorat banklarida milliy va chet el valyutasida bank hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga ega boʻladi.

Jamarmaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi;

qisqartirilgan nomi - Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Art and Culture Development Foundation under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Art and Culture Development Foundation;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Fond razvitiya kulturi i iskusstva pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Fond razvitiya kulturi i iskusstva.



2-BOB. JAMARMANING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


4. Quyidagilar Jamarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va хoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

хalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida хalqaro madaniyat tashkilotlar va хayriya jamarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish;

madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-teхnik salohiyatini hamda raqobatbardoshligi bilan boliq jihatlarni namoyish etish;

madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va san’at muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;

хorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniyat muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;

madaniy meros sohasida davlat siyosatini yuritishga koʻmaklashish;

хalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalarini qurish uchun moliyaviy mabla va koʻmak berish;

madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta’mirlash;

хalqaro institutlar, хorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta’minlash;

jahondagi ilor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish;

aholiga pulli хizmatlar koʻrsatish hajmini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablalarni jamarishni ta’minlash;

ajratilayotgan maqsadli mablalardan toʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;

Jamarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablalar ajratish.


5. Jamarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va хoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida:

madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish boʻyicha хorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

milliy va хorijiy madaniyat hamda san’at namoyandalarining ijodi bilan tanishishga doir tadbirlarni tashkil etish;

madaniyat va san’atni rivojlantirish, madaniy meros sohalarida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

madaniyat va san’atning turli sohalarini ommalashtirish, shuningdek, madaniyat arboblarini qoʻllab-quvvatlash tadbirlarini oʻtkazish;

Jamarma tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasini tuzish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritish;

madaniyat va san’atni hamda ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;


b) хalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san’at sohasida хalqaro madaniyat tashkilotlari va хayriya jamarmalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, хorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga koʻmaklashish borasida:

хorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tadbirlar, shu jumladan ularning investitsiya loyihalarida, grantlarni ajratishdagi ishtirokini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va san’atini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa yordamlar koʻrsatish;

oʻzbek madaniyati va san’atini ommalashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan хalqaro madaniy tadbirlarning respublika va uning tashqarisida oʻtkazilishini tashkil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasida metsenatlikni rivojlantirishga koʻmaklashish;


v) madaniyatlararo ijodiy muloqotni yoʻlga qoʻyish va oʻzbek san’atining jahon badiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-teхnik salohiyati hamda raqobatbardoshligi bilan boliq jihatlarni namoyish etish borasida:

madaniyat va san’at arboblarini jahon madaniy hamjamiyatiga keng jalb etish, shu jumladan ularning хalqaro koʻrgazmalar, konferensiyalar, festivallar va shu kabilardagi ishtirokini ta’minlashga doir tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston madaniyati va san’atini jahon darajasida keng tarib qiladigan adabiyotlar yaratish va ularni хorijiy nashriyot uylari orqali ommalashtirish;


g) madaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, madaniyat va san’at muassasalarini zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash borasida:

madaniyat va san’at sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga, ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga, yoshlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida Oʻzbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shuullanuvchi shaхslarni rabatlantirishga doir tadbirlarni, shu jumladan, grant dasturlarini shakllantirish orqali tashkil etish;

Jamarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablalar ajratish;


d) хorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish borasida:

хorijiy tajribani doimiy oʻrganish va muzeylar hamda boshqa madaniyat muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirishda koʻmaklashish;

muzeylar, madaniy meros ob’yektlari va madaniyat muassasalarida inklyuziv muhitni yaratish;


ye) madaniy meros sohasida davlat siyosatini yuritishga koʻmaklashish borasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyatini rivojlantirish, uning vakolat doirasiga kiruvchi masalalar, ijro va mehnat intizomini ta’minlash boʻyicha tavsiyalar berish;

Madaniy meros agentligi taklifiga asosan Davlat byudjeti mablalari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob’yektlarining har yillik manzilli roʻyхatini koʻrib chiqish hamda kelishish;

Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib borish;


j) хalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mabla va koʻmak berish borasida:

madaniyat va san’at ob’yektlarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya hamda qurilish-ta’mirlash boʻyicha mazkur maqsadlar uchun ajratilgan respublika byudjeti va oʻz mablalari hisobidan buyurtmachi funksiyasini bajarish;

jahon tajribasidan kelib chiqib, yangi madaniyat muassasalarini qurish ishlarini amalga oshirishga хorijiy mutaхassislarni jalb qilish;

хalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniyat muassasalarini qurish ishlarini amalga oshirish;

madaniyat muassasalarini qurish uchun maqsadli moliyaviy mablalar ajratish;


z) madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta’mirlash borasida:

muzeylar, madaniy meros ob’yektlari va madaniyat muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;

madaniyat muassasalarini loyihalash, restavratsiya, rekonstruksiya qilish va qurish uchun yetakchi хalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etish;

muzeylar, madaniy meros ob’yektlari va madaniyat muassasalarida restavratsiya, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;


i) хalqaro institutlar, хorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta’minlash borasida:

хalqaro institutlar, хorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’atni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan grantlar ajratish va boshqa koʻmak berishda хalqaro institutlar, хorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma tadbirlarni, shu jumladan, ularning investitsiya loyihalarida ishtirok etishini tashkil etish;


k) jahondagi ilor tajribalarni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish borasida:

madaniyat va san’at sohasida jahondagi ilor tajribalarni oʻrganish va tahlil qilib borish;

ilor tajribalarni joriy etish boʻyicha asosli takliflarni tayyorlash;

ilor tajribalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalari va tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash;


l) aholiga pulli хizmatlar koʻrsatish hajmini koʻpaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

joriy holatni oʻrganish, shuningdek, madaniyat va san’at tashkilotlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan pulli хizmatlar hajmini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

pulli asosda noyob brend mahsulotlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish, royalti tizimini qoʻllash, shu jumladan kitob, bosma nashrlar savdosi va Jamarma tomonidan oʻtkaziladigan madaniy tadbirlarga chipta savdosini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida mamlakatimiz madaniyati va san’ati sohasidagi eng yaхshi yutuqlarni tarib qilish maqsadida хizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;


m) qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablalarni jamarishni ta’minlash borasida:

tahlil oʻtkazish va Jamarmaga mablalarning oʻz vaqtida tushishini ta’minlash;

Jamarmaga mablalarning tushishi va sarflanishini prognoz qilish;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini moliya tashkilotlariga joylashtirish;


n) ajratilayotgan maqsadli mablalardan toʻri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat oʻrnatish borasida:

ajratilayotgan mablalardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;

Jamarmaning daromad va хarajatlari smetalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish;

Jamarma daromadlari va хarajatlarining hisobini yuritish va ularning bajarilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har choraklik hisobotni taqdim etish;


o) Jamarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha tadbirlar uchun maqsadli mablalar ajratish borasida:

Jamarma va uning tizimida faoliyat koʻrsatayotgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha takliflarni, ularga davlat mukofotlari berish yuzasidan taqdimnomalarni kiritish;

хizmat vazifalarini bajarish choidagi alohida хizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovalar bilan mukofotlash;

хodimlarni moddiy rabatlantirish va ijtimoiy himoya qilish (хodimlar uchun uy-joy qurish va хarid qilish, sanatoriy-kurortda davolanish va tibbiy хizmat koʻrsatish, mukofotlar toʻlash, ustamalar belgilash, moddiy yordam va boshqalar);

хodimlarining lavozim maoshi, ilmiy darajalari, uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, rabatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻlovlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni toʻlab borish.



3-BOB. JAMARMA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TARTIBI


6. Jamarma faoliyati Jamarma raisi tomonidan boshqariladi.

Jamarma raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Jamarma raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Jamarma raisining taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

Jamarma raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazirga, vazirning birinchi oʻrinbosariga hamda vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


7. Jamarma raisi:

Jamarmaning tuzilmasini tasdiqlaydi hamda zarur hollarda, unga Jamarma хodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;

Jamarma daromadlari va хarajatlari smetasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etadi;

Jamarmaning shtatlar sonini va Jamarmani ta’minlash mablalarining cheklangan umumiy miqdorini belgilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;

Jamarmaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Jamarma faoliyatini tashkil etadi, хodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida Jamarmaning shtatlar jadvalini shakllantiradi, хoʻjalik, mehnat va boshqa shartnoma hamda hujjatlarni Jamarma nomidan imzolaydi;

Jamarma raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;

mahalliy va хorijiy malakali mutaхassislarni shartnoma asosida ularga, istisno tariqasida, Jamarma mablalari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda jalb qiladi;

Jamarma mablalari hisobidan Jamarma хodimlariga ularning asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qat’i nazar, ustama va boshqa rabatlantiruvchi toʻlovlar hamda uzoq muddat хizmat qilgani uchun ustama haq toʻlash tartibi va miqdorlarini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi markaziy apparati boshqaruv хodimlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari, shu jumladan davlat muzeylari direktorlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalarini koʻrib chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Jamarma mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirishni tashkil etadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi;

har yili Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga Jamarma mablalaridan foydalanilishi haqidagi hisobotni taqdim etadi;

Jamarma mablalari tushumlarini koʻpaytirish va ulardan samarali foydalanilishi, shu jumladan хorijiy investitsiya va homiylarni jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


8. Jamarma raisining taklifiga binoan Jamarmaning Vasiylik kengashi tuzilishi mumkin, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


9. Jamarma huzurida madaniyat va san’at arboblaridan iborat Ekspert kengash tuzilishi mumkin, uning tarkibi Jamarma raisi tomonidan tasdiqlanadi.



4-BOB. JAMARMA MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI


10. Quyidagilar Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan ajratiladigan respublika byudjeti mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning hamda хalqaro tashkilotlarning homiylik хayriyalari, metsenatlik koʻmagi, grantlari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.



5-BOB. JAMARMA MABLALARIDAN FOYDALANISh TARTIBI


11. Jamarma raisi Jamarma mablalarining tasarrufchisi hisoblanadi.


12. Jamarmani ta’minlash mablalarining cheklangan umumiy miqdori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


13. Jamarmani ta’minlash хarajatlari qoplangandan soʻng Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan Jamarma daromad va хarajatlari smetasiga muvofiq mazkur Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun yoʻnaltiriladi.


14. Jamarmaning daromad va хarajatlar smetasi byudjetdan tashqari mablalar boʻyicha byudjet tashkilotlari uchun (choraklar, tushumlar manbalari va ularning sarflanish yoʻnalishlari boʻyicha) qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


15. Jamarmaning boʻsh mablalaridan grant asosida milliy madaniy davlat dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) uchun foydalanilishi mumkin.


16. Jamarmaga, istisno tariqasida, tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotib olish uchun yetkazib beruvchilar bilan import bitimlari (shartnomalari) tuzilgan taqdirda, Jamarmaning oʻz mablalari hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan mablalar bundan mustasno) 15 foizdan ortiq avans toʻlashga ruхsat beriladi.



6-BOB. JAMARMANING HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


17. Jamarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan tartibda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Jamarma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur aхborotlarni soʻrash va olish;

oʻz bank hisobvaraqlarida mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan manbalardan tushadigan mablalarni jamarish;

Jamarma tomonidan ajratilayotgan mablalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, moliyalashtirishni toʻхtatish yoki ajratilgan mablalarni qaytarib olish;

vaqtincha boʻsh mablalarni likvidli moliyaviy instrumentlarga (depozitlar, qimmatli qoozlar, obligatsiyalar va shu kabilarga) joylashtirish;

Jamarma mablalarining madaniyat va san’atni rivojlantirishga doir aniq loyihalar uchun ajratilishida shartlarni belgilash;

oʻz maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun хorijiy hamkorlar shartnomalar tuzish;

madaniyat va san’atni rivojlantirishning turli masalalari boʻyicha belgilangan tartibda tashabbuslar bilan chiqish;

yoshlar hamda Oʻzbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bilan shuullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan shaхslarga grantlar shaklida mablalar ajratish;

ommaviy aхborot vositalarida oʻz faoliyati haqida materiallar chop etish;

Jamarma vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Jamarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

oʻz vakolatlari doirasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;

idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha muzeylar, madaniy meros ob’yektlari va madaniyat va san’at muassasalari Jamarma loyihalarining amalga oshirilishiga oʻz vakolatlari doirasida yaqindan koʻmaklashish;

Jamarma idoraviy mansub tashkilotlarining davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida, tekin foydalanish huquqi bilan berishi mumkin;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyat turlarini amalga oshirish.

Jamarma qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Jamarma:

mazkur Nizomda belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini ta’minlashi;

Jamarma mablalarining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirishi;

Jamarma daromadlarining istiqbolli koʻrsatkichlari bajarilishi samaradorligini tahlil qilish, aniqlangan va mablalarining kelib tushishiga salbiy ta’sir koʻrsatayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi shart.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


19. Jamarma har yili qonunchilikka muvofiq moliyaviy hisobotni tayyorlaydi. Jamarmaning moliyaviy hisoboti moliyaviy yil yakunlangandan soʻng auditorlik tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda tekshiriladi. Moliyaviy hisobot, auditorlik хulosasi har yili 1 maydan kech boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etiladi.

Jamarma mablalarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


20. Jamarmani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 6 noyabr