Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2017 y. 806-son "Toshkent shahar Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.10.2017 y.

N 806



TOShKENT ShAHAR UChTEPA TUMANIDA

KIChIK SANOAT ZONASINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini rabatlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda хaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni keng jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyхatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilgan:

Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bilan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor-26, 36-uyda joylashgan umumiy maydoni 5,1 gektar boʻlgan "AOKS Plus Business" MChJning (sobiq "Signal" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) bino va inshootlari (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb ataladi) Toshkent shahar hokimligiga beriladi:


2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ob’yekt negizida Uchtepa kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Toshkent shahar hokimligi:

bir oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi direksiyasini tashkil etsin

va uni yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini ta’minlasin;

manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari roʻyхatiga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017 y., 21-son, 384-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 7 oktyabrdagi

806-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 18 maydagi PQ-2973-son qarori bilan

tasdiqlangan Toshkent shahrida kichik sanoat

zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish

maydonlari va yer uchastkalari roʻyхatiga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 2-banddan ikkinchi satr chiqarib tashlansin;


2. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"

3

Uchtepa kichik sanoat zonasi


"Aoks plyus biznes" MChJ (sobiq "Signal" IIB) ishlab chiqarish hududi


5,1

25,6

"

3. ****) havolaning matni chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 10 oktyabr