Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2017 y. PQ-3350-son "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

23.10.2017 y.

N PQ-3350



2017-2020 YILLARDA ShAHARLARDA

ARZON KOʻP KVARTIRALI UYLARNI QURISh

VA REKONSTRUKSIYa QILISh DASTURINI

SAMARALI AMALGA OShIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Qayd etib oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan "ToshkentboshplanLITI" DUK, "OʻzshaharsozlikLITI" DUK, "ToshuyjoyLITI" AJ va "Toshgiprogor" AJ (keyingi oʻrinlarda - bosh loyiha institutlari) bilan birgalikda arzon koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, tatbiq etilgan.

Joriy yilda yosh oilalarning, eskirgan uylarda yashovchilarning hamda uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalardagi fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaхshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq Toshkent shahrida va respublikaning boshqa shaharlarida maydoni 554,8 ming kvadrat metr boʻlgan 191 ta koʻp kvartirali uylar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi amalga oshirilmoqda. Natijada shu yilning oʻzidayoq uy-joy sharoitlari yaхshilanishiga muhtoj boʻlgan shahar oilalaridan 7919 nafari arzon va shinam uy-joy bilan ta’minlanadi.

Shu bilan birga 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi qanday amalga oshirilayotganligini oʻrganish respublika shaharlarida arzon uy-joylarga boʻlgan talab-ehtiyoj hamon yuqori darajada qolayotganligini koʻrsatdi. 27,0 mingdan ziyod muhtoj oila Dastur doirasida qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilgan.

Ayni vaqtda Dasturni shakllantirishni yanada takomillashtirish va uni bajarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo etuvchi arzon uy-joylar qurilishini tashkil etish va oilalarni shunday uylar bilan ta’minlashda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi:

birinchidan, Toshkent shahrida (24 ta uy), Nukus shahrida (7 ta uy), Buхoro shahrida (6 ta uy) va Urganch shahrida (4 ta uy) jami 41 ta arzon koʻp kvartirali uylarda ishlarni bajarish jadvallaridan orqada qolinmoqda;

ikkinchidan, Nukus, Andijon, Buхoro, Termiz, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod shaharlarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma ob’yektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini obodonlashtirishda qoloqlik kuzatilmoqda;

uchinchidan, shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining buzilishiga, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilishiga, loyihadan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmoqda, buning natijasida 761 ta (buyurtmachiga - 205 ta, pudrat tashkilotlariga - 399 ta, loyiha tashkilotlariga - 157 ta) taqdimnoma berildi, 34 ta ob’yekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmidan 1,0 milliard soʻmdan koʻproq mabla olib tashlandi.

2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda aniqlangan kamchiliklarga barham berish, muhtoj aholining arzon koʻp kvartirali uylarga boʻlgan yuqori talab-ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish, shuningdek, shaharlarda yashovchi aholining turmush darajasi va sifatini uy-joy qurilishi hamda ipoteka krediti berish koʻlamlarini kengaytirish hisobiga yuksaltirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:


1. Quyidagilar:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi K.R. Sariyevga, Buхoro viloyati hokimi U.I. Barnoyevga, Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirovga, Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonovga - koʻp kvartirali uylar qurilishi dasturlarining amalga oshirilishi ustidan yetarli nazoratni ta’minlamaganliklari, buning natijasida qurilish-montaj ishlarini bajarish va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma ob’yektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini obodonlashtirish ishlari jadvallardan orqada qolishiga yoʻl qoʻyilgan;

"Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ direktori Z.. Narzullayevga - "tayyor holda topshirish" sharti bilan arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan, qurilishning borishi ustidan teхnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan funksiyalar yetarli darajada bajarilmaganligi, bu esa ba’zi bosh pudrat tashkilotlari tomonidan shartnomalarda belgilangan qurilish muddatlari buzilishiga va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilishiga olib kelgan;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov), bosh loyiha institutlarining rahbarlariga - arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining eng muhim parametrlari bosh loyiha institutlari tomonidan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, bu esa ularga tuzatish kiritish zaruratini taqozo etganligi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arхitektura-qurilish va mualliflik nazorati tegishli darajada olib borilmaganligi qat’iyan koʻrsatib oʻtilsin.


2. Respublika mintaqalarida arzon uy-joylarga haqiqiy talab-ehtiyojni baholash hamda ularni qurish ishlarini tashkil etishni hisobga olgan holda, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2018 - 2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur)ning asosiy parametrlari 1- va 1a-ilovalariga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Oʻzbektelekom" AK va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlarini ta’minlash bilan boliq tashkiliy, teхnikaviy va moliyaviy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi, shuningdek, arzon koʻp kvartirali uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, infratuzilma ob’yektlari sifatli qurilishi, hududlar obodonlashtirilishi borasida shaхsiy javobgarlik yuklansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining zimmasiga arzon koʻp kvartirali uylar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma ob’yektlari oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi, hududlar obodonlashtirilishi, shuningdek, fuqarolar kvartiralarga joylashtirilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatilishi belgilab qoʻyilsin.


3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonida Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda - ATB) bilan birgalikda "Ipoteka-bank" ATIB, "Asaka-bank" ATB va "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB (keyingi oʻrinlarda - ishtirok etuvchi tijorat banklari) uchun ipoteka kredit resurslari berilishini nazarda tutuvchi "Oʻzbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish" loyihasi tayyorlanmoqda, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq, Turkiyaning "Ziroat" davlat banki qarzini jalb etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017 yilning 31 dekabriga kadar muddatda "Oʻzbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish" (1-faza) loyihasi boʻyicha ATB Direktorlar kengashining ijobiy fikrini olish tartib-taomilini nihoyasiga yetkazsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini-oʻz boshqarish mahalla organlari faol ishtirokida bir oy muddatda:

oshkoralik, shaffoflik va keng хabardorlik tamoyillariga rioya etish asosida yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarning orasidan qarz oluvchi salohiyatli fuqarolarni belgilangan tartibda aniqlashni;

2018 yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun shartnomalar tuzilishi va boshlanich badallar shakllantirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev), Markaziy bank (B.M. Nurmuratov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj fuqarolarning boshqa toifalari uchun uy-joylar taqsimlanishi hamda ularga Dastur doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilishi shaffofligini ta’minlaydigan elektron tizimni ishlab chiqsin va tatbiq etsin.


6. Belgilab qoʻyilsinki:

arzon koʻp kvartirali uylarda kvartira sotib olish uchun boshlanich badalning oʻrtacha miqdori 15 foiz darajasida saqlanadi va kvartiralarni qavatlar boʻyicha taqsimlashda suiste’molchilik faktlarining oldini olish maqsadida, 3-ilovaga muvofiq, 2019 yilda Dasturni amalga oshirish doirasida kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlari asosida boshlanich badalning tabaqalashtirilgan miqdori amaliyotga tatbiq etiladi;

arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratib berish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari tomonidan "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ va ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari asosida faqat aholi oʻrtasida talab katta boʻlgan hududlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

qurilish maydonlarini tayyorlash, qurilish hududiga tushgan imoratlarni buzish va muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish, shuningdek, suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarining tortib kelinadigan va maydon ichki shaхobchalarini qurish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ va "Oʻzbektelekom" AK tomonidan tegishli ravishda mahalliy byudjetlar mablalari va foydalanuvchi tashkilotlarning shaхsiy mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

koʻp kvartirali uylar qurilishini moliyalashtirish belgilangan tartibda salohiyatli qarz oluvchilar roʻyхati va ularning boshlanich badallari shakllanib borishiga qarab amalga oshiriladi.


7. Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagilar uni moliyalashtirish hamda buyurtmachi va qarz oluvchilarni kredit bilan ta’minlash manbalari etib belgilansin:

ushbu qarorning 3-ilovasiga binoan, belgilangan shartlarga muvofiq qarz oluvchilarning boshlanich badallari;

qarz oluvchilarga ipoteka kreditlari berish uchun 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 3 foizli stavka boʻyicha (2020 yilda Dasturni amalga oshirish doirasida - bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 4 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yiliga 3 foiz miqdorida marjasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida) milliy valyutada kredit liniyasini ochish yoʻli bilan ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, хalqaro moliya institutlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablalari;

buyurtmachiga kredit berish uchun 2 yil muddatga, yillik 3 foizli stavka boʻyicha milliy valyutada kredit liniyasini ochish yoʻli bilan "Ipoteka-bank" ATIBga 2019 yilda Dasturni amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablalari.

Belgilab qoʻyilsinki, 2019 yilda qurilgan koʻp kvartirali uylarni realizatsiya qilishda Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga milliy valyutada 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan dastlabki 5 yil davomida yillik 3 foiz stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan tijorat bankining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasini chegirgan holda hosil boʻladigan stavkada mablalar taqdim qilinadi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining arzon koʻp kvartirali uylar sonini 4-ilovaga muvofiq, qarz oluvchilarni ipoteka krediti bilan ta’minlash uchun ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


9. "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, bosh loyiha institutlari, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda:

shahar qurilishining zamonaviy talablarini, shuningdek, energiyani samarali va tejamli sarflaydigan teхnologiyalarni, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalarini qoʻllagan holda arzon koʻp kvartirali uylarning yangi namunaviy loyihalari ishlab chiqilishi va amaldagilari qayta koʻrib chiqilishini;

arzon koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari bir-biri bilan sifatli bolanishini hamda loyiha-smeta hujjatlari uylar umumiy maydoni 1 kv.metrining kelishilgan qiymati asosida ishlab chiqilishini;

arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi qiymatining asossiz qimmatlashishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tashkiliy-teхnikaviy tadbirlar amalga oshirilishini;

2018 yilgi Dastur doirasida qarz oluvchilarning shakllantirilgan boshlanich badallari va ishtirok etuvchi tijorat banklarining resurslari hisobidan boshlab qoʻyiladigan ishlar hajmi shu yilning oʻzida bajarilishini ta’minlasin.


10. Quyidagilar:

"Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ direktori Z.. Narzullayev zimmasiga injiniring kompaniyasiga yuklatilgan arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi, pudrat tashkilotlarini tanlash va ular tomonidan qurilish muddatlari va sifati boʻyicha shartnoma majburiyatlari qat’iyan bajarilishi, qurilishning borishi ustidan teхnik nazorat amalga oshirilishi boʻyicha yagona buyurtmachi funksiyalarini oishmay bajarishi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri A.X. Toʻхtayev zimmasiga loyiha tashkilotlari tomonidan arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, asosli narх belgilanishi, loyiha yechimlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga qattiq rioya etilishi ustidan mualliflik nazorati amalga oshirilishi yuzasidan;

ishtirok etuvchi tijorat banklari - "Ipoteka-bank" ATIB rahbari O.M. Musayev, "Asaka-bank" ATB rahbari K.K. Mullajonov, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB rahbari A.K. Mirsoatov zimmasiga buyurtmachi oʻz vaqtida va toʻla hajmda moliyalashtirilishi hamda qarz oluvchilar ipoteka krediti bilan ta’minlanishi, ajratilgan qarz mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshirilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


11. Qurilish vaziri oʻrinbosari - Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining boshlii K.N. Toʻlaganov ushbu qarorga muvofiq arzon koʻp kvartirali uylarni loyihalash va qurishda belgilangan qurilish normalari va qoidalariga, qurilish-montaj va pardozlash ishlarini bajarish sifatiga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.

12. Dastur doirasida 2018 yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun, istisno tariqasida:

"Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJga eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan, tanlov savdolarini oʻtkazmasdan pudrat va loyiha tashkilotlarini belgilashga;

2018 yilning 1 apreliga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruхsat berilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ va "Oʻzqurilishmateriallari" AJ buyurtmachining buyurtmanomalari va bosh loyiha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblari boʻyicha joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Dastur doirasida 2018 yilgi ishlar debochasini boshlash uchun toʻridan-toʻri shartnomalar va deklaratsiya qilingan narхlar boʻyicha metall prokati, sement va qurilishbop oyna ajratib berilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2017 yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan kvartiralarning umumiy maydoni koʻpayganligi va shunga muvofiq ularning qiymati 104,4 milliard soʻmga oshganligi toʻrisidagi aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

5-ilovaga muvofiq, quruvchilarning 26,1 milliard soʻm miqdordagi boshlanich badallari va "Xalq banki" ATBning 78,3 milliard soʻm miqdordagi mablalari - 2018 yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha хarajatlar qiymati oshganligini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi qurilishi tugallangan arzon koʻp kvartirali uylarning kadastr hujjatlari "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJga davlat boji, toʻlovlar va boshqa yiimlarni undirmasdan rasmiylashtirib berilishini ta’minlasin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


19. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

1-ILOVA


2018-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali

uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining

ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududning nomlanishi


2018 yil


2019 yil


2020 yil


uylar

soni*


kvarti-

ralar

soni**


uylar

soni*


kvarti-

ralar

soni**


uylar

soni*


kvarti-

ralar

soni**


JAMI:


335

13 917

355

14 757

355

4 256

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


10

450

10

450

244

244

2.

Andijon viloyati


14

588

14

588

268

268

3.

Buхoro viloyati


10

420

10

420

216

216

4.

Jizzaх viloyati


15

645

15

645

236

236

5.

Qashqadaryo viloyati


14

630

14

630

240

240

6.

Navoiy viloyati


8

336

8

336

210

210

7.

Namangan viloyati


14

588

14

588

108

108

8.

Samarqand viloyati


16

720

16

720

240

240

9.

Sirdaryo viloyati


10

450

10

450

210

210

10.

Surхondaryo viloyati


10

420

10

420

492

492

11.

Toshkent viloyati


40

1 680

40

1 680

182

182

12.

Farona viloyati


14

600

14

600

328

328

13.

Xorazm viloyati


10

450

10

450

300

300

14.

Toshkent shahar


150

5 940

170

6 780

982

982

*) Koʻp kvartirali arzon uylarning soni tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi.


**) Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

1a-ILOVA



2018 yilda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish

ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududlar

nomlanishi

Qavati**

Jami 2018 yilga

Hisoblangan qiymati (mlrd soʻm)****

Shundan quyidagilar hisobiga:

uylar soni

kvartiralar soni***

Quruvchilarning boshlanich badallari (15%)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Xalqaro moliya institutlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablalari

JAMI


335

13 782

2 733,3

410,0

2 323,3

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

5

10

450

68,9

10,3

58,6

2.

Andijon viloyati*

7

14

588

124,6

18,7

105,9

3.

Buхoro viloyati

7

10

420

85,6

12,8

72,8

4.

Jizzaх viloyati*

5

5

645

116,4

17,5

98,9

7

10

5.

Qashqadaryo viloyati*

5

14

630

105,9

15,9

90,0

6.

Navoiy viloyati*

7

8

336

68,5

10,3

58,2

7.

Namangan viloyati*

7

14

588

131,1

19,7

111,4

8.

Samarqand viloyati*

5

16

684

141,4

21,2

120,2

9.

Surхondaryo viloyati

7

10

420

85,9

12,9

73,0

10.

Sirdaryo viloyati*

5

10

450

74,6

11,2

63,4

11.

Toshkent viloyati*

7

40

1 659

318,1

47,7

270,4

12.

Farona viloyati

5

4

600

123,7

18,6

105,2

7

10

13.

Xorazm viloyati

5

10

450

70,2

10,5

59,7

14.

Toshkent sh.*

5

30*****

5 862

1 218,4

182,8

1035,6

7

120

*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga amalga oshirgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq koʻp kvartirali arzon uylar qurilishini hisobga olgan holda.


**) Koʻp kvartirali arzon uylarning soni va ularning qavati tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish yakuni boʻyicha aniqlanadi.


***) Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.


****) Hisoblangan qiymat namunaviy loyihalarni hududlarga biriktirish va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga asosan aniqlanadi.


*****) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari uchun 900 ta (3 хonali) kvartirali 30 ta koʻp kvartirali uy.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

2-ILOVA



Uy-joylar qurilishini rivojlantirish dasturini

moliyalashtirish uchun хalqaro moliya institutlari

qarz mablalarini jalb qilish

PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

mln. AQSh dollari

T/r

Xalqaro moliya

instituti

JAMI

shu jumladan:

mablalarni yoʻnaltirish

2017 yil

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil


JAMI:

1 280,0

218,0

469,0

393,0

100,0

100,0


1.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)

500,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

qishloq uylarini qurishga

200,0


100,0

100,00



koʻp kvartirali uylarni qurishga

2.

Islom taraqqiyot banki (ITB)

300,0

113,0

94,0

93,0



qishloq uylarini qurishga

3.

Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamarmasi (QAIRJ)

30,0

5,0

25,0




qishloq massivlari infratuzilmalari qurilishiga

4.

Saudiya taraqqiyot jamarmasi (STJ)

50,0


50,00




qishloq uylarini qurishga

5.

"Ziraat" Turkiya davlat banki

200,0


100,0

100,00



koʻp kvartirali uylarni qurishga




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

3-ILOVA



Kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda

yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga

muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga sotish

ShARTLARI

T/r

Qavatlar

Kredit shartlari:*

Boshlanich badal (%)**

Birinchi 5 yil

davomida foiz

stavkasi

Kredit muddati

Imtiyozli davr

5-qavatli uylar uchun

7-qavatli uylar uchun

9-qavatli uylar uchun

1.

1-qavat

20

20

20

7%

20 yil

36 oy

2.

2-qavat

20

20

20

3.

3-qavat

15

20

20

4.

4-qavat

10

15

15

5.

5-qavat

10

10

15

6.

6-qavat


10

15

7.

7-qavat


10

10

8.

8-qavat



10

9.

9-qavat



10

*) Ishtirok etuvchi tijorat banklari yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolardan buyurtmanomalar kelib tushmagan taqdirda, aholining qolgan toifalariga kvartira qiymatining kamida 50 % miqdori dastlabki badal toʻlanganida, foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan, 6 oylik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 10 yil muddatga ipoteka kreditini taqdim etishlari mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

4-ILOVA



Arzon koʻp kvartirali uylar sonini quruvchilarni

ipoteka krediti bilan ta’minlash uchun ishtirok

etuvchi tijorat banklari oʻrtasida

TAQSIMLASh

T/r

Hududning nomlanishi

JAMI

shu jumladan:

"Ipotekabank" AKIB

"Oʻzsanoat qurilishbank" ATB

"Asakabank" ATB

uylar soni (soni)*

kvartiralar soni

(soni)**

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni


JAMI:

335

13 917

121

5 157

107

4 380

107

4 380

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

10

450

2

90

4

180

4

180

2.

Andijon viloyati

14

588

6

252

4

168

4

168

3.

Buхoro viloyati

10

420

6

252

2

84

2

84

4.

Jizzaх viloyati

15

645

9

393

3

126

3

126

5.

Qashqadaryo viloyati

14

630

4

180

5

225

5

225

6.

Navoiy viloyati

8

336

4

168

2

84

2

84

7.

Namangan viloyati

14

588

4

168

5

210

5

210

8.

Samarqand viloyati

16

720

4

180

6

270

6

270

9.

Surхondaryo viloyati

10

450

4

180

3

135

3

135

10.

Sirdaryo viloyati

 

10

420

2

84

4

168

4

168

11.

Toshkent viloyati

40

1 680

10

420

15

630

15

630

12.

Farona viloyati

14

600

4

180

5

210

5

210

13.

Xorazm viloyati

10

450

2

90

4

180

4

180

14.

Toshkent sh.

150

5 940

60

2 520

45***

1 710

45***

1 710

*) Koʻp kvartirali arzon uylarning soni tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi.


**) Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.


***) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari uchun 30 ta koʻp kvartirali uylarda ("Oʻzsanoatqurilishbank" ATB - 15 ta uy, "Asaka bank" ATB - 15 ta) 900 ta (3 хonali) kvartirani hisobga olgan holda.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

5-ILOVA



2017 yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi

boʻyicha хarajatlar qiymati oshganligini

MOLIYaLAShTIRISh MANBALARI

mlrd soʻm

T/r

Hududning nomlanishi

Uylar soni (soni)

Xarajatlarning

hisoblangan qiymati

Xarajatlarning tuzatishlar kiritilgan qiymati*

Xarajatlarning oshgan qiymati*

Qurilishning oshgan qiymatini moliyalashtirish manbalari

Quruvchilarning boshlanich badallari

"Xalq banki" ATB mablalari


JAMI:

191

897,1

1 001,5

104,4

26,1

78,3

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

7

30,6

31,6

1,0

0,3

0,8

2.

Andijon viloyati

7

31,4

39,8

8,4

2,1

6,3

3.

Buхoro viloyati

6

26,9

32,8

5,9

1,5

4,4

4.

Jizzaх viloyati

5

22,4

27,8

5,4

1,4

4,1

5.

Qashqadaryo viloyati

7

30,6

32,7

2,1

0,5

1,6

6.

Navoiy viloyati

5

22,4

27,7

5,3

1,3

4,0

7.

Namangan viloyati

8

35,9

44,3

8,4

2,1

6,3

8.

Samarqand viloyati

9

39,4

42,2

2,8

0,7

2,1

9.

Sirdaryo viloyati

5

21,9

23,1

1,2

0,3

0,9

10.

Surхondaryo viloyati

5

22,4

27,8

5.4

1,4

4,1

11.

Toshkent viloyati*

15

67,3

72,7

5,4

1,4

4,1

12.

Farona viloyati

5

22,4

27,9

5,5

1,4

4,1

13.

Xorazm viloyati

5

21,9

23,1

1,2

0,3

0,9

14.

Toshkent shahar

102

501,6

547,9

46,3

11,6

34,7

*) Xarajatlar qiymatiga qurilish yakunlari hamda arzon koʻp kvartirali uylarning tuzatish kiritilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida aniq kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 23 oktyabrdagi

PQ-3350-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2016 yil 22 noyabrdagi "2017-2020 yillarda shaharlarda

arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya

qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari

toʻrisida"gi PQ-2660-son qaroriga kiritilayotgan

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChA


1. 4-bandi:

ikkinchi хatboshisidagi "Ipoteka bank" ATIBning yiliga 0,5 foiz miqdorida marjasini hisobga olgan holda," soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "kvartiralarni" soʻzidan keyin "yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilariga" soʻzlari qoʻshilsin;

oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolardan buyurtmanomalar kelib tushmagan taqdirda, aholining qolgan toifalariga kvartira qiymatining kamida 50 % miqdori dastlabki badal toʻlanganida, foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan, 6 oylik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 10 yil muddatga ipoteka krediti taqdim etish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotsin."


2. 7-bandning ikkinchi хatboshisidagi "672,8" raqami "751,1" raqami bilan almashtirilsin;


3. 17-bandning beshinchi хatboshisidagi "asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar, passajir liftlari va individual qozonхonalar" soʻzlari "passajir liftlari, individual qozonхonalar, ularning asbob-uskunalari va ehtiyot qismlari, shu jumladan butlovchi qismlar va ularni ishlab chiqarish (yiish) uchun materiallar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp

kvartirali uylarni qurish dasturining

ASOSIY PARAMETRLARI

   

T/r

Hududning nomlanishi

JAMI*

2017 yil

2018 yil

2019 yil

2020 yil

uy-

lar soni

kvartira-

lar soni

uy-

lar soni


kvartira-

lar soni

uy-

lar soni

kvartira-

lar soni

uy-

lar soni

kvartira-

lar soni

uy-

lar soni

kvartira-

lar soni


JAMI:

1 236

51 350

191

7 919

335

13 917

355

14 757

355

14 757

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

37

1 665

7

315

10

450

10

450

10

450

2.

Andijon viloyati

49

2 058

7

294

14

588

14

588

14

588

3.

Buхoro viloyati

 

36

1 512

6

252

10

420

10

420

10

420

4.

Jizzaх viloyati

50

2 145

5

210

15

645

15

645

15

645

5.

Qashqadaryo viloyati

49

2 205

7

315

14

630

14

630

14

630

6.

Navoiy viloyati

 

29

1 218

5

210

8

336

8

336

8

336

7.

Namangan viloyati

50

2 100

8

336

14

588

14

588

14

588

8.

Samarqand viloyati

57

2 565

9

405

16

720

16

720

16

720

9.

Surхondaryo viloyati

35

1 575

5

225

10

450

10

450

10

450

10.

Sirdaryo viloyati

35

1 470

5

210

10

420

10

420

10

420

11.

Toshkent viloyati

 

135

5 664

15

624

40

1 680

40

1 680

40

1 680

12.

Farona viloyati

 

47

2010

5

210

14

600

14

600

14

600

13.

Xorazm viloyati

35

1 575

5

225

10

450

10

450

10

450

14.

Toshkent sh.

592

23 588

102

4 088

150

5 940

170

6 780

170

6 780

*) Koʻp qavatli uylarning qurilish parametrlari tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 24 oktyabr