Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.09.2017 y. 26/6-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.10.2017 y. 2696-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.10.2017 y.

N 2696-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.09.2017 y.

N 26/6


QARORI



Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash

va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash

uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan

foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/5-son qarori (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                    M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash

va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash

uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandda:

yettinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

sakkizinchi хatboshi yettinchi хatboshisi deb hisoblansin.


2. 7-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 11 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 16 oktyabr, 41-son, 1071-modda