Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2017 y. 856-son "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi хaqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.10.2017 y.

N 856



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FANLAR AKADEMIYaSI XAQIQIY A’ZOLARI

(AKADEMIKLARI)NI TANLOV ASOSIDA

SARALASh VA TASDIQLASh TARTIBI

HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etish, shuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollashtirish, хalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erishish, fan va teхnologiyalarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi ilmiy maktablarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta’minlash, olimlar faoliyatini rabatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari institutini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur tashkiliy ishlarni oʻtkazsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqidagi Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanishi va tasdiqlanishini amalga oshirsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralashni oʻtkazish muddatlari va sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, lekin koʻpi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 23 oktyabr