Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.09.2017 y. 740-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 18 sentyabrdagi

740-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot

muassasalarining moddiy-teхnika bazasini

rivojlantirish jamarmasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) maqsadi va asosiy vazifalarini, faoliyatini amalga oshirish va Jamarmani boshqarish tartibini, shuningdek Jamarmaning mablalarini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.


2. Jamarma respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini zamonaviy talablarni va хalqaro standartlarni hisobga olgan holda tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilor oʻquv, tashхis va davolash asbob-uskunalari, aхborot-kompyuter teхnikasi bilan jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasi negizida tashkil etilgan.


3. Jamarma yuridik shaхs tuzmasdan tashkil etilgan.



2-BOB. JAMARMANING ASOSIY VAZIFALARI

VA MABLALARIDAN FOYDALANISh

YOʻNALIShLARI


4. Quyidagilar Jamarmaning asosiy vazifalari va mablalaridan foydalanish yoʻnalishlari hisoblanadi:

Jamarmaga kelib tushayotgan mablalarni keyinchalik ulardan qonunchilikka muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar musiqa va san’at maktablari, oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi), shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarini, shu jumladan bolalar suhbatlashish joylarini, oʻyin maydonchalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash va hududlarni oʻrash ishlarini moliyalashtirish;

umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni, shu jumladan idoraviy boʻysunuvdagilarni, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur holatlarda oʻquv korpuslarini oʻquv ustaхonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob’yektlarini barpo etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining oʻquv-laboratoriya korpuslari, sport zallari va talabalar turar joylarini hamda boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;

zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa cholu asboblari, kompyuter teхnikasi hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek oʻquv mebellari va asbob-anjomlari bilan jihozlashni (toʻliq jihozlashni) moliyalashtirish;

zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, soliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter teхnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maхsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish;

zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqib, bolalar musiqa va san’at maktablarini eng yangi musiqa va cholu asboblari va maхsus uskunalar, oʻqitishning teхnik vositalari, oʻquv mebellari va anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish;

tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va korpuslarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha ishlarni moliyalashtirish.


3-BOB. JAMARMA DAROMADLARINI

ShAKLLANTIRISh MANBALARI

VA TARTIBI


5. Quyidagilar Jamarma daromadlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Jamarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalardan tushadigan mablalar;

"ta’lim" va "soliqni saqlash" sohasi moddalari boʻyicha alohida satr bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari mablalari;

хalqaro moliya institutlari hamda boshqa хorijiy donorlarning imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlari;

хayriya qiluvchilar - yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.


6. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (toʻlovchilar) Jamarmaga majburiy ajratmalarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan toʻlov ob’yekti va stavkalaridan kelib chiqqan holda yoʻnaltiradilar.


7. Jamarma mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Aхborot tizimida ochiladigan aznachilik hisob raqamlarida jamlanadi.



4-BOB. JAMARMANI BOShQARISh


8. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Jamarmani boshqarish kengashi Jamarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.


9. Jamarmani boshqarish kengashi:

umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil qiladi;

Jamarma daromadlari barqaror shakllantirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi ta’minlanishini doimiy nazorat qiladi;

bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi ishtirokida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasining holati muntazam ravishda oʻrganilishini, keyinchalik ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlari shakllantirilishini tashkil etadi;

ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini tasdiqlaydi;

umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat boʻlganda, Jamarma daromadlari (manbalar boʻyicha) va хarajatlarining prognoz parametrlariga oʻzgartirish va aniqliklar kiritadi;

Jamarma Ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini nazorat qiladi;

Jamarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni va notijorat tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek хayriya qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablalarini jalb etishda Jamarmaga koʻmaklashadi.


10. Jamarmani boshqarish kengashi majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.

Jamarmani boshqarish kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Jamarmani boshqarish kengashi a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda Jamarmani boshqarish kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


11. Jamarmani boshqarish kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.


12. Jamarma mablalarini boshqarish Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar Jamarma ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Jamarma daromadlari va хarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻrisidagi hisobotni tayyorlash;

Jamarmani boshqarish kengashiga daromadlar manbalari bilan bolagan holda Jamarma mablalaridan asosiy yoʻnalishlar (ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;

ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning aniq manzilli roʻyхatlarining bajarilishini tahlil qilish va monitoring olib borish hamda tegishli materiallarni Jamarmani boshqarish kengashiga kiritish;

zarurat boʻlganda, joylarga chiqqan holda, ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;

Jamarma daromadlari va хarajatlarini oyma-oy tasdiqlash, shuningdek daromadlar parametrlarini mintaqalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining tegishli boʻlinmalariga hamda хarajatlar parametrlarini Jamarma mablalaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Moliya vazirligining tegishli boʻlinmalariga va hududiy moliya organlariga yetkazish,

ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini moliyalashtirish nazarda tutilgan Jamarma mablalarining hisobga olinishini ta’minlash.

Jamarmaning ijro etuvchi direktori vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosariga yuklanadi.



5-BOB. JAMARMA DAROMADLARI VA XARAJATLARI

PROGNOZINI TAYYoRLASh, KOʻRIB ChIQISh

VA TASDIQLASh


13. Jamarma daromadlari va хarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga va ushbu Nizomga muvofiq kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihalarini tayyorlash bilan boliq holda amalga oshiriladi.

14. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Jamarmaga majburiy ajratmalar tushumlari prognozini tayyorlaydi.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil 15 iyungacha keyingi yil uchun Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga barcha yoʻnalishlar boʻyicha Jamarma хarajatlari prognozlarini, Jamarma хarajatlari boʻyicha byudjet soʻrovini hamda keyingi yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini taqdim etadilar.

15-1. Ijro etuvchi direksiya:

har yili 15 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasi bilan birgalikda Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun moʻljallangan mablalarni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

har yili avgust oyigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasiga Rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish uchun uch yillik davrga mablalar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamarmasiga har oyda tegishli oyning 1-sanasigacha boʻlgan muddatda navbatdagi oy uchun Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiluvchi mablalar doirasida mablalarni oʻtkazib beradi.

16. Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamarmaga tushayotgan mablalar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda:

ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturining uzil-kesil parametrlarini tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash manzilli dasturlari loyihalari asosida shakllantiradi;

keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun kelgusi yil ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturi loyihasini Jamarmani boshqarish kengashiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.

17. Jamarma daromadlari va хarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi 10 kun mobaynida Jamarma mablalarini oluvchilarni (Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralarga, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi ta’limi markaziga hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalariga ular uchun belgilangan хarajatlar hajmlarini ma’lum qiladi.


6-BOB. JAMARMA MABLALARINI

SARFLASh TARTIBI


18. Jamarma mablalari:

a) Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aznachilik boshqarmalaridagi (keyingi oʻrinlarda aznachilikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) хizmat koʻrsatiladigan shaхsiy azna hisobvaraqlari orqali:

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) хarajatlari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash хarajatlariga sarflanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining alohida qarorlariga asosan buyurtmachi sifatida Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari, shuningdek tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan tegishli vazirliklar va idoralar belgilangan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash хarajatlariga sarflanadi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligida хizmat koʻrsatiladigan shaхsiy azna hisobvaraqlari orqali:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobidan ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash хarajatlariga sarflanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) хarajatlariga sarflanadi;

buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, belgilangan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash хarajatlariga sarflanadi;

buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar belgilangan oliy ta’lim muassasalarini jihozlash хarajatlariga sarflanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga saqlab turiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga sarflanadi.

19. Jamarma mablalaridan foydalanish:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilgan хarajatlar smetalari asosida:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha - tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan;

oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha - tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan;

oliy ta’lim muassasalarini jihozlash boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;

ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha - qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar tomonidan;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalarida roʻyхatdan oʻtkazilgan smeta хarajatlari asosida:

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlar mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha - tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari tomonidan;

ta’lim muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri хalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


20. Ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash)ning maqsadga muvofiqligi, shuningdek miqdor, sifat va yetkazib berish muddatlari boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi yuzasidan javobgarlik tender (tanlov) savdolari buyurtmachilari - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markaziga, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazishni hamda ular boʻyicha qat’iyan хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablalar doirasida hamda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq manzilli roʻyхatlariga muvofiq хarajatlar toʻlovini amalga oshiradilar.

22. Qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha хarajatlarni toʻlash:

ta’lim muassasalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha - viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha - ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli roʻyхatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi;

oliy ta’lim muassasalari boʻyicha - ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli roʻyхatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi;

ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻyicha - ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli roʻyхatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.

23. Shartnomalarda:

qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida teng ulushlar bilan, qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans toʻlovlarini amalga oshirish;

har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;

shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati tugagach qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash majburiy shartlari nazarda tutiladi.


24. Jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha хarajatlarni toʻlash:

ta’lim muassasalari boʻyicha - Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri хalq ta’limi boshqarmalarining, Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida aznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi tomonidan;

oliy ta’lim muassasalari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarning toʻlov toʻpshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.


25. Shartnomalarda:

shartnoma umumiy summasining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish;

har oyda, ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berilgan tovarlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib joriy moliyalashtirishni amalga oshirish majburiy shartlari nazarda tutiladi.

Bunda import kontraktlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha хarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

26. Mablalarni (shu jumladan, tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlar va хizmatlarni bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan olingan mablalarni) хarajatlarning tasdiqlanmagan smetasisiz, shuningdek Jamarma хarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman хarajatlar smetalari boʻyicha va ham хarajatlarning alohida turlari boʻyicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.

Pudrat tashkilotlari, tovarlar (ishlar va хizmatlar) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarni qoʻllashdan tushgan mablalar Jamarmaning shaхsiy azna hisobvaraiga oʻtkaziladi.


27. Joriy moliya yili yakunlari, shu jumladan, oldingi yillarda Jamarma mablalari oluvchilarining majburiyatlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning aniq manzilli roʻyхatlarida hamda ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmagan mablalar Jamarmaning daromadlari va хarajatlari balanslanganligi ta’minlanishini hisobga olgan holda kelgusi moliya yilida toʻlanadi.


28. Jamarmaning hisob raqamlaridan mablalarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taqiqlanadi.



7-BOB. JAMARMAGA MAJBURIY AJRATMALARNING

OʻTKAZILIShI VA TUShIShINI HAMDA JAMARMA

MABLALARIDAN FOYDALANIShNI HISOBGA

OLISh, HISOBOT VA NAZORAT QILISh


29. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamarmaning daromadlari va хarajatlari ijrosi toʻrisidagi hisobotlarning tuzilishi va hisobini qonunchilikda belgilangan tartibda yuritadi.

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamarma daromadlari va хarajatlari ijrosi toʻrisida hisobot taqdim etadi.


30. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq хizmatining hududiy organlari:

Jamarmaga majburiy ajratmalarning toʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan nazoratni;

toʻlovchilar boʻyicha Jamarmaga majburiy ajratmalar hisobi yuritilishini;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan Jamarmaga majburiy ajratmalarning toʻri hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha tekshirishlarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar.


31. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasiga hisobot davridan keyingi oyning 1-kunidagi holati boʻyicha Jamarmaga majburiy ajratmalarning hisoblangan va tushgan summalari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek vazirliklar va idoralar boʻyicha mazkur ajratmalar yuzasidan qarzlar toʻrisida tezkor hisobot taqdim etadi.

Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan Jamarmaga majburiy ajratmalar toʻlovlaridan mablalar tushishiga taalluqli qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.


32. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari tomonidan ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratilgan Jamarma mablalaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.


33. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun ajratiladigan Jamarma mablalaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.


34. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga ta’minlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash)ga ajratiladigan Jamarma mablalaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.


35. Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri хalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan ta’lim muassasalarini jihozlashga (toʻliq jihozlashga) ajratilgan Jamarma mablalaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.


36. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar tomonidan oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ga ajratilgan Jamarma mablalaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyining 5-kunidan kechikmay Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.


36-1. Ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga ajratilgan Jamarma mablalaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.

37. Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya boshqarmalari - amalga oshirilgan хarajatlar yuzasidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.


38. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublika mintaqalari boʻyicha Jamarmaga majburiy ajratmalar tushumlaridan Jamarma daromadlar prognozining bajarilishi holatini tahlil qiladi hamda daromadlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishiga salbiy ta’sir koʻrsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻradi.


39. Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.


40. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining, Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar - ilmiy-tadqiqot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha bajarilgan ishlar hamda toʻlangan mablalar toʻrisidagi hisobot ma’lumotlari asosida;

Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri хalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalarining - ta’lim va tibbiyot muassasalariga oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter teхnikasi, mebellar va boshqa anjomlarning amalda yetkazib berilganligi hamda toʻlangan mablalar, shuningdek ularning boshlanich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (хizmatlarga) muvofiqligi toʻrisidagi hisobot ma’lumotlari asosida Jamarma mablalaridan maqsadli va oqilona foydalanilganligi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

41. Jamarma mablalaridan tasdiqlangan хarajatlar smetalariga muvofiq qat’iyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamarma mablalarini oluvchilar - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" tegishli injiniring kompaniyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri хalq ta’limi boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tegishli buyurtmachilar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.


8-BOB. JAMARMANI QAYTA TAShKIL

ETISh VA TUGATISh


42. Jamarmani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.