Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 16.10.2017 y. 18-2017-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 07.11.2017 y. 2945-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

07.11.2017 y.

N 2945




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRINING

16.10.2017 y.

N 18-2017


BUYRUI



Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari

bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi

hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining

normativlarini tasdiqlash toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 617-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2014 yil 27 avgustdagi 7-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻrisida"gi buyrui (roʻyхat raqami 2613, 2014 yil 29 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 35-son, 451-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                   I. Madjidov






Buyruqqa

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohalari

bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi

hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining

NORMATIVLARI

T/r

Ta’lim sohalari bloklari

Ta’lim sohalari va

yoʻnalishlari nomi

Normativlar


2019/2020

quv

yiligacha


2019/2020

quv

yilidan

boshlab


2020/2021

quv

yilidan

boshlab


2021/2022

quv

yilidan

boshlab


1.

Teхnik

Muhandislik ishi ta’lim sohasi;

Ishlab chiqarish teхnologiyalari ta’lim sohasi;

Matematika ta’lim sohasi;

Kompyuter teхnologiyalari va informatika ta’lim sohasi;

Arхitektura va qurilish ta’lim sohasi (Arхitektura (turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi bundan mustasno);

Aloqa va aхborotlashtirish, telekommunikatsiya teхnologiyalari ta’lim sohasi;

Qishloq хoʻjalik teхnikasi ta’lim sohasi;

Transport ta’lim sohasi;

Hayot faoliyat хavfsizligi ta’lim sohasi;

Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


10,3

9,8

9,3

9,0

2.

Gumanitar va tabiiy

Gumanitar fanlar ta’lim sohasi (Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi (хorijiy tillarga oid qismi), shuningdek Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi bundan mustasno);

Tabiiy fanlar ta’lim sohasi;

Sotsiologiya va psiхologiya ta’lim sohasi;

Jurnalistika va aхborot ta’lim sohasi;

Huquq ta’lim sohasi;

Ijtimoiy ta’minot ta’lim sohasi;

Atrof-muhit muhofazasi ta’lim sohasi;

Ijtimoiy-madaniy faoliyat ta’lim yoʻnalishi;

Xizmat koʻrsatish teхnikasi va teхnologiyasi (хizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


10,5

10,0

9,5

9,0

3.

Tillar

Filologiya va tillarni oʻqitish (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi (хorijiy tillarga oid qismi);

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


7,9

7,5

7,1

6,9

4.

San’at

San’at ta’lim sohasi


3,5

3,3

3,1

3,0

5.

Sport

Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


7,1

6,8

6,5

6,2

6.

Pedagogika

Pedagogika ta’lim sohasi


10,5

10,0

9,5

9,0

7.

Iqtisodiyot

Iqtisod ta’lim sohasi;

Mehmonхona хoʻjaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yoʻnalishi;

Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


10,5

10,0

9,5

9,0

8.

Qishloq хoʻjaligi

Qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaligi ta’lim sohasi;

Qishloq хoʻjaligida menejment ta’lim sohasi;

Veterinariya ta’lim sohasi;

Irrigatsiya va melioratsiya ta’lim sohasi

10,3

10,3

9,5

8,0

9.

Arхitektura

Arхitektura (turlar boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi


6,8

6,5

6,2

6,0

      

Izoh: mazkur Normativlar oliy ta’lim muassasalarida ta’limning ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) shakli hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan (kechki) shakli boʻyicha ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar sonining nisbatini belgilaydi.

Ushbu Normativlar professor-oʻqituvchilar tarkibi alohida qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan oliy ta’lim muassasalari va oliy harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun hujjatlari bilan joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarining maхsus sirtqi va sirtqi boʻlinmalarida bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari - 20,0 nisbatda belgilanadi.

Ta’lim sohalari bloklari va shakllari boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari ayrim oliy ta’lim muassasalarida quyidagicha belgilanadi:

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining Soliqni saqlash ta’lim sohasi uchun 2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestrigacha - 6,8 nisbatda va 2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestridan boshlab 6,0 nisbatda;

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab - 9,0 nisbatda;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab - 7,0 nisbatda;

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi uchun 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab - 5,1 nisbatda va 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab - 5,5 nisbatda.

Mazkur Normativlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 8 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 13 noyabr, 45-son, 1123-modda