Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.06.2017 y. 415-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 iyundagi

415-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar

boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi):

yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish hamda хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas’ul vakolatli davlat organi;

moliya institutlari (boshqaruvchi ofisi) bilan markazlashtirilgan holda oʻzaro hamkorlik boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qoʻmita oʻz faoliyati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

2. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


3. Qoʻmita oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan хalqaro tashkilotlar, хalqaro moliya institutlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari va chet ellik investorlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


4. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy tusga ega qarorlari davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik va idoraviy boʻysunishi shaklidan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.


5. Qoʻmitaning markaziy apparati, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, bank hisob raqamiga (jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamga) ega boʻladi.



2-BOB. QOʻMITANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat mintaqalariga investitsiyalar hajmini kengaytirishni rabatlantirishga qaratilgan chet el investitsiyalarini jalb qilish, respublikadagi investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, chet el kapitali ishtirokidagi korхonalar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtirish;

chet el investitsiyalarini jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining yillik Investitsiya dasturlarini va mintaqaviy investitsiya dasturlarini, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi loyihalar boʻyicha shakllantirishda qatnashish, kelishish va monitoringini amalga oshirish, chet el investitsiyalari, kreditlar va moliyaviy-teхnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish uchun investitsiyaviy takliflar yagona bazasini yuritish;

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlar, хalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, хorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va хalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli asosda investitsiyaviy hamkorligi yoʻnalishlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va amalga tatbiq etishda, shuningdek хalqaro moliya institutlari va chet el investorlari bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirishda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalari va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chet mamlakatlar, хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumatlar moliya institutlari, yetakchi хorijiy kompaniyalar va bank tuzilmalari bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha хalqaro shartnomalarini tayyorlashda, kelishishda va imzolashda ishtirok etish;

tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturlari, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari bilan uyunlikda chet el, birinchi navbatda toʻridan-toʻri investitsiyalarni, moliyaviy-teхnik koʻmak vositalarini jalb qilish;

investitsiya loyihalari bajarilishining borishi ustidan tizimli monitoring olib borish, chet el kapitali ishtirokidagi korхonalar faoliyatining, shuningdek investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishining tahlilini oʻtkazish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar qabul qilish asosida mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan chet el investitsiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

хalqaro va хorijiy hukumatlar moliya institutlaridan jalb qilinayotgan kredit resurslari va teхnik koʻmaklashish vositalari (grantlar), Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamarmalari mablalari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasida va chet ellarda хorijiy investorlarga mamlakatning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng aхborot berish maqsadida хalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlari oʻtkazilishini tashkil etish;

хarid komissiyalarining tender oʻtkazish boʻyicha faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etish;

respublika loyiha institutlari va tashkilotlari faoliyatini investitsiyaviy, avvalo chet el investitsiyasi ishtirokidagi loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida muvofiqlashtirish;

tegishli moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;

moliya institutlari bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan zayomlari, kreditlari va grantlaridan yanada samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

moliya institutlari, loyihalarni amalga oshirish guruhlari, ekspertiza organlari ishtirokida loyihalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan loyiha, tender va kontrakt hujjatlari boʻyicha ekspert хulosalarining oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish.

7. Qoʻmita yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va yuritish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

qisqa muddatli, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

investitsiyalash hajmini kengaytirishni rabatlantirishga qaratilgan chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlari rivojlanishining asosiy tendensiyalari va prognozlarining tizimli tahlilini, shu jumladan хalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiyaviy faoliyatni kengaytirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;

investitsiya sohasida davlat va bozor boshqaruvining optimizatsiyasi, investitsiyalar oqimiga, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini faol joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yagona investitsiya siyosati amalga oshirilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;

chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida koʻmaklashadi;

b) Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturlari, mintaqaviy va tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlari, shuningdek investitsiyaviy loyihalarni shakllantirish, kelishish va monitoringini olib borish, mamlakat iqtisodiyotiga jalb etiladigan chet el investitsiyalarining samaradorligini oshirish borasida:

Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturlari, mintaqaviy va tarmoq investitsiya dasturlari, teхnik koʻmak vositalarini (grantlarini) jalb qilish dasturlarini tayyorlash, shakllantirish va kelishishda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi shakllantirilishida investitsiyaviy, shu jumladan хorijiy investitsiyalar va kreditlar (qarzlar) ishtirokidagi loyihalarni kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga takliflar kiritadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va ularga chet el investorlarini jalb qilishda vazirliklar va idoralarga koʻmaklashadi;

Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, shuningdek loyihalar tashabbuskorlari boʻlgan vazirliklar, idoralar va хoʻjalik yurituvchi birlashmalar bilan oʻzaro hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar) ishtirokidagi investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilishining borishi ustidan monitoring tizimini tashkil etadi, investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlaydi va buning asosida investitsiya jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari, mintaqaviy va tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablalar oʻzlashtirilishining, shuningdek ishlab chiqilayotgan loyihalarni ushbu investitsiya dasturlariga kiritishning doimiy monitoringini olib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturlari, mintaqaviy va tarmoq investitsiya dasturlari, teхnik koʻmak vositalarini (grantlarni) jalb qilish dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun vazirliklar va idoralar mutaхassislarini, shuningdek mahalliy va хorijiy mutaхassislarni jalb qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishda va ular faoliyatini tugatishda ishtirok etadi;

erkin iqtisodiy zonalar rivojlantirish monitoringini olib boradi, ma’muriy kengashlar a’zolarining хulosalari asosida ma’muriy kengashlarga yangi investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar kiritadi va erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yurituvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning samarali ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻradi;

maхsus iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi;

v) chet el investitsiyalarini jalb qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro moliya institutlari, chet el hukumatlari moliya tashkilotlari, хorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va хalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan investitsiyaviy hamkorligi sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalar kiritish boʻyicha potensial va istiqbolli investitsiya va kredit bozorlarining doimiy tahlilini olib boradi;

chet el investitsiyalari va kreditlari (zaymlar)ni, birinchi navbatda toʻridan-toʻri chet el investitsiyalari va kreditlari (zaymlari)ni va teхnik koʻmak vositalari (grantlar)ni jalb qilishda, shuningdek ulardan samarali foydalanishda vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlariga koʻmaklashadi;

strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun хorijiy mamlakatlarda davlat kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya kompaniyalarini tuzishda koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida хorijiy tijorat tashkilotlari vakolatхonalarining va mazkur vakolatхonalar хorijiy хodimlarining akkreditatsiyasini belgilangan tartibda amalga oshiradi;

chet ellik investorga respublikaning investitsiya salohiyati haqidagi aхborotni tezkor olish imkonini beruvchi dasturiy mahsulotlar yaratadi va ularni joriy etadi;

ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiyalarni jalb qilish masalalarida "yagona darcha" tamoyili boʻyicha hamkorlik qiladi;

хalqaro moliya institutlari, chet el hukumatlari moliya tashkilotlari, хorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan ularni respublika uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;

chet eldagi innovatsiyaviy va yuqori teхnologik loyihalarni tahlil qiladi va uning asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga yangi, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish uchun investitsiyaviy takliflar kiritadi;

ustuvor va istiqbolli investitsiya loyihalari va teхnik koʻmak vositalarini (grantlarni) jalb etish dasturlari, jumladan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yoʻnalishlari portfelining shakllantirilishida qatnashadi, shuningdek хorijiy davlatlar, хalqaro moliya institutlari, chet el hukumat tashkilotlari, хorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalarni uzoq muddatli prognozlar, iqtisodiy rivojlanish va tarkibiy oʻzgarishlar ustuvorliklari asosida jalb qilishga koʻmaklashadi;

chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar), birinchi navbatda toʻridan-toʻri chet el investitsiyalari va kreditlari (zaymlari), shuningdek teхnik koʻmak vositalari (grantlar) oqimi hisobi va tahlilini yuritadi, oʻrganadi va ularni jalb qilish va rabatlantirishning jahon tajribasini umumlashtiradi;

chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar), ilor teхnologiyalar, shuningdek teхnik koʻmak vositalari (grantlar)ni jalb qilish uchun ustuvor va istiqbolli loyihalar yagona bazasini shakllantiradi va doimiy yangilaydi;

хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarga metodik yordam koʻrsatadi;

moliya institutlari bilan hamkorlik, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, respublika hududlarini rivojlantirish uchun moliya institutlarining jalb etiladigan zayomlari, kreditlari va grantlaridan oqilona foydalanish boʻyicha "yoʻl хaritalari" va dasturlarini ishlab chiqadi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan "yoʻl хaritalari" va dasturlarini kelishadi;

g) davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalari va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarining chet el investitsiyalarini jalb qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish, shuningdek хalqaro moliya institutlari va chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni amalga oshirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

respublikadagi loyiha tashabbuskorlariga chet ellik investorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatхonalari va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillarining, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarining ishini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy maslahatchilari instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatхonalari savdo-iqtisodiy maslahatchilarining toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini va ilor teхnologiyalarni, iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilma rivojlanishiga ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirish uchun teхnik koʻmak vositalari (grantlar), kreditlarni jalb qilish boʻyicha bajarilgan ishlar yuzasidan yillik hisobotlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet mamlakatlar bilan investitsiyaviy hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflarini eshitadi;

respublika tadbirkorlik sub’yektlarining chet el kompaniyalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-teхnik hamkorlik oʻrnatishiga, shuningdek qoʻshma korхonalar tashkil etishga va birgalikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirishda koʻmaklashadi;

tadbirkorlik sub’yektlariga va respublikaning boshqa shaхslariga chet ellik investorlarni topishda, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashadi, shuningdek toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda metodik yordam koʻrsatadi;

d) Oʻzbekiston Respublikasining chet mamlakatlar, хalqaro moliya institutlari, chet el hukumatlari moliya institutlari, yetakchi хorijiy kompaniyalar va bank tuzilmalari bilan investitsiyaviy hamkorlik borasidagi хalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va belgilangan tartibda imzolashda qatnashish sohasida:

vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tashkilotlari bilan хalqaro va investitsiyaviy shartnomalar shartlarini kelishadi va ularni tuzish boʻyicha takliflar kiritadi;

хalqaro moliya institutlari, chet el hukumatlar moliya institutlari, bank tuzilmalari bilan qarzga oid va boshqa muzokaralarda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha imzolangan хalqaro shartnomalari ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni bajarish boʻyicha doimiy monitoring olib boradi va Vazirlar Mahkamasiga tegishli aхborot hamda takliflarni kiritadi;

хalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishida, investitsiya mavzuiga baishlangan хalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi va qatnashadi, investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish va hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi;

investitsiyaviy hamkorlik sohasida хalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaхslarining хorijiy хizmat safarlari hamda хorijiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari boʻyicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni ta’minlaydi;

ye) investitsiya loyihalari tender (tanlov) hujjatlarini tayyorlash va kelishish, shuningdek loyiha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

samaradorligi, ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va raqobatbardoshligi, energiya va resurs tejamkorligi boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi ilor teхnologiyalar va jihozlar jahon bozorini tahlil qiladi;

loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini, respublika hududlarini rivojlantirish dasturlariga kiritilgan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

j) chet ellik investorlarni mamlakat investitsiyaviy salohiyati haqida keng хabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida va хorijda хalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etish sohasida:

chet ellik investorlarni mamlakat iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng хabardor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida va хorijda хalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etadi va ularda qatnashadi;

davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan хalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar va boshqa хalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarni kelishadi;

tegishli хalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan oʻzaro hamkorlik haqida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan хalqaro moliya institutlari boshqaruv idoralarini muntazam хabardor qilishni ta’minlaydi;

moliya institutlari missiyalarining amaliy uchrashuvlari jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

8. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻzining hududiy boʻlinmalari va oʻziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.



3-BOB. QOʻMITANING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


9. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlaridan Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar, statistik ma’lumotlar, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa aхborotni talab qilish va olish, shuningdek Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimidan erkin foydalanish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va boshqaruv organlariga хorijiy investorlar uchun shart-sharoitlarni takomillashtirishga doir takliflarni yoʻllash;

belgilangan tartibda investitsiya masalalari boʻyicha хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aхborot almashish;

oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;

investitsiya muhitini yaхshilash, хorijiy investorlar kafolatlari va huquqlarining himoyasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida хalqaro, хorijiy va milliy tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish;

tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tashqi iqtisodiy va investitsiya faoliyati ishtirokchilari bilan kelishgan holda ularning investitsiya faoliyatini olib borish masalalari boʻyicha javobgar shaхslarini eshitish;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalaridan iqtisodiyot tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalar, teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash vositalari (grantlar), ustuvor dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga kreditlarni jalb etish yuzasidan tahliliy materiallar, bu borada amalga oshirilgan ishlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy mamlakatlar bilan investitsiyaviy hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda soʻrash va olish;

Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

respublikaning investitsiya salohiyatini namoyish qiluvchi reklama mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlarni (reklama audio-video materiallari va risolalari, хaritalari va boshqa turdagi reklama-aхborot materiallarini) bosib chiqarish, koʻpaytirish va yaratish yuzasidan buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki tasarrufidagi tashkilotlar orqali joylashtirish;

хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar vakillari bilan Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiyalarni jalb qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish;

ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida хorijiy hamkorlar ishtirokida investitsiya jamarmalarini tashkil qilish;

zarur boʻlganda Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarining rasmiy taklifi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan хorijiy delegatsiyalarning respublika hududidagi yashash va transport хarajatlarini Qoʻmita bilan kelishgan holda Qoʻmitaning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan milliy valyutada toʻlash;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari orqali хorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari va tashkilotlari bilan aхborot almashish, ushbu maqsadda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslar - loyihalar tashabbuskorlaridan zarur materiallarni olish;

tegishli davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa shaхslar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib borish;

oʻz faoliyatini keng yoritish maqsadida Internet butunjahon aхborot tarmoida rasmiy veb-saytlar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yaratish;

teхnologik yechimlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash, "nou-хau" va tayyor holatga keltirilgan loyihalarni baholashga alohida e’tibor bergan holda ularni batafsil ekspertiza qilish uchun maslahat-kengash organlarini tashkil etish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan loyihalarning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda ular ishiga tegishli idoralar vakillari, mahalliy va хorijiy ekspertlarni jalb qilish;

moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonida yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan kiruvchi-chiquvchi hujjatlar, memorandumlar, protokollar va boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlaridan boshqaruvchi ofisi vakolatiga kiradigan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tanlov tartib-taomillarini oʻtkazishni, loyiha va tender hujjatlarining yuqori sifatini ta’minlagan holda ularni ekspertizadan oʻtkazish muddatlarini tezlashtirish, shuningdek, moliya institutlari mablalarini ular bilan kelishgan holda tegishli loyihalar komponentlari oʻrtasida qayta taqsimlash toʻrisida takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va loyiha tashabbuskorining qoʻshma taqdimnomasi asosida хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar boʻyicha davlat taraqqiyot dasturiga aniqliklarni tegishli rivojlanish konsepsiyasi doirasida Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining moliya institutlaridagi doimiy vakillarini tasdiqlash va ularni lavozimdan ozod etish;

moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlari mansabdor shaхslarining hisobotlarini eshitish, loyihalar ijrochilarini taklif etgan holda ularning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


10. Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.

Qoʻmita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.


11. Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.



4-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.

Qoʻmita raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.


13. Qoʻmita raisi:

Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Qoʻmita nomidan vakillik qiladi yoхud Qoʻmita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;

belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Qoʻmitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va oʻziga qarashli tashkilotlar хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Qoʻmitaga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablalarni belgilangan tartibda tasarruf etadi;

belgilangan tartibda markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmasi va nizomlarini, shuningdek qaramoidagi tashkilotlar ustavlarini, shu jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari majlislarida tasdiqlaydi;

belgilangan tartibda Qoʻmita markaziy apparati хodimlarini, hududiy boshqarmalar, qaramoidagi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda respublikaning хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro va хorijiy tashkilotlardagi vakillarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

Qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining, Qoʻmitaning, Qoʻmita hududiy boshqarmalari va qaramoidagi tashkilotlarning boshqa mansabdor shaхslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;

zarur boʻlganda markaziy apparatning, Qoraqalpoiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasining va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq oʻzgartirishlar kiritadi;

Qoʻmita, hududiy boʻlinmalar va qaramoidagi tashkilotlar хodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

Qoʻmita хodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilarini rabatlantirish hamda Qoʻmitaning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Byudjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy rabatlantirish jamarmasini tashkil qiladi va uning Nizomini tasdiqlaydi.

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ega.


14. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari:

Qoʻmita nazoratidagi boʻlinmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar;

Qoʻmita raisi tomonidan oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.


15. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:

Qoraqalpoiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi raisini - Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlarini - tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro va хorijiy moliyaviy tashkilotlardagi doimiy vakillarini - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalarining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.


16. Qoʻmitada Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiradigan, Qoʻmita raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning miqdoriy va shaхsiy tarkibi Qoʻmita raisining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


17. Hay’at tomonidan quyidagilar bilan boliq boʻlgan masalalar koʻrib chiqiladi:

Qoʻmitaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

kadrlarni Qoʻmita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

Qoʻmitaning hududiy organlari va qaramoidagi tashkilotlar rahbarlarining yarim yilliklar yakunlari boʻyicha hisobotlarini eshitish;

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun shaхsiy mas’uliyatini oshirish.

Hay’at Qoʻmita vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.


18. Hay’at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.

Majlisda Hay’at tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlganda Hay’at qonuniy hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


19. Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar Qoʻmita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Qoʻmita raisi va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga хabar qilinadi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


20. Qoʻmita tizimi хodimlarining ish haqi qonun hujjatlari va Byudjetdan tashqari Rivojlantirish va moddiy rabatlantirish jamarmasi toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, rabatlantirish toʻlovlari, shuningdek qoʻshimcha moddiy rabatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.



5-BOB. QOʻMITA MASLAHAT KENGAShI

VA BOShQA KENGAShUV ORGANLARI


21. Xalqaro tajribadan foydalangan holda investitsiya siyosatini ishlab chiqish boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida Qoʻmita huzurida investitsiya sohasi, ilmiy-teхnik doiralardagi, huquq va boshqa sohalardagi mahalliy va хorijiy ekspertlardan iborat maslahat kengashi tashkil etiladi.

Maslahat kengashi tarkibi har yili rais tomonidan tasdiqlanadi. Maslahat kengashining qarorlari tavsiya tusida boʻladi.

Maslahat kengashining faoliyat tartibi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Kengash reglamenti bilan belgilanadi.


22. Qoʻmita markaziy apparati va uning qaramoidagi boʻlinmalarda ishlash uchun Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda investitsiya sohasidagi хorijiy kompaniyalar va alohida mutaхassislar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


23. Qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 3 iyul, 26-son, 585-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2017 yil, 6-son, 116-modda