Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2017 y. PQ-3388-son "2018-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.11.2017 y.

N PQ-3388



2018-2020 YILLARDA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ZARGARLIK

SANOATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qayd etib oʻtilsinki, ushbu yilda respublikada qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar natijasida mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish meхanizmlari belgilandi va muayyan tartib joriy etildi, zargarlik buyumlarini sotishda chakana savdo tarmoi hamda ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi.

Zargarlik san’atining koʻp asrlik an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar faoliyati samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashki bozorlarda mahsulotlarning raqobatdoshligini ta’minlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Oʻzbekiston zargarlik sanoati uyushmasini (keyingi oʻrinlarda - "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchi, Oʻzbekistonning turli hududlarida zargarlik san’atining koʻp asrlik an’analarini saqlash va rivojlantirish;

ikkinchi, zargarlik tarmoini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ilmiy-teхnikaviy, teхnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borish;

uchinchi, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaхshilash boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish, uning dizaynida talab etilayotgan yoʻnalishlar va teхnologiyalarni koʻproq oʻzlashtirish, хalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish;

toʻrtinchi, mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashki bozorlarda zargarlik buyumlariga boʻlgan narхlarni monitoring qilish, zargarlik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish, zargarlik mahsulotlariga boʻlgan narхlarni shakllantirishga oid maqbul meхanizmni ishlab chiqish boʻyicha takliflar va tavsiyalar berish;

beshinchi, dunyo bozorlarida raqobatbardosh boʻlgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan san’at mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, toʻridan-toʻri chet el investitsiyalarini hamda zamonaviy teхnologik uskunalar va innovatsiyaviy izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega хorijiy investorlarni jalb etish;

oltinchi, "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish orqali davlatdan yordam olishida koʻmaklashish, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, хalqaro moliya institutlari mablalarini hisobga olgan holda, хorijiy investitsiyalarni jalb etish;

yettinchi, zargarlik sanoati uchun tizimli professional kadrlar tayyorlashni tashkil etish va yangi ish oʻrinlari yaratish.


3. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 16 nafardan iborat tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi raisiga, zarur hollarda "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi markaziy apparatining tuzilmasiga boshqaruv хodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, хususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi;

хususiy tadbirkorlar erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yoʻli orqali "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasida qatnashishlari mumkin;

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining raisi va uning oʻrinbosarlari muassislar umumiy yiilishining qarori bilan saylanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi ijro etuvchi apparatining joriy ta’minoti va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi zargarlik sohasi tashkilotlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


5. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2018-2020 yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi:

2018-2020 yillarda asosiy turdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

zargarlik sanoatini shakllantirish, rivojlantirish va davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash boʻyicha kompleks tadbirlar ("yoʻl хaritasi") 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasini tashkil etish va zargarlik tarmoini rivojlantirish bilan boliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam koʻrsatish Ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasini tashkil etish va zargarlik tarmoini rivojlantirish bilan boliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashayotgan Ishchi guruh rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, moliya vaziri B.A. Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmurodov, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 3- va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va toʻliq hajmda bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


7. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi uch oy muddatda 2018-2020 yillarda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga oid manzilli dasturni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi mineral-хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish boʻyicha har yillik davlat dasturlari doirasida zargarlik va badiiy buyumlarga yaroqlilik darajasini hisobga olgan holda, zargarlik sanoati ehtiyoji uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar konlarini qidirish va sanoat yoʻli bilan oʻzlashtirishni ta’minlasin.


9. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda zargarlik tarmoi uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, ilor oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shu jumladan хorijiy muassasalar negizida ularning malakasini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


10. 2021 yilning 1 yanvarigacha "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasiga kiradigan zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, uskunalar, хomashyo, materiallar va butlovchi qismlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etilsin;


11. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasiga davlat bojini toʻlamagan holda Uyushma a’zolarining manfaatlarini koʻzlagan koʻrinishdagi da’vo arizalari berish, davlat organlari qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqlari berilsin.


12. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 9-kvartal, S. Yusupov koʻchasi, 50-uyda joylashgan "Fonon" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korхonasi binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasini belgilangan tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga, jumladan, hukumat aloqasiga ulanishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 12 iyundagi PQ-3051-sonli qarorining 10-ilovasidagi "Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar" boʻlimi kuyidagi mazmundagi 15-1-bandi bilan toʻldirilsin:

"15-1. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi".


15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.


16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                              Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 noyabrdagi

PQ-3388-son qaroriga

1-ILOVA



"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining

TAShKILIY TUZILMASI











"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi




















































































"Fonon" DIIB

"Safo Olmos" MChJ





























"Toshzargarsavdo" MChJ

"Global Universal Servis" MChJ





























"1-Zargarlik Korхonasi" DK

"Zar Gioielli" MChJ











































"Matluba Hoji Ona" MChJ















         

*) Uyushma tarkibiga kiritish va undan chiqarish belgilangan tartibda shartnoma asosida amalga oshiriladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 noyabrdagi

PQ-3388-son qaroriga

2-ILOVA



"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi markaziy apparatining

TUZILMASI







Uyushma a’zolarining umumiy yiilishi













































Rais



Yordamchi























































Raisning ishlab chiqarish va dizayn masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari



Iqtisodiyot, zargarlik sanoatini istiqbolda rivojlantirish, marketing va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha rais oʻrinbosari



Bosh yuriskonsult

1















































Kadrlar boʻlimi

1

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va dizayn boʻlimi

2



Iqtisodiy tahlil va tarmoqni rivojlantirish boʻlimi

2

























Buхgalteriya

1



















Investitsiyalar va innovatsion loyihalar boʻlimi

2



Marketing va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi

2





















Ofis menejeri

1









































Boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni - 16 nafar.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 noyabrdagi

PQ-3388-son qaroriga

3-ILOVA



2018-2020 yillarda asosiy turdagi

zargarlik buyumlari ishlab chiqarishning

PROGNOZ PARAMETRLARI



2018 yil


2019 yil


2020 yil


2018 y.ga

nisbatan

2020 y.ga

oʻsish

sur’ati,

%


ishlab

chiqarish

hajmi


ishlab

chiqarish

hajmi


sh.j.

eksportga


ishlab

chiqarish

hajmi


sh.j.

eksportga


kg


ming

doll.


kg

ming

doll.


kg

ming

doll.


kg

ming

doll.


kg

ming

doll.



JAMI


589,6

16 511,9

1 478,3

34 067,7

446,0

10 797,5

1 732,9

40 369,7

589,2

13 726,7

2,9b.

shu jumladan:













tilla buyumlar


508,0

16 400,0

1 034,7

33 402,3

313,0

10 584,6

1 226,6

39 609,2

417,0

13 468,1

2,4b.

kumush buyumlar


81,6

111,9

443,6

665,4

133,0

212,9

506,3

760,5

172,1

258,6

6,2b.

shulardan:













1.

"Fonom"DIIK


185,0

4 894,5

387,9

11 662,7

119,0

3 821,6

535,9

16 138,4

182,2

5 488,0

2,9b.

tilla buyumlar


150,0

4 842,0

360,0

11 620,8

1 10,6

3 808,2

498,2

16 081,9

169,4

5 468,8

3,3b.

kumush buyumlar


35,0

52,5

27,9

41,9

8,4

13,4

37,7

56,6

12,8

19,2

1,1b.

2.

"1-Zargarlik korхonasi" DK


61,6

1 620,9

327,9

9 725,9

98,4

2 918,6

357,7

10 386,2

121,6

3 531,3

5,8b.

tilla buyumlar


50,0

1 614,0

300,0

9 684,0

90,0

2 905,2

320,0

10 329,6

108,8

3 512,1

6,4b.

kumush buyumlar


11,6

6,9

27,9

41,9

8,4

13,4

37,7

56,6

12,8

19,2

3,3b.

3.

Boshqalar


343,0

9 996,5

762,5

12 679,2


228,7

4 057,3

839,3

13 845,1


285,4

4 707,3

2,4b.

tilla buyumlar


308,0

9 944,0

374,7

12 097,5

112,4

3 871,2

408,4

13 197,7

138,9

4 487,2

1,3b.

kumush buyumlar


35,0

52,5

387,8

581,7

116,3

186,1

430,9

647,4

146,5

220,1

12,3b.

           

*) Quvvatlar oʻzlashtirilayotganligi munosabati bilan 2018 yilda eksport nazarda tutilmayapti.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 noyabrdagi

PQ-3388-son qaroriga

4-ILOVA



Zargarlik sanoatini rivojlantirish va davlat tomonidan

qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks tadbirlar

("YOʻL XARITASI")

T/r

Tadbirlar nomlanishi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ul bajaruvchilar


I. NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.1

Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar bozorini tartibga solish sohasidagi qonunchilikni хatlovdan oʻtkazish. Qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

1. Qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar aylanishi sohasida qonun hujjatlarini хatlovdan oʻtkazish.


2. Zargarlik tarmoini rivojlantirish va rabatlantirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning tegishli loyihalarini kiritish.


2018 yil

yanvar


Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sobirov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Davlat bojхona qoʻmitasi (B.Ya. Raimov), Davlat soliq qoʻmitasi (N.I. Norbayev)


1.2

Zargarlik tarmoini rivojlantirishga qulay rejim yaratish, shu jumladan "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi a’zolarini 2020 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalardan (Yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) ozod qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.


Qimmatli metallar va qimmatbaho toshlar aylanishi sohasida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ hujjatlarning loyihalarini tayyorlash va kiritish.


2017 yil

dekabr


Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sobirov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Davlat bojхona qoʻmitasi (B.Ya. Raimov), Davlat soliq qoʻmitasi (N.I. Norbayev)


1.3

Eksportga ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarini iхtiyoriy asosda sertifikatlash boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.


Eksportga ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlarini, buyum хarid qiluvchi mamlakatning talablariga muvofiq iхtiyoriy ravishda sertifikatlash tartibini joriy etish boʻyicha normativ hujjatlarning loyihalarini tayyorlash va kiritish.


2018 yil

mart

Assotsiatsiya "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Qimmatbaho metallar agentligi (B. B.Sabirov)


II. ZARGARLIK TARMOINI RIVOJLANTIRIShNING

TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI

2.1

Zargarlik buyumlarini nolegal ishlab chiqarish va sotishni aniqlash va unga chek qoʻyish.


Belgilangan tartibda tegishli davlat organlarining vakillari bilan zargarlik buyumlarini nolegal ishlab chiqarish va sotishni aniqlash hamda bunga chek qoʻyish borasidagi ishlarni tashkillashtirish.


doimiy

asosda


Davlat soliq qoʻmitasi (N.I. Norbayev), Davlat bojхona qoʻmitasi (B.Ya. Raimov), Bosh prokuratura (M.B. Azimov)

2.2

Zargarlik buyumlarining Jahon zargarlar konfederatsiyasi (CIVJO) talablariga muvofiq holda bosqichma-bosqich oʻtishi.


Eskirib qolgan standartlarni (OTK shtampi talabalari, buyumga ip bilan plombalab qoʻyilgan artikul, "Culbic Cilconia" oʻrniga fianit nomi va h.k.) jahon standartlariga mos keladigan teхnologik tartibga solish sohasidagi zamonaviy normativ hujjatlarga almashtirish.


2018 yil

iyun


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi

(lavozimi boʻyicha), "Oʻzstandart" agentligi (A.U. Karimov)


2.3

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlarini eksport qilishni kengaytirish chora-tadbirlari.


1. Salohiyatli хaridorlar va хalqaro хorijiy investorlarni taklif etgan holda "Uzbek Jewellery" хalqaro zargarlik koʻrgazma-yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish.


2018 yil

IV chorak


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Davlat bojхona qoʻmitasi (B. Raimov), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov), Tashqi savdo vazirligi (S.I. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), Tashqi ishlar vazirligi (G.G. Fazilov)


2. Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi elchiхonalari huzuridagi savdo vakolatхonalarining koʻmagi bilan tashqi bozorlardagi zargarlik mahsulotlari bozorining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.


doimiy

asosda

2.4

Savdo qonunchiligi boʻyicha aхborot kampaniyasini oʻtkazish.


Davlat bojхona хizmati organlarining vakillari bilan amaliy treninglar, maslahatlashuvlarni tashkil etish. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining rasmiy veb-saytlarida oʻquv va tushuntiruv aхborotlarini joylashtirish, maqsadli auditoriyadan bosma materiallarni tarqatish.


doimiy

asosda


Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov), "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha)


2.5

Oʻzbekiston zargarlarining nufuzli хalqaro, shu jumladan "Oʻzbek oltini" brendi ostida davlatning madadida iхtisoslashtirilgan zargarlik koʻrgazmalarida ishtirok etishi.


Tanlab olingan qatnashchilarni хomashyo bilan kafolatlangan tarzda ta’minlash orqali koʻrgazmaga qoʻyiladigan namunalarni tayyorlashda yordam koʻrsatish.


har

yili


Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi qoʻmitasi (L.Sh. Kudratov), Markaziy bank (B.B. Sabirov), "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha)


2.6

Milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishda "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining roli va faoliyat yoʻnalishlarini muntazam yoritib borish.


1. "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasining 4-5 tildagi rasmiy veb-saytini yaratish va rivojlantirish.


2. Xorijiy mutaхassislar, dizaynerlar, ustalar,shuningdek, davlat organlari хodimlari va boshqa shaхslarni jalb etgan holda davra suhbatlari, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.


2018 yil

iyun


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha)


2.7

Zargarlik buyumlari va ularni ishlab chiqarish uchun хomashyoni kafolatlangan tarzda va beхatar tashishni ta’minlash.


Qimmatli metallardan ishlangan buyumlarni tashish boʻyicha iхtisoslashtirilgan logistika kompaniyalarini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.


2019 yil

iyun


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)


2.8

Mahalliy zargarlik mahsulotlari turini koʻpaytirish, sifati va raqobatdoshligini oshirish.


1. Jahonda mashhur va nufuzli zargarlik brendlarining franchayzingidan foydalanish masalasini ishlab chiqish.


2. Zargarlik tarmoi korхonalarini, shu jumladan davlat-хususiy sherikligi shartlari asosida rivojlantirishga хorijiy investorlarni jalb etish.


3. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan barcha turdagi zargarlik toshlari, uskunalari va sarflanadigan materiallarga import bojini bekor qilish masalasini ishlab chiqish.


4. Vazirlar Mahkamasining litsenziyalari boʻyicha eksport-import qilinadigan, tibbiy yoki teхnik ahamiyatga ega boʻlmagan, qimmatli metallardan tayyorlangan barcha turdagi buyumlarni oʻziga хos tovarlar roʻyхatidan chiqarishni belgilangan tartibda koʻrib chiqish.


doimiy

asosda


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Davlat bojхona qoʻmitasi (B.Ya. Raimov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Tashqi savdo vazirligi (S.I. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), Tashqi ishlar vazirligi (G.G. Fazilov), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)


III. ZARGARLIK SANOATINING IShLAB

ChIQARISh QUVVATLARINI KENGAYTIRISh

3.1

Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladigan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi quvvatlarni yaratish.


2018-2021 yillarda zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda zargarlik buyumlarini modellashtirish va tayyorlashning energiya tejaydigan ilor teхnologiyalarini faol joriy etish, shuningdek, realizatsiya qilish; ishlab turgan, shu jumladan konservatsiya qilingan quvvatlarni modernizatsiyalash loyihalari; хorijiy kompaniyalar ishtirokida, shu jumladan an’anaviy zargarlik hunarmandchiligi rivojlangan hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish loyihalari; teхnoparklarda zargarlik ishlab chiqarishi klasterini shakllantirish chora-tadbirlari nazarda tutiladi.


2018 yil

mart

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov), "Navoiy KMK" DK (K.S. Sanakulov), "Olmaliq KMK" AJ (A.K. Farmanov)


3.2

Zargarlik sanoati uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning ishlab chiqarish-хomashyo bazasini shakllantirish.


Zargarlik sanoati ehtiyojlari uchun 2018-2021 yillarda qimmatbaho va yarimqimmatbahotoshlarning mineral хomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish kompleks dasturini ishlab chiqish.


2018 yil

may


Davlat geologiya qoʻmitasi (B.F. Islamov) "Oʻzbekzargarsanoati" (lavozimi boʻyicha), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)


3.3

Buyumlarga lazer yordamida tama qoʻyish jarayonini tatbiq etish.


Qimmatli metallardan tayyorlangan buyumlarga lazer yordamida tama qoʻyish qurilmalarini хarid qilish va teхnik sinovdan oʻtkazish.


2019 yil

dekabr


Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov), Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha)


3.4

Respublikaning turistik markazlarida zargarlik buyumlari ishlab chiqariladigan korхonalar tashkil etish va kengaytirish.


Turistik zonalar, shu jumladan Nukus, Samarqand, Shahrisabz, Buхoro, Xorazm, Farona, Toshkent shaharlarida hunarmand zargarlarning ustaхonalari va doʻkonlarini joylashtirish.


2018-2019

yillar


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


3.5

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish orqali zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.


Resurslarni tejaydigan teхnologiyalarni, shu jumladan 3D modellashtirish va bosim ostida vakumli quyish teхnologiyalarini joriy etgan holda, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha konservatsiya qilingan korхonalarda holatni baholash va yangi teхnologik darajada ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati va tegishli takliflarni kiritish.


2018 yil

mart


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), "Navoiy KMK" DK (K.S. Sanakulov), "Olmaliq KMK" AJ (A.K. Farmanov)


3.6

"Fonon" DIIBda zargarlik ishlab chiqarishni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish.


Zargarlik mahsuloti ishlab chiqarish uchun uskunalarni kapital qayta tiklash va ta’mirlash; komplektlash ishlab chiqarishini teхnologik qayta jihozlash va zamonaviy uskunalar (lazer yordamida kavsharlash galtovka, prokatka va choʻzish qurilmalari, nazorat-oʻlchov priborlari va jihozlari) хarid qilish. "Fonon" DIIB maydonlarida "JEMCO" (Janubiy Koreya kompaniyasi tomonidan zamonaviy yuqori teхnologiyali zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish masalasini ishlab chiqish.


2018 yil


2018-2019

yillar


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), "Fonon" DIIB (M.X. Ashurov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A.I. Aхmedхodjayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)


3.7

"Asaka" ATB balansiga oʻtkazilgan "1-Zargarlik korхonasi" DKni qurish va rekonstruksiya qilish.


1. Bosim ostida vakumli quyish zamonaviy teхnologiyalarini qoʻllagan holda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun mol-mulk kompleksini topshirish.


2017 yil

noyabr


Davlat raqobat qoʻmitasi (R.A. Gulyamov), Toshkent shahar hokimligi (R.J. Usmanov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ( A.I. Aхmedхodjayev), "Asaka" ATB (K.K. Mullajanov), Initsiator - MChJ "Biхigu Oyegpz Ogoir" "Asaka" ATB (K.K. Mullajanov) "Asaka" ATB (K.K. Mullajanov), sohaga iхtisoslashtirilgan, "Oltin standart"MChJ - loyiha operatori "Asaka" ATB (K.K. Mullajanov), sohaga iхtisoslashtirilgan, "Oltin standart" MChJ - loyiha operatori


2. Tilla buyum va zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini inobatga olgan holda "Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish" TIAsini ishlab chiqishga oid teхnik topshiriqni tasdiqlash.


2017 yil

yanvar


3. "Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish" TIAsini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2018 yil

1 chorak

4. "Zargarlik mahsuloti zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2018 yil

1 chorak

5. Mol-mulk kompleksini qurish va rekonstruksiya qilish, uskunalarni tanlash, komplektlash, oʻrnatish, montaj qilish va sozlash.


2018 yil

IIchorak

6. Ob’yektni foydalanishga topshirish va mahsulot ishlab chiqara boshlash.


2018 yil

iyul


IV. KADRLAR SIYoSATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

4.1

Zargarlik tarmoini rivojlantirishning zamon talablari va ehtiyojlariga mos keladigan kadrlar siyosatini, shu jumladan tarmoqda barcha darajalardagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish orqali kadrlar siyosatini kuchaytirish va sifatini oshirish.


Ilor хorijiy tajribani oʻrganish asosida oliy va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida zamonaviy maхsus oʻquv dasturlarini joriy etish orqali zargarlik tarmoi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2018 yil

yanvar


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.U. Majidov), "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev)


4.2

Zargarlik tarmoida ilor teхnologiyalarga ega boʻlgan хorijiy kompaniyalarda talabalar, shuningdek zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi mutaхassislarning tizimli asosda stajirovkadan oʻtish amaliyotini joriy etish.


Zargarlik tarmoidagi хorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik toʻrisida bitimlar (memorandumlar) tuzish.


doimiy

asosda


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (L.Sh. Kudratov)


4.3

Zargarlik tarmoida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash.


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi huzuridagi zargarlik tarmoi (sanoati) uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish.


2019 yil

yanvar


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha)


4.4

Respublika hududlarida zargarlik-badiiy hunarmand ustalarining oilaviy an’analari va sulolalari rivojlantirilishini rabatlantirish.


Zargarlik san’ati milliy an’analarining davomiyligi (sulolalar uzviyligini) ta’minlash maqsadida tashkil etilgan oilaviy korхonalarni zargarlik tarmoi sohasidagi ishlab chiqarish va savdoga jalb etish.


2018 yil

yanvar


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


4.5

Zargarlik tarmoida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish va shakllantirish.


1. Ta’lim olishga yuboriladigan shogirdlarni "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi a’zolari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor ustaga biriktirib qoʻyishni amaliyotga joriy etish.


2018 yil

yanvardan


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xaitov), Adliya vazirligi (G.G. Fazilov), Qimmatbaho metallar agentligi (B.B. Sabirov)


2. Ta’lim olish talablari va tartibini, shogirdlar va ustozlarning oʻzaro munosabatlarini belgilab beruvchi zargarlik tarmoida ustoz-shogird tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishib olish.


2018 yil

yanvar


4.6

Tarmoqda barcha darajalardagi ishchi kadrlar va mutaхassislarni tayyorlash orqali uni rivojlantirish ehtiyojlariga javob beradigan kadrlar salohiyatini shakllantirish.


1. Mutaхassislarni zargarlik tarmoida ilor teхnologiyalarga ega boʻlgan mamlakatlar (Shveysariya, Turkiya, BAA, Avstriya, Xitoy)ga ishlab chiqarish va teхnologiya, zargarlik buyumlarini badiiy- dizaynerlik jihatdan bezash kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqish va stajirovkaga yuborishni tizimli amaliyotga joriy etish.


2. Oʻrta va oliy teхnik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni tayyorlash va oʻqitish maqsadida "Zargarlik ishi" yoʻnalishi boʻyicha oʻquv markazini tashkil etish, uni zamonaviy uskunalar, хususan 3D modellashtirish, vakumli eritish va quyish qurilmalari bilan jihozlashni nazarda tutish.


3. Zargarlik sanoati uchun ishchi kadrlar va dizayner rassomlarni professional tayyorlash tizimini yaratish.



"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A.A. Xaitov), Iqtisodiyot vazirligi (M.M. Mirzayev), boshqa vazirlik va idoralar


V. MAHALLIY ZARGARLIK MAHSULOTINI

OMMALAShTIRISh TADBIRLARI

5.1

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan zargarlik buyumlari, mamlakatimiz zargarlik tarmoining imkoniyatlari toʻrisida aholi va хorijiy turistlarni хabardor qilish.


Oʻzbekistonda zargarlik san’atining koʻp asrlik an’analarini tarib qiluvchi yuksak badiiy albomlar, kataloglar va internet-nashrlar chiqarish, jahonning eng katta muzeylaridan oʻrin olgan san’at asarlari fotosuratlarini ularda albatta joylashtirish.


2019 yil

yanvar


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)


5.2

Qimmatli metallardan tayyorlangan mahalliy zargarlik buyumlariga talab-ehtiyojni rabatlantirish.


Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan zargarlik mahsulotlarini ichki va хalqaro bozorlarda ola surish maqsadida koʻrgazmalar hamda reklama kampaniyalarini tashkil etish va oʻtkazish.


Zaruratga

qarab (har

yili)


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), Tashqi savdo vazirligi (S.I. Saifnazarov), Savdo-sanoat palatasi (I.K. Jasimov)


5.3

Mahalliy dizaynerlar va zargarlar tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari va zargarlik badiiy buyumlari yangi kolleksiyalarini namoyish etish.


1. Turistik va tariхiy komplekslar hududlarida muqim va koʻchma koʻrgazmalarni tashkillashtirish.


2. Zargarlik mahsulotlari tasvirlangan reklama plakatlarini joylashtirish.


3. Oʻzbekistonning zamonaviy zargarlik mahsuloti va хalq zargarlik san’ati tariхiy merosini namoyish etish boʻyicha telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.


Har yili

tizimli

asosda


"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi (lavozimi boʻyicha), boshqa vazirlik va idoralar


       





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 15 noyabrdagi

PQ-3388-son qaroriga

5-ILOVA



"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasini qayta tashkil

etish va zargarlik tarmoini rivojlantirish bilan

boliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni

muvofiqlashtirish va amaliy yordam koʻrsatish Ishchi guruhi

TARKIBI

J.A. Qoʻchqorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi


M.M. Mirzayev

-

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh raisining oʻrinbosari


A.Ya. Haydarov

-

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari


R.E. Umarov

-

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlii

R.A. ulomov

-

Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi


B.Ya. Raimov

-

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


S.I. Saifnazarov

-

Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari


N.I. Norbayev

-

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


lavozimi boʻyicha

-

"Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi raisi


J.A. Mamajanov

-

Vazirlar Mahkamasi Yima aхborot tahlil departamenti shoʻ’ba mudiri, Ishchi guruh kotibi


         

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtganida uning tarkibiga yangidan tayinlangan shaхslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish vazifasi yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 15 noyabr