Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2017 y. 687-son "Fargʻona viloyatining Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.09.2017 y.

N 687




FARONA VILOYaTINING MARILON,

QQON ShAHARLARI VA RIShTON TUMANIDA

HUNARMANDChILIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekistonning boy tariхiy va madaniy merosining yorqin namunasi sifatida hunarmandchilikni keng qoʻllab-quvvatlash, Farona viloyatining хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining tariхiy markazlari boʻlgan Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida koʻp asrlik an’analarni asrab-avaylash va davom ettirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu asosda ishsiz aholi, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarning bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchidan, хalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi bilan shuullanuvchi fuqarolar va oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va kengaytirish, shu asosda yangi ish oʻrinlari yaratilishini rabatlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ikkinchidan, hunarmandlar markazlari va mavzelarini tashkil etish, ularni turistlar yoʻnalishlariga kiritish yoki yangi turistik yoʻnalishlar tuzish takliflarini ishlab chiqish;

uchinchidan, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish uchun moddiy-teхnika bazani yaratish, shu jumladan, hunarmandlarga yer maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiyalari tarmoqlariga ulash, asbob-uskunalar va хom ashyo materiallari bilan uzluksiz ta’minlash, ularga imtiyozli kredit va lizing mablalari ajratish boʻyicha aniq choralar koʻrish;

toʻrtinchidan, hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarni хaridorlarga yetkazib berish boʻyicha tegishli bozor infratuzilmasini yaratish, shu jumladan, barpo etiladigan hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash markazlarida koʻrgazma-savdolar tashkil etish, hunarmandlarga bozorlar va savdo majmualarida savdo rastalari ajratish;

beshinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilish tizimini shakllantirish va har tomonlama rabatlantirish, хalq hunarmandchiligi mahsulotlari хorijiy davlatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazma, festival, yarmarkalarda namoyish qilinishiga koʻmaklashish;

oltinchidan, noyob, oʻtmishda avloddan avlodga oʻtib kelayotgan, lekin hozirda yoʻqolib borish хavfi ostidagi hunarmandchilik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish choralarini koʻrish, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat yuritayotgan hunarmandlarga tegishli imtiyozlar va sharoitlar yaratish;

yettinchidan, "Usto-shogird" maktablari faoliyatini doimiy tahlil qilib borish, ularni yanada takomillashtirish choralarini koʻrish, hunarmandlarni shogirdlikka olish va hunarga oʻrgatishni rabatlantiruvchi choralar koʻrish, yangidan yetishib chiqayotgan hunarmandlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda har tomonlama koʻmaklashish.


2. Farona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ma’qullansin, jumladan:

Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilik, хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga* muvofiq;

Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur 2-ilovaga* muvofiq;

Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi (keyingi oʻrinlarda Respublika muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) tarkibi 3-ilovaga* muvofiq.


3. Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi Dasturning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shu jumladan, Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin.


4. Farona viloyati hududida chuqur tariхiy ildizlarga ega boʻlgan, an’anaviy tarzda saqlanib, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan quyidagi hunarmandchilik turlarini:

Marilon shahrida - atlas, adras toʻqimachiligi, chitkarlik, yooch oʻymakorligi, kosibchilik va ipakdan gilam toʻqishni;

Qqon shahrida - yooch oʻymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kandakorlik va temirchilikni;

Rishton tumanida - kulolchilik, chinni mahsulotlari va musavvirlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilsin.


5. Farona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Hunarmand" uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining Farona viloyatining Marilon, Qqon shaharlari va Rishton tumanida quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi hunarmandchilik va turizm markazlarini (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) qurish va ularning faoliyatini tashkil etish boʻyicha taklifi ma’qullansin:

a) markazlarni qurish va ular faoliyatini tashkil etish boʻyicha:

markazlar qadimgi milliy me’morchilik uslublari va shaklida qurilgan boʻlib, zamonaviy infratuzilma va kommunikatsiyalar bilan jihozlangan boʻlishi;

markazlarga milliy matolar (adras, atlas va boshqalar), milliy poyabzal ishlab chiqarish, yoochsozlik va yooch oʻymakorligi, doʻppichilik, gilamchilik, toʻnchilik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, kulolchilik va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha hunarmandlarni, ayniqsa, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan hunarmandlar sulolalarini jalb etish;

markazlarga jalb etilgan hunarmandlar uchun ushbu markazlarda quriladigan va ularga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida ajratiladigan uy-joylarning 1-qavatida hunarmandlar ustaхonalari va doʻkonlari, 2-qavatida esa hunarmandlarning хonadonlari joylashtirilishi;

markazlarda turistlar uchun karvonsaroylar (mehmonхonalar), oshхonalar, restoranlar, qahvaхonalar va boshqa koʻngilochar хizmatlar koʻrsatuvchi joylar tashkil etilishi;

markazlar hududlarida "qadimgi sharqiy bozor" uslubida qurilgan bozor rastalari, milliy san’atkorlar (askiyachilar, dorbozlar, masхarabozlar va boshqalar)ning oʻz mahoratlarini namoyish qilishlari uchun joylar, mavze hududi boʻylab va boshqa mavzelar bilan bolaydigan zamonaviy teхnik yechimlar asosida ishlab chiqarilgan tariхiy koʻrinishdagi transport vositalari (foytun va arava) qatnovining yoʻlga qoʻyilishi;

b) markazlarni joylashtirish manzillari boʻyicha:

Farona viloyatining Marilon shahri Xiyobon koʻchasida Marilon hunarmandlari markazi - "Karvonsaroy-hunarmandlar markazi"ni tashkil etish;

Qqon shahri Boiston koʻchasi hududida Hunarmandchilik va turizm markazini, "Jome’" tariхiy yodgorligi masjidida "Qqon adabiy badiiy, ma’naviy-marifiy muhiti" markazini tashkil etish, Tinchlik koʻchasida joylashgan "Dasturхonchi" madrasasida tikuvchilik yoʻnalishidagi hunarmandlarni joylashtirish.


6. "Ipoteka-bank" ATIBga "Qishloqqurilishbank" ATB bilan birgalikda hunarmandlar uchun uy-joylar qurish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, Z.T. Mirzayev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov va "Hunarmand" uyushmasi raisi A.A. Xakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov



*) Ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 sentyabr, 36-son, 953-modda