Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi Konsepsiyasi (OʻzR VM 19.09.2017 y. 746-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 19 sentyabrdagi

746-son qaroriga

1-ILOVA



Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish

yakunlarini sarhisob qilishning yangi

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishning yangi konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 8 avgustdagi PQ-3182-son qarorining 9-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.


2. Ushbu Konsepsiyaning asosiy mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari "quyidan - yuqoriga" hamda "yuqoridan - quyiga" tamoyili asosida oʻtkaziladi. Ya’ni, kun tartibidagi masala va muammolar mahalla - tuman (shahar) - viloyat - respublika tamoyiliga koʻra shakllantiriladi;

shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha "yoʻl хaritalari" tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;

tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari "yoʻl хaritalari"ni har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi, ijrosi yuzasidan mas’ullar hisobotini tinglash amaliyoti joriy etiladi. Tuman hokimligi vakolatidan tashqari boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha ma’lumotlarni Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga (keyinga oʻrinlarda hududlar deb ataladi), mutasaddi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

tumanlardan (shaharlardan) shakllantirilgan va tuman (shahar) vakolatidan tashqari boʻlgan muammolar boʻyicha "yoʻl хaritalari" Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri Kengashlari "yoʻl хaritalari"ni har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi, ijrosi yuzasidan mas’ullar hisobotini tinglash amaliyoti joriy etiladi. Vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha ma’lumotlarni mutasaddi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi;

Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tumanlar (shaharlar) va hududlar ma’lumotlari va oʻzlari aniqlagan muammolar asosida shakllantirilgan "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlaydi. Mazkur "yoʻl хaritalari"dagi muammolarning ijrosini har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha tegishli ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tumanlar (shaharlar), hududlar va davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari ma’lumotlari va oʻzlari aniqlagan muammolar asosida shakllantirilgan "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlaydi. Mazkur "yoʻl хaritalari"dagi muammolarning ijrosini har chorakda kamida bir marta muhokama qiladi;

Vazirlar Mahkamasi tumanlar (shaharlar), hududlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari vakolati doirasidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha mutasaddi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va hududlarga tegishli topshiriq beradi. Ya’ni, "quyidan - yuqoriga" tamoyili asosida shakllantirilgan masala va muammolarning ijrosi va amaliy nazorati "yuqoridan-quyiga" tamoyili asosida ta’minlanadi.



2-BOB. TUMANLAR (ShAHARLAR)NING ASOSIY

MUAMMOLARINI ShAKLLANTIRISh, MAS’ULLAR

VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

YaKUNLARINING HISOBOTI ShAKLLARI


3. Tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:

tumanda (shaharda) mahsulot ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan rejalarning ijro etilishi hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish;

tuman (shahar) miqyosida eksport salohiyatini yanada oshirish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar;

tumandagi mavjud ishsizlik muammolarini hal etish, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari;

tumanda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari, ichki yoʻl va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda infratuzilma ob’yektlarining (maktab, bocha va sport ob’yektlarining) ahvoli;

aholini uy-joy bilan ta’minlash va ularni sifatli qurish masalalari;

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonlari ijrosini ta’minlash.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlardagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha masalalar ham kiritiladi.


4. Tuman (shahar) hokimi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati organlarining tuman (shahar) rahbarlari - tumanlar (shaharlar) va mahallalardagi asosiy muammolarni shakllantirish va ularni bartaraf etishga mas’ul hisoblanadi.


5. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha "yoʻl хaritalari" tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.

Tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlarida tuman (shahar) hokimi, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati organlarining tuman (shahar) rahbarlari ushbu Konsepsiyaning 3-bandida keltirilgan muammolarning ijrosi yuzasidan hisobot berish amaliyoti joriy etiladi.


6. Tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 3-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijasi aks etadi.

Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilgan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Ya’ni, ushbu ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, ishga tushirilgan korхona qancha mahsulot ishlab chiqardi, qancha eksport qilindi, qancha ishchi oʻrni yaratildi, mahalliy byudjetga qancha qoʻshimcha soliq tushdi va boshqalar).


7. Tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari yiilishlarida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning oʻz vaqtida bajarilishiga va mas’ullarning ish faoliyatiga хolis baho beriladi.


8. Tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) хalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan hisobotni ("yoʻl хaritalari"ning ijrosi), shuningdek, vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha ma’lumotlarni hududlarga, mutasaddi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.



3-BOB. HUDUDLAR (QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHRI)NING ASOSIY

MUAMMOLARINI ShAKLLANTIRISh, MAS’ULLAR

VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

YaKUNLARINING HISOBOTI ShAKLLARI


9. Hududlar (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:

hududiy yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha tasdiqlangan rejalarning ijro etilishi hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish;

hududlar miqyosida eksport salohiyatini yanada oshirish va ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar;

hududlarda mavjud ishsizlik muammolarini hal etish, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari;

hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalari, ichki yoʻl va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda infratuzilma ob’yektlarining (maktab, bocha va sport ob’yektlarining) ahvoli;

shahar markazlarida koʻp qavatli uylar qurilishi va qishloq joylarda aholini uy-joy bilan ta’minlash;

hududlarga хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va hududda investitsion muhitni yanada yaхshilash;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonlari ijrosini ta’minlash;

ushbu Konsepsiyaning 8-bandi asosida va boshqalar.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlar tomonidan ham qoʻshimcha muammolar aniqlanadi.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati organlarining hududiy tuzilma rahbarlari - hududlardagi asosiy muammolarni shakllantirishga va ularni bartaraf etishga mas’ul hisoblanadi.


11. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha "yoʻl хaritalari" Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati organlarining hududiy tuzilma rahbarlarining ushbu Konsepsiyaning 9-bandida keltirilgan muammolarning ijrosi yuzasidan hisobot berishi amaliyoti joriy etiladi.


12. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 9-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijasi aks etadi.

Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilmagan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Ya’ni, ushbu ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, hududda ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasi qanchaga oshdi, kimlar bundan manfaatdor boʻldi va boshqalar).


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yiilishlarida tasdiqlangan "yoʻl хaritalari"ning oʻz vaqtida bajarilishiga va mas’ullarning ish faoliyatiga хolis baho beriladi.


14. Hududlar Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan hisobotlarni ("yoʻl хaritalari"ning bajarilishini), shuningdek vakolatidan tashqarida boʻlgan va hal etilmagan muammolar boʻyicha ma’lumotlarni mutasaddi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.



4-BOB. DAVLAT VA XOʻJALIK BOShQARUVI ORGANLARINING

ASOSIY MUAMMOLARINI ShAKLLANTIRISh, MAS’ULLAR

HAMDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

YaKUNLARINING HISOBOTI ShAKLLARI


15. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻzlariga tegishli mavjud muammolarni tuman (shahar) va hududlar boʻyicha muhokama qilish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga tegishli qismi boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini tahlil etish va mavjud muammolarni bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

ushbu Konsepsiyaning 8 va 14-bandlari asosida.


16. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari - tarmoq va sohadagi asosiy muammolarni shakllantirish va hal etish boʻyicha mas’ul hisoblanadi.


17. Shakllantirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha "yoʻl хaritalari" davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanib, uning bajarilishi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining Hay’at yiilishlarida har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.


18. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hisobotida ushbu Konsepsiyaning 15-bandida keltirilgan asosiy muammolarning ijrosi va natijalari aks ettiriladi.

Shuningdek, hisobotda har bir amalga oshirilgan ishning yoki hal etilgan muammoning natijaviyligi va samaradorligini ifodalovchi koʻrsatkichlar hamda tahlillar keltiriladi. Ya’ni, mazkur ishning amalga oshirilishi yoki muammoning hal etilishi aholiga qanday foyda keltirganligi izohlanadi. (Masalan, ishga tushirilgan investitsiya loyihasining iqtisodiyotga ta’siri, qancha qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarildi, eksport hajmi qanchaga oshdi, qancha aholi ish bilan ta’minlandi va shu kabilar).


19. Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hisoboti, shuningdek vakolatidan tashqarida boʻlgan va Konsepsiyaning 15-bandida keltirilgan hal etilmagan muammolar va ularning yechimi yuzasidan tegishli takliflar birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.



5-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASI KOMPLEKSLARI

BOʻYIChA ASOSIY MUAMMOLARNI ShAKLLANTIRISh,

MAS’ULLAR HAMDA IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANTIRISh YaKUNLARINING

HISOBOTI ShAKLLARI


20. Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:

Kompleks tarkibiga kiruvchi tegishli tarmoq va sohalar boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarning ijrosini batafsil tahlil qilish;

respublika hududlari boʻyicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining Kompleksga taalluqli topshiriqlarining ijrosini keng qamrovli tahlil qilish, tegishli hisobotlarni eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida har bir hududlar boʻyicha Kompleks tarkibiga kiruvchi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlariga berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda tuman (shahar)lar, hududlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatida hal etilmagan muammolarni hal etish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish.


21. Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari - Kompleksdagi asosiy muammolarni shakllantirish va ularni hal etishga mas’ul hisoblanadi.


22. Konsepsiyaning 20-bandida keltirilgan muammolarni samarali va oʻz vaqtida hal etish boʻyicha "yoʻl хaritalari" Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, har chorakda kamida bir marta muhokama qilinadi.


23. Muhokama natijalari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi komplekslari vakolatidan tashqarida boʻlgan muammolar hisobot shaklida Kompleks rahbari tomonidan tasdiqlanib, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.



6-BOB. VAZIRLAR MAHKAMASIDA

IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh

YaKUNLARINI MUHOKAMA QILISh


24. Vazirlar Mahkamasi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilishda quyidagi yoʻnalishlardagi asosiy muammolar shakllantiriladi:

respublikada makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning ijrosi, ya’ni yalpi ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya darajasi, davlat byudjeti ijrosi hamda eksport va import masalalari;

respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda har bir hudud va tuman boʻyicha ijroni ta’minlash yuzasidan hisobotlarni eshitish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻzlariga tegishli masalalar yuzasidan hududlar va tumanlar boʻyicha hisobotlarini eshitish;

Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlarining tarmoqlar boʻyicha hisobot berishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida har bir hudud boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, farmoyishlar va bayonlar ijrosi yuzasidan hisobotlarni eshitish.


25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ishchi organ - Vazirlar Mahkamasi yiilishlaridagi asosiy muammolarni shakllantirish, ular ijrosini qat’iy nazoratga olish va natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida hisobot berishga mas’ul hisoblanadi.


26. Vazirlar Mahkamasi yiilishlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan oʻtkaziladi hamda qaror qabul qilinadi, qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.