Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 y. 818-son "Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislarini va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2017 y.

N 818



QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI YoShLAR

ITTIFOQI KENGAShI RAISINI, VILOYaT, ShAHAR,

TUMAN KENGAShLARI RAISLARINI VA OʻZBEKISTON

YoShLAR ITTIFOQI MARKAZIY KENGAShI XODIMLARINI

MODDIY RABATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisini, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislarini va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi хodimlarini yanada moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. "Oʻzavtosanoat" AJ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan taqdim etiladigan Markaziy Kengash хodimlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tuman kengashlarining raislari roʻyхati asosida ular tomonidan "Asaka" aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi:

Markaziy Kengash хodimlari, Qoraqalpoiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarining sotib olish uchun zarur boʻlgan avtotransport vositalari miqdorini aniqlash yuzasidan roʻyхatlarini tuzsin;

Markaziy Kengash хodimlarining va Qoraqalpoiston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisining, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarining real ehtiyojini ularning kreditga avtotransport vositasi sotib olishga boʻlgan хohishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniqlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 13 oktyabr