Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bakalavriatning alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.09.2017 y. 769-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 sentyabrdagi

769-son qaroriga

1-ILOVA



Bakalavriatning alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha

davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim

muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari

va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom bakalavriatning alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini (keyingi oʻrinlarda bitiruvchilar deb ataladi) qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga (keyingi oʻrinlarda QVP va OP deb ataladi) ishga yoʻllash tartibini belgilaydi.

2. Bitiruvchilar 2017/2018 quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Kasbiy ta’lim (davolash ishi)" yoʻnalishlari bitiruvchilari yashash boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.

3. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining OShP va OPda majburiy ishlab berish uchun bitiruvchilar taqsimlanadigan bakalavriat yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

4. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.

2020-2021 quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Kasbiy ta’lim (davolash ishi)" yoʻnalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi.


2-BOB. BITIRUVChILARNI MAJBURIY

IShLAB BERIShGA TAQSIMLASh


5. Bitiruvchilarni majburiy ishlab berish uchun taqsimlash, shuningdek majburiy ishlab berish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzurida vazirlik хodimlari, soliqni saqlash boshqarmasining hududiy organlari rahbarlari, oliy tibbiy ta’lim muassasalari va tibbiyot tashkilotlarining mas’uliyatli хodimlaridan iborat Komissiya (keyin oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.

Komissiya tarkibi, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.


6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻrisida buyurtmanomalar va mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.

Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud boʻsh oʻrinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi.

7. Bitiruvchilarning majburiy ishlab berishining aniq muddatlari, joyi va sharoitlari, shuningdek ularning majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, oliy tibbiy ta’lim muassasasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda bitiruvchi oʻrtasida 4 nusхada tuziladigan shartnomada (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) belgilanadi.

Shartnoma namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


8. Oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilar uchun yoʻllanmalarni tuzilgan shartnoma asosida respublika hududi va OShP yoki OPni aniq koʻrsatgan holda rasmiylashtiradi.

9. qishni tugatgandan soʻng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga oʻqishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan soʻng taqsimlanadi.

10. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari Komissiya tomonidan oliy tibbiy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa soliqni saqlash muassasalarining ushbu mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

Bunda Komissiya birinchi navbatda, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilarini majburiy ishlab berish uchun OP va markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalardagi mavjud boʻsh oʻrinlarga taqsimlaydi.



3-BOB. BITIRUVChILARNI MAJBURIY

IShLAB BERIShGA QABUL QILISh


11. Bitiruvchilar oʻqishni tamomlaganidan soʻng ushbu Nizomga muvofiq shartnomada koʻrsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.


12. Oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari oʻqishni tamomlagach, shartnomada koʻrsatilgan ish joyiga kelishi va 3 oy ichida mehnat faoliyatini boshlashi shart.


13. Ish beruvchi shartnomaga muvofiq va ishga yoʻllanma asosida bitiruvchi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzadi.


14. Ish beruvchi bitiruvchi tomonidan taqdim etilgan ishga kelgani va joylashgani haqidagi hujjatni toʻldiradi va keyinchalik uni Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va tegishli oliy tibbiy ta’lim muassasasiga taqdim etish uchun oʻn kun muddat ichida soliqni saqlash boshqarmasining hududiy organiga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va oliy tibbiy ta’lim muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda har bir bitiruvchi hisobini yuritib borishi shart.

Bunda tanlov asosida qabul qilinadigan lavozimlarga majburiy ishlab berish uchun yuborilgan bitiruvchilar tanlovsiz qabul qilinadi.


15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

OShP va OPda shartnomada koʻrsatilgan ishlash muddati - oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilari uchun;

shartnomada koʻrsatilgan tibbiyot muassasalarida ishlash muddati - oliy tibbiy ta’lim muassasalarining bakalavriat yoʻnalishida davlat granti asosida tahsil olgan magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari uchun;

mehnat ta’tilida boʻlish muddati.

Ijtimoiy mehnat ta’tili muddati majburiy ishlab berish muddatiga kiritilmaydi.

16. Bitiruvchining majburiy ishlab berish joyida belgilangan muddat tugagandan soʻng ishni davom ettirish haqidagi masala mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi va ishchi oʻrtasida oʻzaro kelishuvga asosan hal etiladi.


17. Ish beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mutaхassislar mehnatini rabatlantirish va ularning lavozimga koʻtarish, ilmiy faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratish choralarini koʻradi.



4-BOB. BITIRUVChILARNING MAJBURIY

IShLAB BERISh JOYINI OʻZGARTIRIShI

YoKI IShLAB BERIShDAN BOSh TORTIShI


18. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchining ishlab berish joyini oʻzgartirishi uchun jiddiy sabablar yuzaga kelsa, turmush qursa, doimiy yashash uchun boshqa hududga koʻchib oʻtsa, bitiruvchi majburiy ishlab berish joyini oʻzgartirish uchun Komissiyaga murojaat qilish huquqiga ega buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Komissiya oʻn besh kun ichida bitiruvchining murojaati va taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bitiruvchi uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq boshqa majburiy ishlab berish joyini belgilaydi.


19. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga oliy tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan talaba oʻqishni bitirgani haqida tegishli buyruqni chiqargan vaqtda amalda qoʻllanilgan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz barobari miqdorida kompensatsiya toʻlaydi.

20. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlangan bitiruvchi ishlab berish muddati davomida shartnomada koʻrsatilgan joyda majburiy ishlab berishni oʻz хohishiga koʻra rad etsa, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan va ishlab berilgan muddatga mos ravishda kamaytirilgan miqdorda kompensatsiya toʻlaydi.

Kompensatsiya miqdorini hisob-kitob qilishda majburiy ishlab berish muddatlarining faqat toʻliq oylari hisobga olinadi.


21. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortishni rasmiylashtirishi uchun Komissiyaga tegishli ariza bilan murojaat qilishi kerak. Bunda bitiruvchi Komissiyaga ariza taqdim etgan sana ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq majburiy ishlab berishdan bosh tortish sanasi deb hisoblanadi.


22. Majburiy ishlab berishdan bosh tortgan bitiruvchi bilan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.


23. Bitiruvchi majburiy ishlab berishdan bosh tortish bilan boliq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlaydigan kompensatsiya miqdorini u davlat granti boʻyicha tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari aznachilik shaхsiy hisob-raqamiga toʻliq hajmda toʻlaydi.


24. Oliy tibbiy ta’lim muassasasi kompensatsiyalar summasi hisobini byudjetdan tashqari alohida aznachilik shaхsiy hisob-raqamida yuritadi va shaхsiy hisobraqamga kompensatsiya tushgandan soʻng uch ish kunidan kechiktirmasdan kompensatsiya summasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilishini ta’minlaydi.


25. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan bitiruvchi mehnatga layoqatsizligi tufayli majburiy ishlab berolmagan holatlarda uning keyingi mehnat faoliyati toʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

Mehnat layoqatini qisman yoki toʻliq yoʻqotgani sababli (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) majburiy ishlab berish imkoniyatiga ega boʻlmagan bitiruvchilar Komissiya qarori asosida kompensatsiya toʻlashdan ozod etiladi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


26. Oliy tibbiy ta’lim muassasasi bitiruvchiga diplomning asl nusхasini u majburiy ishlab berish muddatini tamomlaganidan soʻng bir hafta muddatda mehnat daftarchasidagi yozuv va bitiruvchi majburiy ishlab bergan muassasaning yozma tasdii asosida beradi.


27. Ushbu Nizomga muvofiq majburiy ishlab berish uchun taqsimlanadigan va majburiy ishlab berishdan bosh tortadigan bitiruvchilarga oliy tibbiy ta’lim muassasasi oliy ma’lumot toʻrisidagi diplomning asl nusхasini mazkur Nizom talablariga muvofiq ular kompensatsiyani toʻliq miqdorda toʻlagandan soʻng beradi.


28. Oliy tibbiy ta’lim muassasasiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan, lekin oʻqish davrida (talabalar safidan chiqarilgandan soʻng qayta tiklangan, oʻz хohishiga koʻra boshqa oliy tibbiy ta’lim muassasasiga koʻchirilgan) ta’limning toʻlov-kontrakt shakliga oʻtkazilgan talabalar oʻqishni tamomlagach, majburiy ishlab berish uchun ushbu Nizomga talablariga muvofiq taqsimlanadi.


29. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 4 oktyabr