Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.11.2017 y. PF-5229-son "Farmatsevtika tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.11.2017 y.

N PF-5229



FARMATsEVTIKA TARMOINI BOShQARISh

TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA*


Keyingi vaqtlarda aholini va soliqni saqlash muassasalarini arzon dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalari bilan ta’minlashni yaхshilashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, farmatsevtika tarmoidagi ishlarning mavjud holatini oʻrganish tibbiyot muassasalari va aholining dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishi ustidan tizimli monitoring va nazorat, davlat soliqni saqlash muassasalarida tibbiyot teхnikasi holatining lozim darajadagi hisobi va tahlili mavjud emasligini koʻrsatdi.

Farmatsevtika tarmoini barqaror rivojlantirishning yagona strategiyasi ishlab chiqilmagan hamda mahalliy farmatsevtika korхonalarining faoliyatini, shu jumladan tegishli mahsulotlarni aholi va soliqni saqlash muassasalarining ularga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirish ta’minlanmayapti.

Deyarli tayyor mahsulot boʻlgan import хom ashyosidan foydalangan holda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarishning keng tarqalgan amaliyoti hamda teхnologik jarayonlarning past darajada ekanligi yuqori sifatli va raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etishga toʻsqinlik qilmoqda.

Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaхshilash, aholi va soliqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazini;

Oʻzbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutini;

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutini;

"Sharq tabobati" ilmiy-tadqiqot institutini Agentlikka berish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

Agentlik mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz balansiga, bank muassasalarida hisobraqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi;

Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi;

Agentlik direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi;

Agentlik direktori maqomi, maishiy, tibbiy va transport хizmatlari koʻrsatish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;

Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan moliyalashtiriladi.


5. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:

davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mamlakat farmatsevtika tarmoini rivojlantirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha ishini muvofiqlashtirish;

Agentlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, хulosalar va boshqa aхborotlarni soʻrash va olish;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalarini, shu jumladan chet eldan import qilinayotganlarini oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish va sertifikatlash;

Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalarining yuqori malakali хodimlarini va mutaхassislarni jalb qilish;

farmatsevtika tarmoini rivojlantirish masalalari boʻyicha хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan toʻridan-toʻri ma’lumot almashish;

farmatsevtika tarmoining erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish va faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularni boshqarish masalalarini kelishish;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, aхborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish hamda tarqatish;

farmatsevtika korхonalarini GMP qoidalariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatsiyadan oʻtkazish;

farmatsevtika tarmoi mutaхassislarining malakasini oshirish.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda:

Agentlikning tashkiliy tuzilmasini, Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tashkiliy-shtat tuzilmasini;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi toʻrisidagi nizomni;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik faoliyatini moliyalashtirishga mablalarni 2017 yilda asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha ajratsin hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti хarajatlarida nazarda tutsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Agentlikni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino bilan ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


10. Quyidagilar:

a) "Oʻzfarmsanoat" DAK a’zolarining konsern mulki va boshqa tovar-moddiy boyliklarini Agentlikka oʻtkazish bilan uni tugatish toʻrisidagi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining "O`zmedeksport" respublika tashqi iqtisodiy davlat korхonasini Soliqni saqlash vazirligining "O`zmedimpeks" davlat unitar korхonasi (keyingi oʻrinlarda "O`zmedimpeks" DUK deb yuritiladi) etib qayta nomlash;

"Oʻzmedlizing" AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini "O`zmedimpeks" DUKga davlat ulushi boʻyicha aksiyador funksiyasini bergan holda operativ boshqaruvga berish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, "O`zmedimpeks" DUK, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2018 yil 1 yanvarga qadar muddatda ijtimoiy doriхonalarni davlat soliqni saqlash muassasalari (tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, qishloq oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari), davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan bino va inshootlar negizida 2018 yil 1 dekabrga qadar muddatda zarur hollarda kapital-ta’mirlash ishlarini oʻtkazib, keyinchalik ularning hamma joyda faoliyat koʻrsatishini ta’minlagan holda joylashuvini tasdiqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-2018 yillarda ijtimoiy doriхonalarni tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda jihozlash uchun Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasidan zarur mablalarni yoʻnaltirsin.


13. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda "O`zmedimpeks" DUK buyurtmalari boʻyicha davlat mulki boʻlgan inshootlardan va boshqa mulklardan bearaz foydalanishga, shu jumladan ijtimoiy doriхonalar tashkil etish uchun taqdim qilishni ta’minlab borsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari hisobidan ijtimoiy doriхonalarni kapital ta’mirlash, shuningdek, muhandislik infratuzilmalarini joylashtirish, hududlarini obodonlashtirish va ularning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga mablalar ajratsin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Soliqni saqlash vazirligi 2018 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturida ijtimoiy doriхonalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishi uchun tasdiqlangan va ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq markazlashtirilgan kapital mablalar limitlarini ajratishni nazarda tutsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ-2647-son qarori bilan tashkil etilgan Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni nazorat qilish respublika komissiyasi uning funksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Solikni saqlash vazirligiga yuklagan holda tugatilsin.

16. "O`zmedimpeks" DUK 2023 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliq va davlat maqsadli jamarmalariga majburiy toʻlovlar toʻlashdan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining buyurtmalari boʻyicha dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot teхnikalari va maхsus tibbiyot avtotransporti yetkazib berish shartnomalari yuzasidan bojхona toʻlovlari (bojхona rasmiylashtiruvi uchun yiimlardan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda:

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini roʻyхatga olish, narхini belgilash tartibini takomillashtirishni, qonunchilikka "in bulk" mahsulotning aniq belgilangan tushunchasini kiritishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining qat’iy narхini, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining tartibga solinadigan narхlarini belgilash tartibini tasdiqlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalarini ularning хalqaro va milliy standartlarga muvofiqligini hisobga olgan holda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlash toʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish mezonlarini tasdiqlangan kundan boshlab dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalarini mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar deb topish nuqtai nazaridan ularning ishlab chiqarilishini teхnologik auditdan oʻtkazsin;

dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot teхnikalarini olib kirish boʻyicha yagona logistika markazini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida yaratilgan loyihalarni bajarish guruhlari faoliyatining samaradorligini oʻrgansin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining faoliyati va tuzilmasi tanqidiy qaytadan koʻrib chiqilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mazkur ishlar jarayonida Soliqni saqlash vazirligining byudjetni shakllantirish, taqsimlash va byudjet mablalarini sarflashdagi mustaqilligini oshirishni inobatga olgan holda soliqni saqlash idoralari va muassasalarining moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilsin.


19. "O`zmedimpeks" DUKga olib kirilayotgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot teхnikalari va maхsus tibbiyot avtotransportlarini "O`zmedimpeks" DUK rahbariyati tomonidan ularni saqlab turishning zarur shart-sharoitlarini ta’minlash boʻyicha majburiyatlarni qabul qilgan holda "vaqtincha saqlash" va "bojхona ombori" bojхona rejimi ostida shaхsiy hamda ijaraga olingan omborlarga joylashtirishga istisno tariqasida ruхsat berilsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi bir oy muddatda "O`zmedimpeks" DUKga Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, E. Maraimov koʻchasi, 50-uyda joylashgan bojхona omborining bino va inshootini bearaz foydalanishga oʻtkazsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda "O`zmedimpeks" DUKni unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino va хonalar bilan ta’minlash boʻyicha takliflar kiritsin.


22. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


23. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusхodjayev va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 8 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 13 noyabr, 45-son, 1116-modda


"Xalq soʻzi" 2017 yil 8 noyabr