Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 y. 737-son "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining moddiy-teхnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.09.2017 y.

N 737




OʻZBEKISTON YoShLAR

ITTIFOQINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni kitoblar bilan ta’minlash tizimini yanada samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda "Oʻzdavkitobsavdota’minoti" MChJning:

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining maydoni 270 kv. m boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Markaz-1, Mustaqillik koʻchasi, 6-uy va maydoni 1650 kv.m boʻlgan Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Markaz-1, Mustaqillik koʻchasi 7-uy manzilida joylashgan binolarini Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi "Kitob olami" MChJning ustav fondiga davlat ulushi sifatida belgilangan tartibda berish;

"Oʻzbekiston", "Oʻqituvchi", oʻafur oʻulom va Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti davlat korхonasi, "Oʻzdavkitobsavdota’minoti" MChJ hamda Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligining "Kitob olami" MChJ ustav fondidagi oʻz ulushlarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga mulk huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

"Kitob olami" MChJ ustav fondi ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binolar hisobiga oshirilishini;

"Kitob olami" MChJning ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi "Kitob olami" MChJ faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan respublikaning barcha hududlarida uning filiallarini ochish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulkidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 15 iyuldagi 193-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi raisi Q.Q. Quranboyev zimmasiga, Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari hamda Madaniyat, san’at va turizmni rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentlariga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2017 y.