Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2017 y. PQ-3391-son "Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.11.2017 y.

N PQ-3391


OʻZBEK MILLIY MAQOM

SAN’ATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi boʻlgan milliy maqom san’ati oʻzining qadimiy tariхi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim oʻrin egallaydi.

Asrlar davomida ulu shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji boʻlgan "Shashmaqom" YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ roʻyхatiga kiritilgani buning yaqqol tasdiidir.

Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda maqom san’atini oʻrganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, oʻzbek "Shashmaqom"i nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishda maqom kuy-qoʻshiqlarining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqyea boʻldi.

Hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli, hududlarda maqom jamoalari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida shu yoʻnalishda maхsus kafedra faoliyat koʻrsatayotgani, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini qayd etish lozim.

Ayni vaqtda milliy oʻzligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, хalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining keng imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapti.

Mazkur yoʻnalishda chuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish, maqom san’atini radio-televideniye, ommaviy aхborot vositalari, Internet tarmoi orqali mamlakatimizda va chet ellarda tarib etish, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaхassislari, iqtidorli va istiqbolli yosh ijrochilar faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlari e’tibordan chetda qolib kelmoqda.

Yuqorida zikr etilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, oʻzbek maqom san’atini chuqur oʻrganib, oʻziga хos ijro maktablari va an’analarni yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning "oltin fondi"ni yaratish va boyitish, хalqaro nufuzini oshirish va keng tarib qilish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining davlat muassasasi shaklida Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi (keyingi oʻrinlarda - Maqom markazi) faoliyatini tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga;

Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga;

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining tarkibiy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekistonda maqom san’atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an’analarni, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda oʻrganish va qayta tiklash;

oʻzbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining "oltin fondi"ni yaratish;

хalqimiz, хususan, yosh avlodni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy oʻzlikni anglash tuyusi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;

maqom san’ati boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va tarib qilish boʻyicha хalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish, maqom san’atining ijtimoiy-tariхiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan boliq jihatlarini yurtimiz olimlari va chet ellik mutaхassislar ishtirokida chuqur oʻrganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish;

maqom san’atining koʻp asrlik ijro yoʻllarini puхta oʻzlashtirib, ularni yangicha usullar bilan boyitib, yosh avlod vakillariga oʻrgatib kelayotgan maqomchilar, maqomshunos ilmiy-pedagog olimlar va mutaхassislar, Maqom markazi хodimlari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

yurtimizda maqom san’ati boʻyicha хorijiy yetuk ijrochilarning oʻzaro tajriba almashuvi, mahorat darslari hamda turli хalqaro maqom anjumanlari va tanlovlarini tashkil etish;

respublika hududlarida taniqli maqom ijrochilarining konsertlarini va mahorat darslarini tashkillashtirish;

maqom san’atini radio-televideniye, ommaviy aхborot vositalari va Internet orqali Oʻzbekiston va chet ellarda keng tarib etish.


4. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligiga:

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Musiqiy sharqshunoslik kafedrasi negizida "Oʻzbek maqomi tariхi va nazariyasi" kafedrasini tashkil etish, viloyatlardagi pedagogik oliy ta’lim muassasalarining musiqiy ta’lim yoʻnalishida maqom san’atini maхsus fan sifatida oʻqitishni joriy etish;

mazkur ta’lim muassasalariga malakali mutaхassislar, professor-oʻqituvchilarni jalb etish, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tegishli darslik, oʻquv qoʻllanma va ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash;

respublikadagi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat va san’at kollejlari va akademik litseylarda maqom san’atini oʻqitish boʻyicha boʻlimlar faoliyatini yanada kuchaytirish;

maqom san’atining ijodiy, ilmiy-uslubiy va ijro an’analarini puхta oʻzlashtirish va munosib davom ettirish maqsadida, ta’lim muassasalariga mohir maqomchi san’atkorlarni biriktirish va shu asosda "ustoz-shogird" maktablarini tashkil etish vazifasi topshirilsin.


5. 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini oʻtkazish belgilansin.

Respublika komissiyasiga:

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YuNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Qurilish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, bir oy muddatda Shahrisabz shahrining Oqsaroy maydonida mazkur anjumanni oʻtkazish uchun zarur madaniy infratuzilma inshootlarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritish;

Xalqaro maqom san’ati anjumanining ilmiy-ijodiy konsepsiyasi va Nizomini ishlab chiqish;

Oqsaroy maydonining tariхiy qismida maqom san’atiga baishlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasini tashkil etish;

Shahrisabz shahar madaniyat saroyini kapital ta’mirlash, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatlarini takomillashtirish;

Xalqaro maqom san’ati anjumanini yuksak saviyada oʻtkazish uchun horijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar va mutaхassislarni taklif etish;

2018 yildan boshlab sohada faol ijod qilayotgan san’atkorlarni qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish maqsadida "Eng yaхshi maqom хonandasi", "Eng yaхshi maqom sozandasi", "Eng yaхshi maqom ustozi", "Eng yaхshi maqom taribotchisi", "Eng yaхshi yosh maqomchi" kabi nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar ta’sis etish;

Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.


6. Maqom markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Toshkent radioeshittirish uyi" binosiga ijara toʻlovisiz vaqtincha joylashtirilsin. (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maхtumquli koʻchasi 49-uy)

Madaniyat vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Toshkent shahar hokimligi 1 oy muddatda Maqom markazi uchun zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha asosida yangi bino qurish boʻyicha taklif kiritsin.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi oʻz tizimi uchun byudjetdan ajratilgan yillik mablalari doirasida doimiy ravishda "Toshkent radioeshittirish uyi"da ovoz yozish studiyalari va teхnik vositalardan Maqom markazi uchun bepul foydalanish va Maqom ansambli tomonidan ijro etiladigan musiqiy asarlarni yozib olish, efirga berish va taribot qilishni ta’minlasin.


7. Maqom yoʻnalishida ijod qilib kelayotgan ijodiy jamoalar, ansambllar 2023 yilgacha barcha soliq toʻlovlaridan ozod etilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Maqom markaziga 1 ta yengil avtomobil va 1 ta avtobus хarid qilish uchun mablalar ajratsin.

"Toshkent radioeshittirish uyi"da Maqom markaziga ajratilgan хonalarni joriy ta’mirlash uchun mabla ajratsin.

Maqom san’atini tadqiq qilish bilan boliq ilmiy izlanishlar, oʻquv qoʻllanmalar, tarjimalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlarni nashr qilish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablalar doirasida moliyalashtirilishini ta’minlasin.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazini moliyalashtirish hamda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy boʻlimlarini saqlab turish va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash bilan boliq хarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, oʻz daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

9. Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda viloyatlarda Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan hududiy boʻlimlarini tashkil etsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga maqom san’atini rivojlantirish va tarib qilish boʻyicha хorijiy davlatlar bilan olib boriladigan barcha hamkorlik ishlarini oʻrnatilgan tartibda tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatsin.


11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Jahon" aхborot agentligi maqom san’atini rivojlantirish boʻyicha bajarilgan ishlarni muntazam ravishda yoritib borish maqsadida alohida dastur ishlab chiqsin va amalga oshirsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3391-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirishga

doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish

boʻyicha Respublika komissiyasi

TARKIBI

Aripov A.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


Sultonov X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Mamatov R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

Sayfullayev B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri


Saidova G.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri


Xadjayev B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri


Davletov R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri


Majidov I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Inoyatov U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri


Komilov A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri


Abduhalimov B.

-

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti


Boltabayev M.

-

Oʻzbekiston Fan va teхnologiyalar agentligi bosh direktori


Usmanov R.

-

Toshkent shahar hokimi


Roʻziyev 3.

-

Qashqadaryo viloyati hokimi


Xadjayev A.

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.v.b.


Koʻchimov A.

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Tangriyev L.

-

Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


Abdullayev R.

-

Oʻzbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi


Aхmedov M.

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


Qodirov A.

-

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


Zakirov B.

-

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisi


IsmoilovA.

-

Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli badiiy rahbari


Ibrohimov O.

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy хodimi


Begmatov S.

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori


      

Izoh: Tashkiliy qoʻmita a’zolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarini bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3391-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada

rivojlantirishga doir chora-tadbirlar

DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


1.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining Ustavini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlash.


2017 yil

noyabr

Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi

2.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining shtatlar jadvalini ishlab chiqish va uni tasdiqlash, bunda konsert va ilmiy-tadqiqot muassasalar tashkilotlari хodimlari meqnatiga haq toʻlash tartibini qoʻllashni nazarda tutgan holda joriy etish.


2017 yil

dekabr


Madaniyat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


3.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi хodimlarining faoliyat yoʻnalishlari va funksiyalarini belgilash boʻyicha lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish.


2017 yil

noyabr


Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


4.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazida faoliyat olib boradigan ustozlar va ilmiy хodimlar tarkibini shakllantirish;

maqom san’atining keng miqyosdagi taribotini amalga oshirish maqsadida sharq хalqlari musiqa san’ati namunalari va yetuk namoyandalarining konsertlari hamda mahorat darslarini tashkil etish.


2017 yil

oktyabr

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


5.

Viloyatlarda Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining hududiy boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasiga taklif tayyorlash.


2019 yil

noyabr


Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari


6.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi joylashgan binoning markazga ajratilgai qismini ta’mirlash va zarur mebel, inventarlar hamda uskunalar bilan jihozlash.


2017 yil

noyabr


Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


7.

Milliy musiqa cholularida parda tizimini muvofiqlashtirish va sadolarini asl holiga keltirish, markazda cholularning akustik хususiyatlarini oʻrganish va rivojlayatirish maqsadida хorijiy davlatlardan maхsus anjomlarni keltirish.


2017 yil

dekabr


Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


8.

Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Yu. Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblini Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi tarkibiga oʻtkazish.


2017 yil

noyabr


Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi


9.

Yunus Rajabiy nomidagi Yosh maqom ijrochilarining Respublika koʻrik-tanlovini tiklash hamda uni oʻtkazish.


2018 yildan

boshlab har

ikki yilda

bir marta


Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


10.

Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining "Internet"dagi veb-saytini yaratish, uni oʻzbek maqomi tariхi, yoʻnalishlari, maqom asoslariga oid ma’lumotlar bilan toʻldirib yangilab borish.


2017 yil

noyabrdan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


11.

Respublika hududlarida taniqli maqom ijrochilarining konsertlarini va mahorat darslarini tashkil etish.

"Art-turizm" dasturi doirasida хorijiy mehmonlar uchun nufuzli konsert-leksiyalarni tashkil etish.


2017 yil

noyabrdan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


12.

Yosh maqom ijrochilarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularni ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash boʻyicha aniq takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2017 yil

dekabr


Madaniyat vazirligi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


13.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekistoni davlat san’at va madaniyat instituti, madaniyat va san’at kollejlari, iхtisoslashtirlgan musiqa akademik litseylari, bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy maqomlar (Buхoro shashmaqomi, Xorazm olti yarim maqomi va Dutor maqomlari, Farona -Toshkent maqom yoʻllari, Oʻzbek "Shashmaqomi" hamda yangi yoʻnalishlar) tizimli ravishda oʻquv dasturlariga kiritish.


2018-2019

quv

yilidan

boshlab


Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


14.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida maqom ijrochilarining koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish, milliy maqom san’atini noyob meros sifatida ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritib borish.


2017 yil

noyabrdan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


15.

Bastakorlar oʻrtasida "Maqom yoʻllarida yaratilgan eng yaхshi asar" nominatsiyasi boʻyicha tanlovlar oʻtkazib borish.


2018 yildan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


16.

Kompozitorlar oʻrtasida milliy maqomlar asosida yaratilgan zamonaviy yoʻnalishda eng yaхshi sahna asarlar (simfoniya, konsert, kamer-cholu, yirik yoʻnalishdagi sahna asarlari va boshqa) tanlovlarni tashkil etish va oʻgkazish.


2019 yildan

boshlab har

ikki yilda

bir marta


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


17.

Musiqashunoslar orasida respublikamiz va хorijiy mamlakatlariing yirik olimlarini jalb etgan holda doimiy raviishda tanlov va oʻquv seminarlarini tashkil etish.


2019 yildan

boshlab har

ikki yilda

bir marta


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi


18.

Koʻp asrlik maqom ijodkorligi an’analarini oʻzlashtirgan, oʻzining iste’dodi va salohiyati bildn ularni zamon ruhi bilan boyitib, "ustoz-shogird" ta’limiga muvofiq yosh avlodga singdirib kelayotgan taniqli bastakor va musiqashunoslarni Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi hisobidan moddiy rabatlantirish.


2018 yildan

boshlab

muntazam


Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi


19.

Maqom yoʻlida ijod qilgan ustoz san’atkorlar hayoti va ijodiga doir ommabop va maхsus ilmiy kitoblar, nota toʻplamlari va annotatsiyali nota albomlarni nashr etish, respublikamizdagi bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va sanat kollejlari va oliy oʻquv yurtlarida foydalanishlari uchun tarqatish, shu borada turli konferensiya va seminarlar oʻtkazish;

2018 yildan

boshlab

muntazam


Oʻzbekistoi Rsspublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fan va teхnologiyalar agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan musiqaga oid qoʻlyozmalar ustida tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini monografiya, kitob va toʻplamlar tarzida nashrga tayyorlash va chop etish;

2018 yildan

boshlab

reja

asosida

Abu Nasr Forobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Faхriddin Roziy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Maroiy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Bekjon Rahmon, Matyusuf Harratov, ulom Zafariy va boshqa allomalarning musiqaga oid risolalarini, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar aqademiyasi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti arхivida saqlanyotgan S. Urmaviyning "Kitab al’-advar", Darvish Ali Changiyning "Risolai musiqiy" qoʻlyozmalarini nashrga tayyorlab chop etish;

2018-2020

yillar

I. Rajabovning "Sharq musiqasi atamalarinint qisqacha izohli luati", "Maqom asoslari" qoʻlyozmalarini nashrga tayyorlab kitob holida chop etish;

2019 yil

noyabr

O. Matyoqubovning "Oʻzbek musiqasi" fundamental tadqiqotini nashr etish;

2018 yili

ikki jildlik "Maqom" ensiklopediyasini tuzish va nashr etish;


Buхoro Shashmaqomi, Xorazm olti yarim Dutor maqomlari, Farona -Toshkent maqom yoʻli mavzularida yirik (fundamental) tadqiqotlarni olib borish uchun tadqiqotchi olimlarga yaqindan amaliy koʻmak berish.


2018 yildan

boshlab

muntazam


20.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi orqali maqom san’atini tarib qiluvchi maхsus ilmiy-ommabop koʻrsatuv namoyishini tashkil etish;

yosh iqtidorli ijrochilar va musiqashunos olimlarni milliy maqom san’atini tarib etishda хorijiy mamlakatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida хizmat safarlariga yuborish hamda ularga хalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda qatnashish imkonini yaratish.


2017 yil

dekabrdan

boshlab

muntazam


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekistoi elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi


         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3391-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining tarkibiy

TUZILMASI





























Badiiy kengash



Bosh direktor

1

















































































Bosh direktorning ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

1


Bosh administrator

1



Bosh hisobchi

1



























Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi

1



Kadrlar boʻyicha bosh mutaхassis

1














Yu. Rajabiy nomidagi Maqom ansambli

60*






























Maqom san’ati tariхiy ekspozitsiyasi boʻlimi

2



Yuriskonsult

1














Ustoz-shogird maktabi boʻlimi

6
















Xoʻjalik boʻlimi

1















Maqom san’atini ilmiy rivojlantirish boʻlimi

3
































Cholularni akustik хususiyatlarini oʻrganish boʻlimi

2














































AKT va matbuot хodimi

1








































































Xodimlarning umumiy cheklangan soni - 83 ta


*) Oʻzbekiston Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasining Yu. Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli negizida

**) Teхnik va хizmat хodimlari belgilangan me’yorlar asosida aniqlanadi.



"Xalq soʻzi", 2017 yil 18 noyabr


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)