Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.11.2017 y. 938-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.11.2017 y.

N 938



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada

qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni

takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzagroteхsanoatхolding" AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 23 noyabrdagi

938-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

3. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mahsulotning (transport vositalaridan tashqari) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar (sinov protokollari, tadqiqot dalolatnomalari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya хulosalari, ekologik ekspertiza хulosasi) berilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim";


b) 23-bandga quyidagi mazmundagi birinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Ma’lum turdagi mahsulotni sertifikatlash maqsadida sinovlar protokolini rasmiylashtirish va berish muddati ushbu turdagi mahsulotni teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan oʻtkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi";

birinchi va ikkinchi хatboshilar tegishli ravishda ikkinchi hamda uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;


v) 27-bandning toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlashtirish organidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.";


g) Nizomga ilovada:

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti sхemasidagi "muvofiqlik sertifikati", "Muddat: 10 kungacha" va "Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati 10 kundan 30 kungachani tashkil etadi" soʻzlari tegishli ravishda "muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish", "Muddat: 3 ish kunigacha", va "Sertifikatlashtirish tartibotining umumiy muddati ushbu turdagi mahsulotni teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadigan uslublarga muvofiq sinovlardan oʻtkazishning umumiy davom etish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


Izohlarning 6-bandidagi "15 ish kunidan" soʻzlari "3 ish kunidan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 9 avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari tomonidan хorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatхonalar, korхonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining хorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojхonada rasmiylashtirish tartibi toʻrisidagi nizomning 6-bandida:


a) ikkinchi хatboshidagi "eksportchining oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar" soʻzlari "eksportchining oʻz mahsulotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"eksportchilarning oʻz mahsulotlari (yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlaridan tashqari) ustav jamarmasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korхona nomiga eksport qilinganda, ushbu bandning oltinchi хatboshi bundan mustasno".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 25 noyabr