Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.12.2017 y. 957-son "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.12.2017 y.

N 957




OʻZBEKISTON BADIIY AKADEMIYaSI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3219-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi:

bir oy muddatda Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi galereyalari toʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;

ikki oy muddatda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ta’sis hujjatlarini qayta koʻrib chiqsin va ularni qonun hujjatlari talablariga moslashtirilishini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 dekabrdagi

957-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 11 martdagi 131-son qarorining 1-bandi, 2-bandining uchinchi - oltinchi хatboshilari, 1 - 3, 3a-ilovalari.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish masalalari toʻrisida" 2005 yil 25 noyabrdagi 264-son qarorining 5-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 11 martdagi 131-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida" 2009 yil 3 iyuldagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009 y., 27-son, 317-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarini tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 27-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 1997 yil 11 martdagi 131-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 28 iyundagi 127-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010 y., 26-27-son, 210-modda).



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 4 dekabr