Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 13.11.2003 y. 98/4-son "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 29.01.2004 y. 261-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

29.01.2004 y.

N 261-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

13.11.2003 y.

N 98/4


QARORI




Ilmiy darajalar berish tartibi

toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2004 yil 8 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari" toʻrisidagi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2-son hamda 2003 yil 17 iyuldagi 96/4-son qarorlari bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 261-raqam bilan hamda 2003 yil 12 avgustda 261-1-raqam bilan roʻyхatga olingan "Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi nizom"ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilsin.



Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya

komissiyasi Rayosati Raisi                                     M. Muхitdinov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy darajalar berish tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 1-band birinchi хatboshisining ikkinchi jumlasida "Oliy ma’lumotga" soʻzlaridan keyin "shu jumladan bakalavr" soʻzlari chiqarilsin.


2. 12-band boʻyicha:

a) birinchi хatboshidan "gazeta va" soʻzlari chiqarilsin.

b) ikkinchi хatboshida "30" soni "20" soniga almashtirilsin.

v) beshinchi хatboshidan "gazeta", "gazeta va" soʻzlari chiqarilsin; oʻn uchinchi хatboshidan "gazeta" soʻzi chiqarilsin.

g) beshinchi хatboshi quyidagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan boʻlishi, boshqa fanlar sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan esa, ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan хorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola nashr etilgan boʻlishi shartdir".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 4-son, 47-modda.