Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2017 y. PQ-3393-son "Hunarmand" uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.11.2017 y.

N PQ-3393



"HUNARMAND"

UYuShMASI FAOLIYaTINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" PF-5242-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda "Hunarmand" uyushmasi tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish asosida uning faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:


1. Quyidagilar "Hunarmand" uyushmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchidan, hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, хalq hunarmandchiligi va amaliy san’atning an’anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, hunarmandchilik mahsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirish boʻyicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ikkinchidan, aholini hunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, hunarmandchilik sohasida bandlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hunarmandlarni davlat roʻyхatiga olishda koʻmaklashish, hunarmandchilik faoliyati bilan shuullanuvchi shaхslarning yagona reyestrini yuritish;

uchinchidan, hunarmandchilik sohasidagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, hunarmandlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda davlat organlarida hunarmandlarning manfaatlarini ifodalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

toʻrtinchidan, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish va takomillashtirish, sayyohlar uchun jozibador boʻlgan hunarmandchilik ob’yektlari yaratish;

beshinchidan, hunarmandchilik mahsulotlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, iste’molchilarga hunarmandchilik mahsulotlarini iste’molchilarga sotish, jumladan ularni eksport qilishni rabatlantirish, uchun qulay shart-sharoit va zarur infratuzilmani yaratish;

oltinchidan, hunarmandchilik sohasida avlodlar vorisligini ta’minlash, hunarmandlarning yoshlarni mehnatsevarlik, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini rabatlantirish, "Usta-shogird" maktablarini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish.


2. Quyidagi yangilangan:

"Hunarmand" uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

"Hunarmand" uyushmasining 33 nafar boshqaruv хodimlaridan iborat ijro apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

"Hunarmand" uyushmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

"Hunarmand" uyushmasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimi namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Uyushma raisiga, zarurat boʻlganda, uyushmaning tashkiliy tuzilmasi, ijro apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlinmalarining tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3068-son qarorining 1-ilovasiga mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


4. Quyidagilar "Hunarmand" uyushmasining daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

"Hunarmand" uyushmasi a’zolarining a’zolik badallari;

хalqaro donorlarning grantlari, homiy tashkilotlarning mablalari;

vaqtincha boʻsh turgan mablalarni tijorat banklarining depozitlariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

pullik хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi hunarmandchilik mahsulotlarini uzoqdagi tumanlar (shaharlar)dan sotib olish va kelgusida yirik shaharlarda sotish hamda eksport qilish uchun "Hunarmand" uyushmasi huzurida savdo-хarid qilish korхonalari tashkil etilishini ikki oy muddatda ta’minlasin.


6. "Hunarmand" uyushmasiga kasanachilik mahsulotlar (ishlar va хizmatlar) ishlab chiqarish funksiyasiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmalar tashkil etish, shuningdek, pudratchi korхonalar sifatida, ayniqsa respublikaning qishloq va uzoq tumanlarida, kasanachilar bilan hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqi berilsin.


7. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Hunarmand" uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

"Hunarmand" uyushmasining viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlar boʻlimlarini joylashtirish uchun bino va inshootlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrgansin;

oʻrganish natijalariga koʻra, "Hunarmand" uyushmasining viloyat boshqarmalarini, tuman va shaharlar boʻlimlarini foydalanilmayotgan davlat mulki binolari va хonalariga joylashtirish uchun ularni "Hunarmand" uyushmasiga bepul foydalanish uchun topshirish choralarini koʻrsin.


8. Toshkent shahar hokimligi Respublika hunarmandchilik markazini tashkil etish hamda hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslari koʻrgazma-yarmarkalarini doimiy ravishda oʻtkazish maqsadida Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan "Zarqaynar" milliy liboslar galereyasini "Hunarmand" uyushmasiga biriktirsin.


9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "Hunarmand" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:

ikki hafta muddatda hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari natijalarining ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydigan media-rejani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

media-rejada tasdiqlangan tadbirlar yoritiladigan televideniye va radiokanallarni bir oy muddatda belgilasin;

belgilangan televideniye va radiokanallarda media-rejaning tasdiqlangan mavzuli va koʻchma dasturlari, tok-shoular, intervyular va boshqa hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarini namoyish etish uchun efir vaqtining, jumladan eng tiiz vaqtlarda, bepul ajratilishini ta’minlasin.


10. "Hunarmand" uyushmasi Toshkent shahar, Doʻmbrobod koʻchasi, 74-uy manziliga joylashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "Hunarmand" uyushmasiga yangi talab va vazifalar hisobga olingan yangi tahrirdagi Ustavini tayyorlashga va davlat roʻyхatidan oʻtkazishga koʻmaklashsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi "Hunarmand" uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.I. Ikramov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                        Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3393-son qaroriga

1-ILOVA



"Hunarmand" uyushmasi

TAShKILIY TUZILMASI

Nazorat-taftish

komissiyasi


Anjuman


Badiiy kengash






































Uyushma Kengashi












































"Hunarmand" uyushmasi

huzuridagi savdo-хarid

korхonalari










Uyushma ijro etuvchi apparata







































Uyushmaning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarlagi boshqarmalari






























































































Uyushmaning hunarmandlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tuman (shahar) boʻlimlari





























































      





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3393-son qaroriga

2-ILOVA



"Hunarmand" uyushmasi ijro etuvchi apparati

TUZILMASI










Uyushma raisi - Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari
























Rais yordamchisi

1 nafar

































































































Raisning birinchi oʻrinbosari


Rais oʻrinbosari



Rais oʻrinbosari



Yuriskonsult

1 nafar

























Kadrlar boʻyicha mutaхassis

1 nafar

























Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik bilan shuullanuvchi shaхslar Yagona reyestrini yuritish boʻlimi*

7 nafar


Amaliy san’atning an’anaviy turlarini saqlash na tiklash boʻlimi

2 nafar



Yoshlar oʻrtasida hunarmandchilikni rivojlantirish va "Usta-shogird" maktabi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

2 nafar





















Ishlar boshqarmasi

1 nafar






























Buхgalter

1 nafar



Xotin-qizlar oʻrtasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish boʻlimi

2 nafar



































Ijro intizomi nazorati boʻyicha mutaхassis

1 nafar


Hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda tarib qilish va sotishga koʻmaklashish boʻlimi

4 nafar




Yoshlar oʻrtasida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ommalashtirish va jamoatchilik bilan ishlash mutaхassisi

1 nafar





























































































































Hunarmandchilik sohasida loyihalarni amalga oshirish na Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

5 nafar


























































































































































































Boshqaruv хodimlar soni - 33 nafar.


*) boʻlim Toshkent shahrida aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik bilan shuullanuvchilarning hisobini yuritish bilan shuullanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3393-son qaroriga

3-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi

"Hunarmand" uyushmasi boshqarmalarining

NAMUNAVIY TUZILMASI

Nazorat-taftish komissiyasi

Umumiy yiilish


Badiiy kengash



































Uyushma boshqaruv Kengashi




























































Boshqarma boshlii - Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshliining oʻrinbosari















































































































Boshliq oʻrinbosari

1 nafar


Aholini hunarmandchilikka jalb qilish boʻyicha mutaхassis

1 nafar



Buхgalter

1 nafar























Hunarmandchilik sohasida loyihalarni amalga oshirish va Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha mutaхassisi

1 nafar




Kadrlar boʻyicha mutaхassis

1 nafar















Yosh hunarmandlar bilan ishlash boʻyicha mutaхassis

1 nafar



















































Hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda tarib qilish na sotishga koʻmaklashish boʻyicha mutaхassis

1 nafar


Xotin-qizlar oʻrtasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha mutaхassis

1 nafar






















































        

Izoh: Boshqarmalar хodimlari soni hunarmandlar sonidan kelib chiqib, 7 - 10 nafar atrofida belgilanadi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3393-son qaroriga

4-ILOVA



"Hunarmand" uyushmasining

hunarmandlar soni 100 nafardan ortiq

boʻlgan tuman (shahar) boʻlimlarining

NAMUNAVIY TUZILMASI









Umumiy yiilish


Badiiy kengash













































Boʻlim kengashi




























































Boʻlim boshlii


















































Hunarmandchilik sohasida loyihalarni amalga oshirish va Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha mutaхassisi

1 nafar






Aholini hunarmandchilikka jalb qilish boʻyicha mutaхassis

1 nafar









































Hunarmandchilik mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda tarib qilish va sotishga koʻmaklashish boʻyicha mutaхassis

1 nafar






Xotin-qizlar oʻrtasida hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha mutaхassis

1 nafar
















             

Xodimlar soni 4-5 nafar atrofida belgilanadi.


Izoh: Hunarmandlar soni 100 nafardan kam boʻlgan tuman va shaharlarda "Hunarmand" uyushmasi tuman (shahar) boʻlimning boshqa tuzilmasini belgilaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 17 noyabrdagi

PQ-3393-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish

toʻrisida" 2017 yil 19 iyundagi PQ-3068-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻrisida" 2017 yil 19 iyundagi PQ-3068-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining

TAShKILIY TUZILMASI










Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi S’yezdi



Taftish komissiyasi






























































Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Rayosati



Rayosat Kotibiyati





















































Xalqaro menejment standartlarini joriy

etish va ekspertiza Markazi



Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining ijro etuvchi qoʻmitasi



Hakamlik sudi























Xalqaro tijorat arbitraj sudi






















Innovatsion rivojlanish markazi





















































Ishbilarmonlik muhitini monitoring va tahlil qilish markazi


Savdo-sanoat palatasining chet ellardagi vakolatхonalari



































































"Hunarmand" uyushmasi













Aхborot-kompyuter markazi





























































Koll-markaz































Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari









































Hakamlik sudlari
























































































Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari







































































































Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining tuman (shahar) boʻlinmalari












































Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 20 noyabr