Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.12.2017 y. 959-son "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.12.2017 y.

N 959



MAXSUS TURDAGI TOVARLAR EKSPORTI

VA IMPORTINI LITsENZIYaLASh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-son Farmoni asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamenti 2017 yilning 10 noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoniga 1-ilovaga kiritilgan maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash ishlarini amalga oshirayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun ilgari berilgan litsenziyalar ularning muddati tugagungacha amal qiladi.


4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzagroteхsanoatхolding" AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 4 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 dekabr, 49-son, 1196-modda