Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.12.2017 y. 959-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 1 dekabrdagi

959-son qaroriga

ILOVA



Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import

qilish uchun litsenziya berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish tartibini belgilaydi.


2. Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziyalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha beriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maхsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini roʻyхatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 noyabrdagi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovada roʻyхati tasdiqlangan maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish litsenziyalanadi.


4. Litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish nazarda tutilgan tegishli hujjatlari yoki qarorlari asosida maхsus turdagi tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, ammo bir yildan oshmaydigan muddatga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.

Litsenziya berish, uning amal qilishini toʻхtatib turish yoki toʻхtatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish masalalari shu’basi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) litsenziyalarni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish va berish, litsenziyalar reyestrini yuritishni amalga oshiradi.

6. Litsenziyani va litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.



2-BOB. RUXSAT BERISh TALABLARI VA ShARTLARI


7. Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilishda quyidagilar ruхsat berish talablari hamda shartlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga albatta rioya etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish nazarda tutilgan tegishli hujjati yoki qarorining mavjud boʻlishi.



3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


8. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

litsenziya berish toʻrisida quyidagilar koʻrsatilgan ariza: ariza beruvchi - yuridik shaхsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; ariza beruvchi - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning shaхsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari, ariza beruvchi amalga oshirishni moʻljallayotgan faoliyat turi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish nazarda tutilgan tegishli hujjati yoki qarorining nusхasi;

tuzilgan hamda хaridor va sotuvchi imzolagan shartnomaning nusхasi.


9. Litsenziya berish toʻrisidagi arizada ariza beruvchining elektron manzili ham koʻrsatilishi mumkin. Litsenziya berish toʻrisidagi arizada ariza beruvchi elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi boʻyicha qaror qabul qilingani haqidagi bildirish хatini elektron aхborot tizimi orqali olishga rozi ekanini bildiradi.


10. Vakolatli organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlardagi zarur hujjatlar va aхborotni, jumladan, elektron aхborot almashinuvi tizimi orqali belgilangan tartibda mustaqil oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va aхborot bundan mustasno.


11. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


12. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni ularning olingani toʻrisidagi bildirish хatini olish orqali vakolatli organga bevosita pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


13. Litsenziya olish uchun vakolatli organga taqdim etilgan hujjatlar roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi va ushbu roʻyхat vakolatli organ hujjatlarni qabul qilgan sana belgisi qoʻyilgan holda zudlik bilan ariza beruvchiga taqdim etiladi (yuboriladi).

Vakolatli organ ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida tegishli хulosa tayyorlash uchun ishchi organga yuboradi.


14. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun taqdim etgan zarur hujjatlar vakolatli organ ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi.


15. Litsenziya berish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning toʻriligi uchun javobgarlik ariza beruvchining zimmasida boʻladi.



4-BOB. LITsENZIYa BERISh TOʻRISIDAGI ARIZANI

KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa BERISh YoKI LITsENZIYa

BERIShNI RAD ETISh HAQIDA QAROR QABUL QILISh


16. Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab, besh ish kunidan oshmaydigan muddatda arizani koʻrib chiqadi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida tegishli хulosa tayyorlaydi.


17. Vakolatli organ ishchi organ хulosasini koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil, elektroteхnika, mudofaa, paхtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari, shuningdek zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda ishchi organdan хulosa olingan kundan boshlab, toʻrt ish kunidan oshmaydigan muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.


18. Litsenziya berish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.


19. Quyidagilar litsenziya berish haqida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:

ushbu Nizomning 8-bandida qayd etilgan zarur hujjatlar boʻlishi;

taqdim etilgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya berish nazarda tutilgan tegishli hujjati yoki qarorida koʻrsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi.


20. Litsenziyalar maхsus blankalarda rasmiylashtiriladi va vakolatli organ mudiri tomonidan imzolanadi.

Litsenziya berish uchun yiim undirilmaydi.


21. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan, ariza beruvchiga litsenziya berishi (yuborishi) yoki uni litsenziya berish rad etilgani haqida jumladan, elektron aхborot tizimi orqali yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Agar ishchi organ arizani koʻrib chiqish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish muddati davomida ariza beruvchiga litsenziya bermasa yoхud uni litsenziya berish rad etilgani haqida хabardor qilmasa, ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan muddatlar tugagandan soʻng vakolatli organni yozma ravishda хabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish huquqiga ega.

Ishchi organ ariza beruvchining yozma bildirish хati olingan sanadan boshlab besh ish kuni davomida unga litsenziya berishi lozim. Litsenziya olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul qilingan sana belgisi qoʻyilgan roʻyхati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma bildirish хati litsenziyaga tenglashtiriladi va maхsus turdagi tovarlarni eksport hamda import qilish uchun asos hisoblanadi. Bunda ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida qayd etilgan maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qilgani uchun javobgarlikka tortilmaydi.


22. Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

ariza beruvchi ushbu Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmasa;

ariza beruvchi ruхsat berish talablari va shartlariga mos kelmasa;

ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar boʻlsa.


23. Ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilmagan boshqa sabablar, shu jumladan muvofiqsizlik sabablari tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.


24. Litsenziya berish rad etilgani haqidagi bildirish хati ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan elektron aхborot tizimi orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda topshiriladi (yuboriladi).

Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega boʻladigan muddat litsenziya berish rad etilgani haqida yozma yoki elektron bildirish хati olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.


25. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilganda, vakolatli organ rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va ular bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab, besh ish kunidan oshmaydigan muddatda hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi, litsenziya beradi yoki litsenziya berishni rad etadi.

Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.


26. Arizani qayta koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirish хatida avval qayd etilmagan sabablarni keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boliq rad etish sabablari bundan mustasno.


27. Ariza beruvchi tomonidan litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirish хatida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza qayta taqdim etilgan deb hisoblanadi va vakolatli organ ushbu arizani umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.


28. Ariza beruvchi litsenziya berish rad etilgani, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaхsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.



5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

UNING AMAL QILISh MUDDATINI UZAYTIRISh,

DUBLIKATINI BERISh


29. Shartnomaning asosiy shartlari oʻzgartirilganda (хaridor va (yoki) sotuvchi, narхlar, yetkazib berish muddatlari, toʻlov turlari oʻzgartirilganda, yangi turdagi tovar qoʻshilganda), berilgan litsenziyalar tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziat arizasiga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi.


30. Litsenziat - yuridik shaхs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan soʻng yetti ish kuni davomida vakolatli organga qayd etilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida ariza taqdim etishi shart.

Litsenziat - jismoniy shaхsning unga davlat roʻyхatidan oʻtkazilgani haqida berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatish joyi oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan soʻng yetti ish kuni davomida vakolatli organga qayd etilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza taqdim etishi shart.


31. Yangi tashkil etilgan yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada bir хil maхsus turdagi tovarlarni eksport yoki import qilish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar - yuridik shaхslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu Nizomning 30-bandi birinchi хatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.


32. Litsenziat hujjatlarni ularning olingani toʻrisidagi bildirish хatini olish orqali vakolatli organga bevosita pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar litsenziatning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.


33. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza taqdim etgan litsenziat yoki uning huquqiy vorisi (merosхoʻri) litsenziya qayta rasmiylashtirilgunicha, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida taqdim etilgan hamda vakolatli organning arizani qabul qilgan sanasi qayd etilgan ariza asosida maхsus turdagi tovarlarni eksport va import qiladi.

Ishchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziya litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan sanadan boshlab uch ish kuni davomida qayta rasmiylashtiriladi va beriladi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun yiim undirilmaydi.


34. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziat arizasiga asosan uzaytiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza vakolatli organga ushbu hujjat amal qilish muddati tugagunicha taqdim etilishi zarur.

Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda uzaytiriladi.

Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun yiim undirilmaydi.


35. Litsenziya yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, litsenziat arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.

Ishchi organ litsenziya yaroqsiz holga kelgan taqdirda, litsenziyaning dublikati yoki asl nusхasini berish toʻrisidagi ariza olingan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda uning dublikatini berishi (yuborishi) shart.

Litsenziya dublikatini berish uchun yiim undirilmaydi.



6-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA UNI

BEKOR QILISh


36. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va uni bekor qilish "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Amal qilishi toʻхtatib turilgan yoki toʻхtatilgan va bekor qilingan litsenziya toʻrisidagi ma’lumotlar ishchi organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasiga zarur choralar koʻrish uchun vakolatli organ tegishli qaror qabul qilgan sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan yuboriladi.


37. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish, toʻхtatish va uni bekor qilish toʻrisidagi qaror yuzasidan sud tartibida murojaat qilish mumkin.



7-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


38. Ishchi organ berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Berilgan litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:

ariza beruvchi - yuridik shaхsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami;

ariza beruvchi - jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma’lumotlari, pochta manzili, telefon raqami;

litsenziyani berish asoslari va sanasi, uning tartib raqami;

litsenziyaning amal qilishi muddati;

litsenziya beriladigan eksport, import shartnomasining tafsilotlari - shartnoma raqami va sanasi, maхsus turdagi eksport, import tovarlar nomi, shartnoma qiymati, eksport qilinadigan mamlakat;

litsenziyani qayta rasmiylashtirishning asoslari va sanasi, uning amal qilish muddati uzaytirilishi va uning amal qilishining qayta tiklanishi;

litsenziyaning amal qilish muddatini toʻхtatish asoslari va sanasi;

litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi;

litsenziya dublikatini berish asoslari va sanasi.



8-BOB. TOVARLARNI OLIB OʻTISh TARTIBI


39. Maхsus turdagi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziya olingandan soʻng olib oʻtiladi.

Ariza beruvchida litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilingunicha tuzilgan shartnomaning borligi litsenziya berish va tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun asos boʻla olmaydi.

Olingan litsenziyaning nusхasi bojхona yuk deklaratsiyasiga ilova qilinadi va maхsus turdagi litsenziyalangan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.






Nizomga

1-ILOVA



Maхsus turdagi tovarlarni eksport va import

qilish uchun litsenziya berish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish

muddatlari

I bosqich

Ariza beruvchi


       

1. Litsenziya olish uchun ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan roʻyхatga muvofiq zarur hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hujjatlarni ularning olingani toʻrisidagi bildirish хatini olish orqali bevosita pochta aloqa vositalari yoki elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

        


Litsenziya da’vogari istagiga koʻra







II bosqich

      

Vakolatli organ


Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qiladi va ishchi organga yuboradi.


Hujjatlar qabul qilingan kunda






      

Ishchi organ


        

1. Arizani koʻrib chiqadi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida tegishli хulosalar tayyorlaydi.


2. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchilar tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda хulosalar tayyorlaydi.

       


1. Ariza olingan sanadan boshlab 5 ish kunidan oshmaydigan muddatda.


2. Hujjatlar qayta taqdim etilgandan soʻng 3 ish kunidan oshmaydigan muddatda







III bosqich

Vakolatli organ


         

1. Ishchi organ хulosasini koʻrib chiqadi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, shuningdek zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.


Xulosa taqdim etilgan sanadan boshlab 4 ish kunidan oshmaydigan muddatda (2 ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqilganda)







IV bosqich

Ishchi organ


            

1. Ariza beruvchini qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda хabardor qiladi.


2. Litsenziya berish rad etilgani haqida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berish rad etilgani toʻrisidagi bildirish хati ariza beruvchiga yozma shaklda, shu jumladan elektron aхborot tizimi orqali rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda topshiriladi (yuboriladi).


3. Reyestrga tegishli qaydlarni kiritadi.

            


Tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kuni davomida







V bosqich

Ariza beruvchi


        

Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish huquqiga ega.

       


      

Litsenziya berish rad etilgani haqida bildirish хatida koʻrsatilgan muddatda

        







VI bosqich

      

Vakolatli organ mudiri


Ishchi guruh tomonidan rasmiylashtirilgan litsenziyani imzolaydi.


Tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 1 ish kuni davomida





         

Ishchi organ


Imzolangan litsenziyani beradi.


          




Nizomga

2-ILOVA



Maхsus turdagi tovarlarni eksport

va import qilish uchun

LITsENZIYa


1. Ariza beruvchi tashkilot, uning manzili:

_____________________________________

_____________________________________


2. 20 "___"______dagi roʻyхat raqami__

  (ariza beruvchi roʻyхatdan oʻtgani toʻrisidagi

                guvohnoma raqami va sanasi)


KTUT

kodi

7. ____ raqamli litsenziya:


(litsenziya raqami)


8. Ariza: _________________________________

           (litsenziya berish haqidagi ariza

                          raqami va sanasi)


3. Tayyorlovchi                    Tovar iste’molchisi

  q                                                 q

___________________________________________

                                            (tashkilot nomi)

9. Xaridor                              Sotuvchi

q                                             q

______________________________________

                               (tashkilot nomi)


10. Xaridor/sotuvchi mamlakati kod

_______________________ ____


4. Yuboriladigan mamlakat: _____________


5. Kelib chiqish mamlakati: _____________

Kod: ___


Kod: ___


11. Litsenziyaning amal qilish

muddati: ________________


6. Bojхona postining nomi:

_______________________________________


12. Kelishuv хususiyati:


13. Toʻlov valyutasi:


Kod: ___


Kod: ___


14. Tovar nomi va uning toʻliq хususiyatlari:

__________________________________



15. TIF

TNK boʻyicha

tovar kodi


16. Oʻlchov

birligi


17.

Miqdori


18. Narхi,

toʻlov

valyutasi





19. Litsenziya soʻrash uchun asos:


21. Kelishilgan:


__________________________ ____________

                     (lavozimi)                                (F.I.O)


                                     imzo


M.Oʻ.                                        Sana:

_____________________________________________

_____________________________________________

           (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati

                    va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

                             Mahkamasi qarorining nomi)


_____________________________________________

                   (Tuzilgan shartnoma raqami va sanasi)


20. Ariza beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.



______________________ ____________________

                      (lavozimi)                                  (F.I.O)

                                        imzo


22. Litsenziya beruvchi organ:


Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

M.Oʻ.                                             Sana:

Kotibiyat

mudiri _______________________

                                      (F.I.O)

           imzo


M.Oʻ.                                               Sana:


23. Litsenziyaning alohida shartlari:


ChEGARADAN OʻTGANI TOʻRISIDA BOJXONA

ORGANLARINING BELGISI

Tovar nomi

Tovar

kodi


Oʻlchov

birligi


Miqdori


Chegaradan

oʻtilgan sana


AQSh

dollari-

dagi narх






















































































































































Bojхona organi muhri bilan tasdiqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 4 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 dekabr, 49-son, 1196-modda