Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 274-V-1-son, Moliya vazirligining 176-son "Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tarkibida qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi boʻlinmalar boʻlgan harbiy qismlarga kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 27.11.2017 y. Qarori (AV tomonidan 06.12.2017 y. 1554-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.12.2017 y.

N 1554-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

27.11.2017 y.

N 274-V-1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

27.11.2017 y.

N 176


QARORI



"Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamarmasi

mablalari hisobidan tarkibida qishloq хoʻjaligi mahsuloti

yetishtiruvchi boʻlinmalar boʻlgan harbiy qismlarga kreditlar

berish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi

qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son "Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2006 yil 11 martdagi 274-V va 30-son "Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash jamarmasi mablalari hisobidan tarkibida qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi boʻlinmalar boʻlgan harbiy qismlarga kreditlar berish tartibi toʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1554, 2006 yil 17 mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 11-son, 97-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

M. Nurmuratov

Moliya vaziri

B. Xodjayev

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2017 yil 7 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 11 dekabr, 49-son, 1219-modda